3
Fikrlashni “o’quv topshirig’i” tushunchasidan boshlaymiz. YUqoridagi topshiriqlarda fonetika, leksika, grammatikadan
o’rganilgan (yoki o’rganilishi lozim bo’lgan) bilimlar qayta qurilib, o’quv topshirig’i shakliga olib kelingan. O’quv materialini
qayta qurishda ta’lim extiyojlari (o’qitish va o’qish extiyojlaridan) kelib chiqib u, ya’ni o’quv materiali, yangi, boshqacha
shaklga keltiriladi. O’quv materialini bir (berilgan) shakldan ikkinchi (istalgan) shaklga olib kelish jarayonini ta’lim mazmuniga
“pedagogik ishlov berish” iborasi bilan qayd etamiz. Pedagogik ishlov berish yo’li bilan turli didaktik loyixalar-dars konspekti,
o’zaro bog’langan savollar, o’quv muammolari, mashqlar tizimi shakllantiriladi. SHuningdek, pedagogik ishlov berish
jarayonida o’quv materialini oldingi (darslikda berilgan) shakldan ikkinchi (yangi) shaklga, o’quv topshiriqlari tizimi shakliga
olib kelinadi. Zero, tuzilgan topshiriq yoki ularning tizimi o’quv materialining yangi ko’rinishidir. Demak, o’quv topshirig’i
o’qitish va o’qish extiyojiga ko’ra o’quv materialining o’zgartirilgan shaklidir.
O’quv topshirig’i vositasida bolalarning yakka, tabaqalashgan, umumsinf ishlari tashkil etiladi. Masalan, 3-topshiriqni
aloxida o’quvchiga tarqatma material shaklida taklif etsak, yakka ish shaklini oladi. 2-topshiriqni bolalarning o’ziga mustaqil ish
sifatida taklif etish mumkin. O’qituvchining (darslik muallifning xam) bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko’rsatmalariga ko’ra
bajarilgan aqliy-amaliy yumushlar mustaqil ish demakdir.
1-topshiriq asosida bolalarning differentsial (tabaqalashgan) ishlarini tashkil etish mumkin. Bunda o’quv topshirig’i bir
qancha variantlarda taklif etiladi.
I variant: Topshiriq a’lo baxolarga o’qiydigan bolalarga o’z shaklda (1-topshiriqqa qarang) bajarish uchun beriladi.
II variant: 1-topshiriq yahshi baxolarga o’qiydigan bolalar uchun yangi shaklga olib kelinadi ( O’n ikkita so’z berilgan. Oldin
“i” unlisi bilan, keyin “o” unlisi bilan, eng ohirida “e” unlisi bilan boshlanadigan bir bo’g’inli so’zlarni yozing).
III variant: Bu erda uch hil topshiriq uch hil ko’rinishda, binobarin, uch hil shaklda o’rta baxolarga o’qiydigan bolalarga
berilishi mumkin: a) “i” unlisi bilan boshlanib, jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli so’zlarni yozing; b) “o” unlisi bilan
boshlangan bir bo’g’inli so’zlarni yozing; v) “e” unlisi bilan boshlangan bir bo’g’inli so’zlarni yozing.
O’quvchilarning umumsinf, yakka, differentsial ishlari o’quv topshiriqlari asosida tashkil etiladi. Bunday xolatlarda o’quv
topshirig’i o’qituvchi uchun vosita, bolalar uchun o’quv materialining o’zgargan shakli, binobarin, ta’lim manbai funktsiyasini
bajaradi. Endi yuqoridagi xolatlarni mashq jixatdan taxlil etaylik.
A. Agar o’quvchi -“i” unlisining boshqa unlilardan farqini anglasa, jarangli undoshlarni jarangsiz undoshlardan ajrata bilsa,
topshiriqni bajara oladi. Bu erda o’rganilgan bilim (“i” unlisi va jarangli undoshlar to’g’risidagi tasavvur) berilgan o’quv
xolatiga (12 ta so’z orasidan “i” unlisi bilan boshlanib, jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli so’zlarni ajratish jarayoniga)
tatbiq qilinadi. Topshiriq matnida shunday so’zlar to’rtta, uni bajarish yo’li bitta: “i” unlisi, jarangli undosh bilan tugagan bir
bo’g’inli so’zlarni ajratib yozish. Mashq yo’li bilan o’rganilgan bilim berilgan o’quv xolatiga tatbiq etiladi.
B. Ikkinchi o’quv xolatida o’rganilgan bilim (“o” unlisi va jarangli undoshlar to’g’risidagi tasavvurlar) berilgan so’zlarga
tatbiq qilinib, yangi formula “o” unlisi, jarangli undosh” qolipida ishlanadi. SHu yo’l bilan topshiriq bajarilib, mashq qilinadi.
V. Navbatdagi xolatda mashq qilish “e” unlisi, jarangli undosh” qolipiga to’g’ri keladi. Berilganlar orasidan shu qolipdagi
so’zlarni izlash, ajratish yo’li bilan mashq qilinadi.
Keltirilgan o’quv xolatlarining uchalasi uchun umumiy belgilar tubandagicha:
ongda qayd etilgan o’quv xolati (1);
Dostları ilə paylaş: