Mavzu: Boshlang’ich sinflarda so’z yasashga doir mashqlar ustida ishlash



Yüklə 280,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix15.01.2023
ölçüsü280,52 Kb.
#79294
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
01afc4de78bdcf9e34c06673ce8366db Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish .

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II BOB 
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so’z yasashga doir mashqlarni ta’limga tatbiq etish 
 
1-fasl. 1-2-sinflarda so’z yasashga oid mashqlar ustida ishlash. 
 
Ona tili ta’limi samaradorligini oshirish shartlaridan biri ta’lim vositalarining, jumladan, so’z yasashga doir mashqlarning
o’quv-tarbiya jarayoni bosqichlariga mosligidir. Bundan so’z yasashga doir mashqlarni ta’lim jarayoni bosqichlariga ko’ra taxlil 
etish, xar bir bosqichga mos keladigan mashq tipini belgilash extiyoji tug’iladi. 
Ta’lim jarayoni bosqichlari moxiyatini xisobga olib, so’z yasashga doir mashqlarning quyidagi tiplari belgilanadi. 
Tayyorlovchi mashqlar–bu tipdagi mashqlardan yangi mavzuni o’rganishga kirish yasash, oldin o’rganilgan va bugun 
o’rganiladigan mavzular o’rtasida mantiqiy aloqadorlikni ta’minlash, bolalar nutqidagi shu mavzuga oid dalillarni faollashtirish 
maqsadida foydalaniladi. YAngi mavzuni tushuntirishdan oldin o’tkazilgan mashqlar faol ta’lim uchun ruxiyaviy xolat yaratadi, 
ta’limning muammoli tashkil etilishini ta’minlaydi, o’rganilayotgan dalillarning o’quvchilar nutqida faollashishiga olib keladi. 
Xamrox mashqlar–yangi o’quv materialini bayon qilish (tushuntirish) paytida, shuningdek, yangi mavzuni o’quvchilarning 
o’zlari mustaqil o’rganayotganda o’tkaziladigan mashqdir. Bunday mashqning moxiyati yangi mavzuga oid bilimlarni idrok 
etish jarayoni bilan bog’langanligidir. O’qituvchi “Ot” mavzusiga oid bilimlarni tushuntiryapti deb tasavvur qiling. Bilimlarni 
tushuntirish paytida o’quvchilarga shunday topshiriqlarni berish mumkin: oldin ish qurollarining, keyin o’quv qurollarining 
nomini eslab yozing; qarindoshlikni bildiradigan so’zlarni yoddan yozing. Bu hil topshiriqlar asosida o’tkaziladigan 
mashqlarning moxiyati yangi mavzuga oid bilimlarni tushunish jarayoniga xamoxangligidadir. 
Mustaxkamlash mashqlari–bu tipdagi mashqlar ona tili darsliklarida etarlicha berilgan, ulardan maktab o’qituvchilari unumli 
foydalanishadi. Mustaxkamlash mashqlaridan yangi mavzu o’rganilgach, o’sha o’quv soatning o’zida foydalaniladi. Ular 
vositasida o’quvchilar ongida yangi mavzuga oid bog’lanishlar xosil qilinadi. Ongda xosil bo’lgan dastlabki bog’lanishlar 
ko’nikmalarning shakllanish nuqtasidir. 
Takrorlash mashqlari-bunday mashqlardan yangi mavzu tushuntirilgandan keyin tashkil etiladigan darslarda foydalaniladi. 
Takrorlash tipidagi mashqlar ko’nikmalarni malaka darajasida shakllantirish vazifasini bajaradi. Mashq vositasida 
takrorlanadigan ahborot qancha kichik xajmda bo’lib, tatbiq qilinadigan xolatlar qancha rang-barang bo’lsa, malakalar shuncha 
takomillashib, odatga aylanadi. Demak, bilimlarning rivojlanib, tarbiya darajasiga ko’tarilishida takrorlash mashqlari aloxida 
axamiyatga ega. 
Umumlashtirishga oid mashqlar – bu tipdagi mashqlardan ona tilidan katta bo’lim, mavzu o’tilgach foydalaniladi. Ular 
vositasida bilimlar umumlashtiriladi. Masalan, “Ot” so’z turkumi o’rganilgach, quyidagicha mashq o’tkazish mumkin. 


10 
Topshiriq. Gaplarni o’qing. Otlarni topib, namunadagidek taxlil qiling.
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
Namuna: Odam bahtni mexnatdan topadi. 
Odam-bosh kelishikda, turdosh ot, shahs bildiradi, birlikda, kim? so’rog’iga javob bo’ladi, sodda, tub ot, gapda ega vazifasida 
kelgan. 
YUqoridagi topshiriq asosida mashq o’tkazilganda, bolalar atoqli va turdosh otlar, shahs, qurol, joy otlari, otning so’roqlari, 
egalik qo’shimchalari, son qo’shimchasi, kelishik qo’shimchasi, sodda, qo’shma, juft otlar, otlarning gapdagi vazifalari 
to’g’risidagi tasavvurga tayanib ishni bajarishadi. Bu bilimlarni umumlashtirish, malakalarni odatlar darajasiga ko’tarish uchun 
asos bo’ladi. 
Ta’lim maqsadi bir yoki bir necha mashq vositasida emas, aksincha, ilmiy asoslangan mashqlar tizimini o’quv-tarbiya 
jarayoniga tatbiq etish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mashqlar to’plami ochiq tizim bo’lib, o’zidan oldin o’tkazilgan 
mashqlarning tabiiy davomi, bundan keyin bajariladigan mashqlarning poydevori sanaladi. Binobarin, o’tkaziladigan mashqlar 
o’rtasida vorislikni ta’minlash so’z yasashga doir mashqlar tizimini tuzishda rioya qilinadigan etakchi printsip hisoblanadi. 
Vorislik prinsipiga tayanib, mashqlar tizimini shakllantirishda qator talablar nazarda tutiladi. Mashqlarni tizim shakliga olib 
kelishda uch hil faoliyat hususiyatlari va ularga oid uch hil jarayon xisobga olinadi: mashqlarni tizimga keltirish faoliyati-bu 
darslik mualliflari yoki o’qituvchining mashqlar tizimini tuzishga oid faoliyati. Mashqlarni tizimga keltirish konstruktiv jarayon 
bo’lib, uning natijasi-mashqlar tizimining optimalligi darslik muallifi yoki o’qituvchining maxoratiga bog’liq; mashqlarni 

Yüklə 280,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin