namoyon bo‘ladi. Har bir sohada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch,
muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u hissini tuyush, Vatan bilan g‘ururlanish, uning har
bir qarich eri, binosining har bir g‘ishtiga,
qadimiy obidalariga, ilm-fan va
san’atdagi yutuqlariga mehr bilan qarash, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash
– bular hammasi vatanparvarlikdir.
Yoshlarimizda
vatanparvarlik
tuyg‘usini
tarbiyalash,
ularni
Vatan ma’nosini teran anglab etishga o‘rgatish, vatanparvarlik – yuksak
axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Vatanparvarlik mavzusining falsafiy-tarixiy tahlili
zaminimizda yaratilgan
qadimgi
rivoyatlar,
afsonalar,
hikoyatlar
va
dostonlarga,
ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Xalq og‘zaki ijodida ko‘proq
umuminsoniy
qadriyatlar
va
vatanparvarlik
xislatlarga
e’tibor berilgan, ularning mohiyati, mazmuni turlicha talqin qilingan.
Dostları ilə paylaş: