nimani o‘rgatilsa, nimani ko‘rsatilsa shu narsani aytadi va ko‘rsatadi. Masalan,
xohlagan bog‘chaga kirib, tarbiyalanuvchilardan «qani bolalar hammamiz
birgalikda O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaymiz», deb so‘rasangiz,
bolalarni 80-90% sizga tushunmasdan qarab turadi, agar siz «qani
bolalar
hammamiz «Serquyoshni» kuylaymiz deb so‘rang, ular baravariga O‘zbekiston
Respublikasi madhiyasini kuylaydi. CHunki bolalarga ko‘pchilik hollarda shunday
o‘rgatilib kelmoqda. Gar shunday ekan, kelajagimiz poydevorini mustahkam
qurishimiz
har
birimizning
o‘z qo‘limizda
ekanligini unutmasligimiz,
farzandlarimizga bog‘cha yoshidan har bir narsani to‘g‘ri o‘rgatishimiz,
tushuntirishimiz lozim bo‘ladi
31
.
4. Maktabdagi tarbiya. Maktab ziyo maskani, bilim o‘chog‘i, insonning
kelajak hayotida kim va qanday bo‘lishini ta’minlab
beruvchi dargoh
hisoblanadi.
Insonni
vatanparvarlik
ruhida
ongli
tarbiyalash,
asosan
maktabda amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishning asoschisi o‘qituvchi
hisoblanadi. Agar, o‘qituvchi astoydil vatanparvar bo‘lsa, o‘quvchi ham u
ko‘rsatgan yo‘ldan boradi.
5. Kasb-hunar kollej va litseylardagi tarbiya. Insonni yoshlikdagi kasb
tanlashi
asosan
ushbu
o‘quv
dargohlarida
amalga
oshiriladi.
Bu
erda
tarbiyaning
o‘ziga yarasha
turli xususiyatlari mavjud, ulardan,
o‘spirin bolani hayotga qiziqish muammolarini echishga, unga ajratilgan
bir kunlik vaqt ham etmaydi va u hamma
narsaga ulgurishga harakat
qilib, ba’zi asosiy yo‘nalishlarga yuzaki qarab nomaqbul ishlarga qo‘l
urib qo‘yishi ham mumkin. Bu yoshda bolalar o‘zlaricha juda «aqlli» bo‘lib
ko‘p hollarda «ko‘cha» tarbiyasini oladi. Ba’zida ularga Vatan va vatanparvarlik
to‘g‘risida so‘z boshlasangiz, ularga bu so‘zlaringiz qiziq bo‘lmasligi mumkin,
bunaqa so‘zlar «eskilik sarqiti» deb hisoblaydiganlari ham yo‘q emas.
Bugungi
kunda «Kamolot» degan nom bilan yoshlar harakati mavjud bo‘lib, bu harakatni
31
Otamurodov S.O. Abduraxmonov M. Xusanov S. Ma’naviyat asoslari. –T.: “Moliya”,
2008. –B.223.
yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni olib borish bo‘yicha ularga bir qancha
vazifalar belgilangan. Qaysi bir dargohda ushbu ishlar ko‘ngildagidek bo‘lsa o‘sha
joyda tartib-intizom bo‘ladi va yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyasi yuqori
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: