6
bolalar faoliyatida bajaradigan ishini oldindan qayd etadi, mashq tizimida o’quvchi faoliyatini takrorlash miqdorini qayd etadi, u
yoki bu ahborotni to’liq o’zlashtirish me’yorlarini ishlab chiqadi, mashqni bajarish usullarini rejalashtirib darslik tuzadi.
Mashqning invariantlari o’qituvchilar uchun xam hizmat qiladi: ulardan foydalanib, aynan olingan mashq qaysi mavzularga
oidligi aniqlanadi, u yoki bu mashq vositasida ta’lim jarayonining qanday didaktik maqsadi amalga oshirishni rejalashtiradi,
mashqning ta’lim jarayoni bosqichlari
bilan aloqadorligini, uni qanday yo’l bilan xal etish mumkinligini oldindan
loyixalashtiradi.
Mashq invariantlari o’quvchilar uchun xam axamiyatga ega: o’quvchi mashqning mazmunini
xisobga olib uning qaysi
mavzu, paragrafga mansubligi to’g’risida o’ylaydi, o’z faoliyatidan mashq qilishga dahldor bilimni ajratadi, mashq qilishga oid
o’z maqsadini oldindan xis qiladi, maqsadga erishish yo’lini belgilaydi. Binobarin, so’z yasashga doir mashqlarning qurilishini
o’rganish metodist olimlar, maktab o’qituvchilari va o’quvchilari uchun xam nazariy, xam amaliy axamiyatga molik.
Dostları ilə paylaş: