Mavzu: Boshlang’ich sinflarda so’z yasashga doir mashqlar ustida ishlash



Yüklə 280,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix15.01.2023
ölçüsü280,52 Kb.
#79294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
01afc4de78bdcf9e34c06673ce8366db Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish .

So’z yasashga doir mashqlarning mazmuni. Mashq jarayonida ma’lum xatti-xarakat takrorlanadi. Xatti-xarakatni takrorlash 
o’rganilgan bilimlarni esga tushirish vositasida boshqariladi. Mashq qilish jarayonida bilimlarni esga tushirish va ular asosida 
faoliyatni boshqarish ko’nikmalarning malakaga aylanishi-avtomatlashuviga sabab bo’ladi. Berilgan topshiriq yoki topshiriqlar 
tizimi bo’yicha mashq qilish jarayonida esga tushiriladigan, takrorlanadigan bilim so’z yasashga doir mashqning mazmun- 
invarianti sanaladi. 
Oldin qayd qilinganidek, mashq o’quv topshirig’i asosida o’tkaziladi. O’quv topshirig’i shartiga kiritilgan turli istiloxlarga 
rioya qilib, mashq uchun zaruriy bilimlar tanlanadi. Mashq qilish uchun zaruriy bilimlarni esga tushirish, tanlash murakkab 
psihik xodisa bo’lib, u bolalarda hotira, tasavvur, fikrlashni tarbiyalaydi. Masalan: 
1-topshiriq. Matnni o’qib (. . .) otlarni ajratib yozing. 
2-topshiriq. Matnni o’qib (. . .) sifatlarni ajratib yozing. 
3-topshiriq. Matnni o’qib (. . .) fe’llarni ajratib yozing. 
4-topshiriq. Matnni o’qib, otlarni birinchi, sifatlarni ikkinchi, fe’llarni uchinchi ustunga ajratib yozing. 
YUqoridagi o’quv topshiriqlari asosida mashq qilish jarayonida ishtirok etgan o’quvchi “Ot” istiloxi va “Ot” to’g’risidagi o’z 
tasavvuri (1-topshiriq), “Sifat” istiloxi va “sifat” to’g’risidagi o’z tasavvuri (2-topshiriq), “Fe’l” istiloxi va “Fe’l” xaqidagi o’z 
tasavvurlari (3-topshiriq)ga rioya qilib mashq qiladi. O’quv topshiriqlari shartida berilgan istiloxlar va ularga oid tasavvurlar 
(xosil qilingan bilimlar) mashq qilish jarayonida faoliyat ko’rsatkichlari vazifasini bajaradi. Agar o’quvchi so’z yasashga doir 
terminlar va ular ostida to’plangan o’z tasavvurlari–bilimlarni qancha aniq faxmlab, turli tushunchalarni farqlay olsa, shuncha 
samarali mashq qilinadi. 
So’z yasashga doir mashqlarning mazmun-invarianti bilan ularning soddaligi yoki murakkabligi belgilanadi. Mashqlarning 
soddaligi va murakkabligi ob’ektiv xodisa. Soddalik va murakkablik topshiriqning mazmuniga (bir mavzu doirasida yoki 
ikkidan ortiq mavzu bo’yicha tuzilganmi), uning shartida ishlatilgan istiloxlar miqdoriga (topshiriq shartida bir yoki undan ortiq 
istilox ishlatilganmi) berilgan daliliy materiallar-misollar, matnlarga mutlaqo bog’liq. Binobarin, bir o’quv materiali doirasida 
tuzilgan o’quv topshirig’i asosida o’tkazilgan mashq sodda, ikki yoki undan ortiq o’quv materiallari doirasida tuzilgan o’quv 
topshirig’i asosida o’tkaziladigan mashq murakkabdir. So’z yasashga doir mashqlar quyidagi xolatlarda murakkab sanaladi. 
1. Mashq uchun tuzilgan topshiriqning shartida terminlar qancha ko’p ishlatilgan bo’lsa, u shuncha murakkabdir. 4-topshiriq 
shartida “ot”, “sifat”, “fe’l” istiloxlari qo’llangan. Binobarin, 4-topshiriq asosida o’tkaziladigan mashq murakkabdir. 
2. Agar berilgan o’quv topshirig’ini yanada maydaroq o’quv topshiriqlariga ajratib, mashqni tashkil etish imkoniyati bo’lsa, 
bunday mashq (4-topshiriq bo’yicha o’tkaziladigan mashq) murakkab xisoblanadi. 4-topshiriqni bir-biriga teng uchta 
topshiriqqa ajratish mumkin: matnni o’qib, otlarni ajratib yozing (1); matnni o’qib, sifatlarni ajratib yozing (2); matnni o’qib, 
fe’llarni ajratib yozing (3). Mashq qilish uchun tuzilgan o’quv topshirig’i o’ta murakkab bo’lganda, oldin ularni ihcham 
topshiriqlarga ajratib, mashq qilish mumkin. Ihcham topshiriqlar bo’yicha mashq o’tkazish va ulardan murakkab mashqqa qarab 
borish bolalarning til xodisalarini yanada puhtaroq o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. Zotan, mashq qilish jarayonida 
foydalaniladigan ahborot xajm jixatdan qancha kichik bo’lsa, ko’nikmaning malakaga aylanishi shuncha jadallashuvi fanda 
allaqachon isbotlangan. 
3. Mashq qilish jarayonida aqliy faoliyat usullari qancha ko’p ishtirok etsa, ularning turlaridan ko’plari (taxlil, sintez, 
taqqoslash, qarama-qarshi qo’yish, abstraktsiyalash, induktsiya va deduktsiya guruxlarga ajratish, tasnif va shu kabilar) 
qatnashsa, mashq shuncha murakkablik kasb etadi. 4-topshiriqni bajarish yo’li bilan mashq qilishda ot, sifat, fe’l bo’yicha 
bilimlar, ularning so’roqlari, terminlar o’zaro taqqoslanadi, dalillar guruxlarga ajratiladi, taxlil qilinadi. Aqliy faoliyat usullari 
ishtirokiga ko’ra bu mashq murakkabdir. 
4. O’quv topshirig’i asosida mashq qilish jarayonida oldin o’rganilgan bilimlar qancha ko’p ishtirok etsa, o’tkazilgan mashq 
shuncha murakkab xisoblanadi. 4-topshiriqni bajarish jarayonida ot, sifat, fe’lga oid bilimlar ularning so’roqlari, gapdagi 
vazifalari to’g’risidagi tasavvurlar qatnashadi. Demak, 4- topshiriq bo’yicha murakkab mashq qilinadi. 
5. Agar mashq bajarilgandan so’ng hulosalar chiqarish imkoniyati qancha ko’p bo’lsa, u shuncha murakkab xisoblanadi. 
So’z yasashga doir mashqlarning “mazmun-invarianti” tushunchasini asoslash ularning mazmun tomoniga diqqat 
qilishimizni taqozo etadi. SHu tufayli uni mashqning mazmuniy nuqtai nazari deb qarash maqbuldir. 
So’z yasashga doir mashqlar o’z moxiyatiga ko’ra ko’p maqsadlidir. Ularning quyidagi ko’rinishlari farqlanadi: 
1. To’g’ri va qo’shimcha maqsad. Mashq qilish yo’li bilan erishiladigan natija uning to’g’ri maqsadidir. 1-topshiriqni 
bajarish yo’li bilan o’tkaziladigan mashqda to’g’ri maqsad-bu “ot” to’g’risidagi tasavvurlarni kengaytirish, malakalarni 
rivojlantirishdir. Mashq qilish jarayonida to’g’ri maqsad bilan birga qo’shimcha maqsadlarga xam erishiladi. Masalan, berilgan 
matnni o’qish, bolalarda yahshi o’qish malakasi sifatlari rivojlantirilsa, matnni taxlil etib, otlarni ajratib yozish analitik-sintetik 
faoliyatini o’stiradi. YAhshi o’qish malakasi sifatlarini rivojlantirish, analitik–sintetik faoliyatni yanada o’stirish qo’shimcha 
maqsadlaridir. To’g’ri va qo’shimcha maqsadlar bolalarning “o’qish faoliyati” nuqtai nazaridan ajratiladi. 
2. YAqin va uzoq maqsad. U yoki bu o’quv topshirig’i asosida mashq o’tkazishni ko’zlab ajratilgan maqsad yaqin 
maqsaddir. 2-topshiriqning yaqin maqsadi-bolalarning sifat mavzusi bo’yicha o’rgangan bilimlarini mustaxkamlash, 
ko’nikmalarini rivojlantirib malakaga aylantirishdir. YAqin maqsadlarni amalga oshirish yo’li bilan bolalar xayotga 
tayyorlanadi. Kelajakka yo’nalgan istiqbolli maqsad uzoq maqsaddir. YAqin va uzoq maqsad o’qituvchining “o’qitish faoliyati” 
nuqtai nazaridan ajratiladi.
3. Hususiy va umumiy maqsad. So’z yasashga doir mashqlarni o’tkazishdan ko’zlangan hususiy va umumiy maqsadlarni ona 
tilidan didaktik loyixalar, masalan, ona tili dasturi tayyorlaguvchilar, darslik mualliflari, o’quv materiallariga didaktik ishlov 
beruvchi shahslar oldindan belgilaydi. Ta’lim turli bosqichlardan iborat. Tasavvur qiling: dars davomida o’quvchi bolalarni 
yangi mavzuni o’rganishga tayyorlash uchun o’quvchilar oldiga muammo qo’yadi. Buning uchun darslik materiallaridan yoki 
o’qituvchi o’zi tanlagan so’z, gap, matnlardan foydalanadi. Bunday ishning maqsadi o’quvchilarni yangi o’quv mavzusini ongli 
o’zlashtirishga tayyorlashdir. 



YUqoridagiga o’hshab ta’lim jarayoninig xar bir bosqichi o’ziga hos maqsadga ega. SHu jixatdan qaraganda, ona tili 
darsliklari kamchiliklardan xam holi emas. Darslikka kiritilgan mashqlarning ta’lim bosqichlariga mosligi darslikning 
optimalligini ta’minlash omillaridan biridir. Mashqlarning shunday zaruriy hususiyatini darslik mualliflari xisobga olishmagan. 
So’z yasashga doir mashqlarning ta’lim jarayoni bosqichlariga mosligi ularning umumiy maqsadidir. Ta’limda hususiy 
maqsadlarni amalga oshirishdan umumiy maqsadga qarab boriladi. So’z yasashga doir mashqlarni ta’limiy vazifalar bo’yicha 
taxlil etish ularni maqsad jixatidan o’rganish xisoblanadi.
  Ishlab chiqarish jarayonlarida mexnat qurollari vositasida turli yumushlar bajarilganidek, so’z yasashga doir mashqlar xam 
bola faoliyatida turli ishlarni bajaradi. So’z yasashga doir mashqlarning o’quvchilar faoliyatida bajaradigan ishini ularning 
ta’limda bajaradigan funktsiyasini sanash mumkin. 
So’z yasashga doir mashqlarning o’quvchi faoliyatida bajaradigan funktsiyalarini konkretlashtirish maqsadida ta’lim 
jarayonining tubandagi bosqichlarini ko’rsatish mumkin. 

Yüklə 280,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin