O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Vatanparvarlik – eng ulug‘ ma’naviy fazilat



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix12.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Obrazes-kurs ishi

1.2. Vatanparvarlik – eng ulug‘ ma’naviy fazilat 
Hozirgi paytda dunyo xalqlarining aksariyatida milliy xarakter o‘zgarishi, 
mentalitet transformatsiyasi yuz bermoqda. Ayniqsa, millat o‘zligining asosiy o‘q 
ildizi bo‘lgan vatanparvarlik, siyosiy e’tiqod fazilatlari jiddiy talafot ko‘rmoqda. 
Xususan, hozirgi paytda Rossiya maktablarida maqsadli shakllantirilayotgan 12 ta 
ijtimoiy fazilatlar qatorida vatanparvarlik fazilati jamiyatda juda past, ya’ni 
ahamiyatiga ko‘ra 10-o‘ringa tushib ketganligi xususida ommaviy axborot 
vositalarida yozilmoqda. Xuddi shunday holat AQSH, Fransiya, Belgiya, Italiya va 
boshqa davlatlarda ham yuz berayotganligi xorijiy siyosatshunos va sotsiolog 
olimlar tomonidan qayd etilmoqda. Eng tashvishlanarlisi, vijdon, oriyat, to‘g‘rilik 
singari insoniy jihatlar shaxsning jamiyatda adaptatsiya bo‘lishi, ya’ni 
muvaffaqiyatli moslashib, hayotga kirishib ketishi uchun yordam beruvchi 
fazilatlar sifatida emas, balki xalal beruvchi xislatlar sifatida baholanmoqda
12
.
Prezidentimiz 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
aytgan 
quyidagi 
so‘zlar 
yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega 
ekanligini tasdiqlaydi: “Barchamiz bir haqiqatni chuqur tushunib, anglab olishimiz 
kerak: bugun gap xalqimiz, Vatanimizning taqdiri va kelajagi, jondan aziz 
bolalarimizning baxti va kamoli haqida bormoqda. Shunday ulug‘ maqsadlar 
yo‘lida barchamiz belimizni mahkam bog‘lab ishlashimiz, bor aql-zakovatimiz, 
bilim va tajribamizni, jonajon Vatanimizga farzandlik mehrimiz va sadoqatimizni 
safarbar etishimiz kerak”
13
. 
Mustaqillik – ozod, obod Vatan garovidir. Mustaqillik yillarida 
mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, 
milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, 
yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun 
12
Ikramov Sh.T. Yuksak ma’naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, elyurtga 
sadoqat, adolat, halollik fazilatlarini va muomala madaniyatini kamol toptirish– T.: “O‘zbekiston 
Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2014. –B.253. 
13
Mirziyoyev Sh.M. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy 
Majlisga Murojaatnomasi. –T.: “O’zbekiston”, 2018. –B.80. 


daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy 
immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tizimi shakllandi
14

Alisher Navoiy shahzoda Badiuzzamonga yozgan maktublaridan birida 
maqsad xususida shunday ibratli fikrlarini bayon etgan: “Odamning murod-
maqsadi bo‘lmasa, balolardan omon qolmaydi. Ammo har kishining murodu 
ko‘proq bo‘lsa, haq-taolo amriga itoati ko‘proq bo‘ladi”
15
. Vatani bor odamning 
g‘ururiftixori yuksak, maqsad-muddaosi aniq bo‘ladi. Vatani – tog‘dek tayanchi 
borligini his etgan inson har qanday sinovga, har qanday mashaqqatga doimo 
tayyor turadi. Shiroq, To‘maris, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, 
Amir Temur kabi xalq qahramonlarining jasorati, dushmanga qarshi kurash, Vatan 
ozodligi yo‘lidagi mardligi va jonbozligi buning yorqin tasdig‘idir. Mustaqillik 
tufayli xalqimiz o‘zining haqiqiy tarixi haqida gapirish huquqiga ega bo‘ldi, Vatan 
ozodligiga erishdi.
Vatan tuyg‘usi bo‘lgan kishida vatanparvarlik jo‘sh uradi. Vatanparvarlik 
deganda esa, yana quyidagilarni anglash joiz: 
– o‘z xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan faxrlanish; 
qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy 
meroslarni ko‘z qorachig‘iday asrash va avlodlarga taqdim etish; 
– xalqimizning, ajdodlarimizning go‘zal va ma’noli urf-odatlari, rasmrusum va 
udumlarini 
qadrlay 
bilish, 
ularni 
davom 
ettirish; 
– ajoyib vatandoshlar – ajdodlar nomi, ularning ulug‘ ishlari, ijodlari 
bilan faxrlanish, ularning ishlarini davom ettirish, ularga munosib voris 
bo‘lish; 
– shunday ajoyib xalqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga 
mansubligi bilan faxrlanish; 
14
 
www.lex.uz
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni 
yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, № PQ-
3160, 28 iyul 2017 yil 
15
Alisher Navoiy. Asarlar. 13-jild. – T.: “Sharq”, 1996. – B.126. 


– 
Turonzaminni 
himoya 
qilib, 
tomirida 
oxirgi 
qoni 
qolguncha 
dushmanga qarshi kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo‘lgan 
qahramonlar nomini yod etish; 
– o‘tgan asrning yigirmanchi, o‘ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat 
saksoninchi yillarida xalqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qatag‘onlarda 
qamoq 
va 
surgun 
azoblarini 
boshidan 
kechirgan 
va 
halok 
bo‘lgan 
minglab 
millatimiz 
gullarini 
unutmaslik; 
– bu aziz va go‘zal Vatanimizda yuksak e’tiqod bilan yashash, unga 
hamisha sadoqatli bo‘lishdir
16

Vatanparvarlik hammamizning o‘z ishimizga mas’uliyat bilan qarash, uning 
boyliklarini ko‘z qorachig‘iday asrash, boyliklariga o‘z ulushimizni qo‘shish, ilm-
fan cho‘qqilari sari intilish kabi harakatlardir. Vatanparvarlik bir so‘z bilan 
aytganda, o‘z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-
qudratiga, gullab-yashnashiga imkon darajasida hissa qo‘shish. Ona yurtimizda 
tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni saqlashga intilish vatanparvarlikning 
belgisidir. 
Bugungi 
kunda 
yurtimizda 
mustaqillikni 
mustahkamlash, 
yurt 
taraqqiyotini ta’minlash uchun qahramon ajdodlarimiz jasoratidan kam 
bo‘lmagan jasorat, mardlik va shijoat talab qilinadi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin