YAngi o’quv materialini o’rganishga tayyorlash. Bu jarayonda foydalanilgan mashq bola faoliyatida yangi o’quv
materialini o’rganishga tayyorlanish vazifasini bajaradi.
YAngi o’quv materialini idrok etish. Bu jarayonda qo’llanilgan mashq o’quvchilar uchun bilimlarni faol o’zlashtirishga
hizmat qiladi.
YAngi o’quv materialini mustaxkamlash. Bu jarayonda ishlatilgan mashq o’quvchi faoliyatida o’rganilgan bilim bilan uni
(bilimni) nutq amaliyotida qo’llash o’rtasida dastlabki bog’lanishni xosil qilish vazifasini bajaradi.
O’tganlarni takrorlash. Bu jarayonda foydalanilgan mashq o’quvchi faoliyatida o’rganilgan bilim bilan faoliyat usullari
o’rtasida mustaxkam aloqadorlikni o’rnatish uchun hizmat qiladi. Bilim va faoliyat usullari o’rtasida aloqadorlikni o’rnatish o’z
navbatida ko’nikmalarning malaka darajasiga ko’tarilishiga, o’quvchi faoliyatining jadallashuviga olib keladi.
Bilim, malakalarni umumlashtirish. Ta’lim jarayonining bu bosqichida o’rganilgan bilimlar tizimga keltirilib, umumiy
hulosa chiqariladi, malakalar yanada yuqori darajaga-geniralizatsiya bosqichiga ko’tariladi. Binobarin, umumlashtirish
jarayonida qo’llanadigan mashqlar o’quvchi faoliyatida katta mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’rganilgan bilimlarni umumlashgan
hulosalar, malakalarni yanada takomillashgan faoliyat usullari darajasiga olib kelish funktsiyasini o’taydi.
An’anaviy ona tili ta’limi tizimida so’z yasashga doir mashqlarning asosan bir funktsiyasiga-bilimlarni malakaga aylantirish
ishiga ko’proq e’tibor beriladi. So’z yasashga doir mashqlarning o’quvchilar faoliyatida bajaradigan barcha funktsiyalaridan
unumli foydalanish bilim, malakalarning yanada takomillashuviga asos bo’ladi. So’z yasashga doir mashqlarni faoliyatda
bajaradigan ishi jixatidan o’rganish funktsional taxlil sanaladi.
So’z yasashga doir mashq mazmuni, ularningta’lim jarayonidagi maqsadlari, o’quvchi faoliyatida bajaradigan funktsiyalari
jixatdan rang-barang bo’lganidek, mashq qilish usuliga ko’ra xam mazmundor xodisadir. Qiyinlik mashq qilishning sub’ektiv
tomonidir. Agar o’quvchi berilgan so’zlarni guruxlarga ajratish yo’lini bilmasa, mashq qilishda qiynaladi.
Mashq qilish usullari vositasida o’quvchilar so’zlarni bo’g’in va tovushlarga ajratish, so’zlarni ma’no va tuzilishiga ko’ra
guruxlarga ajratish, til xodisalarini tasnif etish, berilgan ikki imkoniyatdan to’g’risini tanlash, nuqtalar o’rniga xarf, bo’g’in,
so’zlarni o’rniga qo’yib yozish, tayanch so’zlar ishtirokida nutq tuzish, mantiqan ajratilgan gap, abzatslarni yahlit shaklga
keltirish, dalillardan hulosalar chiqarish kabi usullarni bajarishadi. Mashq qilish usullari tarihiy-tadrijiy taraqqiyoti natijasida
o’zbekona fikrlash, o’zbekona ta’lim, odat, an’analar tarkibida shakllangan. SHu tufayli ularni nutq madaniyatini o’zlashtirish
bilan aloqador xodisa deb qaraymiz.
So’z yasashga doir mashq qilish usullarini qo’llab, aqliy-amaliy yumushlarni bajarishda taxlil, birlashtirish, taqqoslash,
abstraktsiyalash, konkretlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari xam ishtirok etadi. Masalan, berilgan so’zlarni ma’nolari yoki
tuzilishi jixatdan guruxlarga ajratish jarayonini taxlil etaylik. Bu usulni qo’llash paytida-guruxlarga ajratish jarayonida taxlil va
sintez, taqqoslash va konkretlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari xam ishtirok etadi. Binobarin, so’z yasashga doir mashq qilish
usullari nutq madaniyatini o’rganish yo’llari va aqliy faoliyat ko’rsatish amallari xosilasi sifatida shakllangan.
So’z yasashga doir mashq qilishning bu usulidan boshlang’ich sinflardan tortib yuqori sinflargacha amal qilinadi. Ona tili
ta’limining ilk qadamlaridanoq guruxlarga ajratish yo’li bilan mashq o’tkaziladi. O’qituvchi doskaga ketmon, ruchka, kitob,
belkurak, haskash, qalam, chizg’ich so’zlarini yozib, oldin ish qurollari nomini, keyin o’quv qurollari nomini yozishni taklif
etsa, o’quvchilar ularni ikki guruxga (ish qurollari-ketmon, belkurak, haskash; o’quv qurollari-ruchka, kitob, qalam,
chizg’ich) ajratishni mashq qiladi. SHu hil ko’rinishdagi o’quv topshiriqlari asosida mashq qilish yo’li bilan o’quvchilar
umumiy tushunchalarni xam (o’quv quroli, ish quroli) o’zlashtirib olishadi. YUqori sinflarda guruxlashga oid topshiriqlar
yanada murakkablashtiriladi. O’quvchilar so’zlarning ma’nolari, so’roqlari, o’ziga hos shakllari-qo’shimchalariga ko’ra
guruxlarga ajratishni mashq qilishadi.