XULOSA
Hozirgi jadal rivojlanish davrida butun jahon hamjamiyati bilan
hamnafas bo‘lish, dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, iqtisodiy,
siyosiy
o‘zgarishlar, geopolitik harakatlarni doimiy ravishda nafaqat
kuzatib borish, balki o‘z ongiga ham singdira olishi, to‘g‘ri xulosa chiqarish
qobiliyatini yuksaltirishi va hayotga o‘z o‘rnida tatbiq qilishi zamonaviy etuk
shaxs
uchun
juda
muhimdir.
Bunda
albatta
tarbiyalanayotgan
yosh
kadrlarning
puxta
egallagan
bilimlari,
axborot
almashish
qobiliyati,
zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalana olishi jahon mamlakatlari bilan
yuz
berayotgan
voqea-hodisalarni
tahlil
qilish
imkoniyatini
beradi. Bunda albatta yoshlarning zamonaviy texnologiyalar yordamida
Vatanining rivojlanishiga xizmat qila oladigan eng zarur va unumli
axborotlarni ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun esa
ta’lim davrining ilk yillaridanoq yosh avlodga vatanparvarlik ruhini singdira olish,
o‘z tug‘ilib o‘sgan yurtining ravnaqini ko‘zlay bilishga o‘rgatish, kerak bo‘lsa
mahalladan, yashab turgan joyidan boshlash maqsadga muvofiq deb hisoblasak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu sababdan yurtimizda mahallalarga katta e’tibor berilib
kelinmoqda. Ajdodlarimizning Vatan ravnaqi, tinchligi yo‘lida amalga oshirgan
yurishlari,
kindik
qoni
to‘kilgan tuprog‘ining har bir qarich erini
saqlab qolish uchun olib borgan kurash va yo‘qotishlari, mustaqillikka
erishguncha davr mobaynida bosib o‘tgan «eng mashaqqatli yo‘l»ining asl
mohiyatini anglash va shu tariqa o‘tmish tarixni o‘rganish yosh avlod uchun
vatanparvarlik tushunchasini chuqur anglab etishlarida asosiy omillardan
hisoblanadi. Zero Shavkat Mirziyoyevning “Inson imon-e’tiqodli bo‘lsa, yurtiga
sodiq bo‘lib xizmat qilsa, u haqiqiy vatanparvar bo‘ladi”
33
- degan oqilona gaplari
ajdodlarimizning o‘z ona Vatani ravnaqi uchun mardonavor harakatlari barcha
yosh avlodga o‘rnak vazifasini o‘tab, ular ongida vatanparvarlik tuyg‘usini ildiz
33
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda
so‘zlagan nutqi. //Xalq so’zi, 15 iyun, 2017 yil.
otishiga xizmat qilib kelmoqda. Ma’lumki, vatanparvarlik dunyodagi eng oliy
tuyg‘ulardan biridir. Vatanparvar insongina Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt
tinchligiga xizmat qilishga o‘zining hayotini bag‘ishlaydi, o‘zining ma’naviy
kamoloti uchun yuksak mas’uliyatni his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt,
shu xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashga da’vat etadi. Darhaqiqat,
bularning barchasi vatanparvarlik tuyg‘usida namoyon bo‘ladi.
O‘z kindik qoni to‘kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni
dunyoga tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan barkamol avlodning
maqsad-muddaolari aniq, g‘urur va iftixori yuksak bo‘ladi. SHuning uchun
ham har qaysi fuqaro o‘z mamlakatining xalqaro hamjamiyat va badavlat
davlatlar
qatoriga
ko‘tarilishidan manfaatdor ekanligini his qilmog‘i,
tushunib etmog‘i lozim. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng
ko‘lamli
islohotlarning
pirovard
maqsadi,
xalqimizning
ana
shunday orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, unga har tomonlama munosib
turmush sharoitini yaratib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishga barcha
imkoniyatlar
etarli:
tabiiy
boyliklar,
unumdor
erlar,
katta
iqtisodiy,
huquqiy,
ilmiy-texnikaviy
va
ma’naviy salohiyat. Eng asosiysi, bu
zaminda ana shu farovon hayotni o‘z kuchi va aql-zakovati bilan barpo
etishga
qodir
bo‘lgan
mehnatsevar
va
iste’dodli
xalq
yashaydi.
Oldimizda turgan muhim vazifa – ana shu yuksak tushunchalar bilan
birga milliy g‘oyamizning uzviy, tarkibiy qismlarini tashkil etadigan,
komil
inson,
ijtimoiy
hamkorlik,
millatlararo
totuvlik,
dinlararo
bag‘rikenglik kabi tamoyillarning mazmun-mohiyatini bugungi kunda
mamlakatimizda
olib
borilayotgan
ma’naviy-ma’rifiy,
ta’lim-tarbiya
ishlarini markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodni
har
tomonlama
mustaqil
fikrlaydigan etuk
dunyoqarash egalari qilib
tarbiyalash.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi xalqimiz
ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, milliy
qadriyatlarimizning saqlanishi, madaniyat, san’at rivoji jamiyat tafakkurining
o‘zgarishi hamda yuksalishi bilan bog‘liq. O‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuch
va imkoniyatlariga tayanadigan har bir masalaga mustaqil yondasha oladigan, ayni
zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda
ko‘radigan, har jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash vazifasi mustaqillik
yillarida xalqimiz uchun hal qiluvchi masalaga aylangan Vatan, xalq manfaatlari
uchun fidokorona kurashuvchi kishigina haqiqiy vatanparvardir.
Haqiqiy
vatanparvar
inson
takabburlikka,
faqat
o‘z manfaatini
o‘ylovchi shaxs bo‘lishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi va xalqidan o‘z manfaatini
ustun qo‘ymaydi, hamma vaqt xalq bilan bir jon, bir tan bo‘ladi. Agar
yoshlar o‘z ona-Vatanini sevmasa, unga sadoqat bilan qaramasa, haqiqiy
barkamol inson bo‘la olmaydi. Insoniylikning eng muhim fazilati ham
vatanparvarlikdir.
Ajdodlarimizning
yuksak
ma’naviyati, vatanparvarligi bizga har
jihatdan yuksak ibrat va namunadir. Ularning tarixda ko‘rsatgan mislsiz
qahramonliklari,
hattoki
bir
hovuch
Vatan
tuprog‘i
uchun
shirin
jonlarini
qurbon
qilishdek
jasoratlari,
kelajak
avlodlarga
meros
qilib qoldirgan bebaho ma’naviy-madaniy meroslari, yodgorliklari yosh
avloddan ular kabi vatanparvar, yuksak ma’naviyatli bo‘lib kamol topishni talab
etadi.
Xulosa qilib aytganda, yoshlar Vatan taraqqiyotida muhim ahamiyatga
ega dolzarb
masalalarni
hal qilishda
faollik ko‘rsatishlari
muhimdir.
Hozirda
uning
iqtisodiy
mustahkam
asosini
barpo
etishda
dolzarb
masalalar etilib chiqdiki, bularni hal etishda yoshlarning o‘rni nihoyatda
kattadir. Bular yangi ish joylarini barpo etish, yangi va yanada yangi
mehnat
qurollarini
yaratish,
jamiyat
ehtiyoji
bilan
bog‘liq ko‘plab
mahsulotlarni ishlab chiqish va shu kabi ko‘plab dolzarb masalalar bilan
bog‘liqdir. Yoshlar bu jamiyatning kelajagi, Vatanni taraqqiyoti uchun
mehnat qiluvchi juda katta qatlami hisoblanadi. Ularning faol mehnatlari tufayli
jamiyatimiz,
davlatimiz
rivojlanadi
va
bundan-da
ham
katta marralarni qo‘lga kiritadi.
|