Mavzu: Boshlang’ich sinflarda so’z yasashga doir mashqlar ustida ishlash



Yüklə 280,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix15.01.2023
ölçüsü280,52 Kb.
#79294
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
01afc4de78bdcf9e34c06673ce8366db Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish .

esga tushirish. O’quvchi mashq qilish mavzusini qancha ongli eslasa, mashq shuncha samarador kechadi; 2) mashq uchun 
zaruriy bilimlarni faollashtirish. Bilimni faollashtirish-bu o’zlashtirilgan bilimlar orasidan aynan u yoki bu mashq uchun 
kerakli bilimni tanlash demakdir; 3) faollashtirilgan bilimni berilgan o’quv xolatiga tatbiq etish. Bilimlarni o’quv xolatiga 
tatbiq etish vositasida ko’nikmalar shakllana boshlaydi. Binobarin, bilim o’quv xolatlariga qancha ko’p tatbiq qilinsa, 



ko’nikmalar shuncha rivojlanib, malakaga aylanadi; 4) mashq natijasini aniqlash. Mashq natijasini aniqlash-bu erishilgan 
natijani mashq qilish jarayonidan ajratish imkoniyatini beradi. 
O’rganilgan bilimlarni qayta eslab qilinadigan mashqlarning o’zi ikki turli bo’ladi: a) bilimlarni o’hshash, tanish 
sharoitlarga tatbiq etish. Masalan, “ot”ning ta’rifi, so’roqlari o’rganilgach, quyidagi topshiriqlar asosida mashq o’tkazish 
mumkin: berilgan so’zlar orasidan otlarni ajratib yozish, otlarga misollar o’ylab topish, berilgan “ot”lar ishtirokida gap tuzish, 
berilgan so’roqqa (masalan, kim?) mos otlar topib yozish va shu kabilar. SHu hildagi topshiriqlar asosida o’tkaziladigan 
mashqlar vositasida o’rganilgan bilim o’hshash sharoitlarga tatbiq etiladi. Bilimlarni o’hshash sharoitlarga tatbiq etish yo’li 
bilan o’tkaziladigan mashqning moxiyati ruscha “trenirovka” tushunchasiga mos keladi. Trenirovka uchun mo’ljallangan 
mashqlarda ijod elementlari bo’lmaydi;b) bilimlarni yangi, noo’hshash sharoitlarga tatbiq etish. Masalan, yuqoridagi mavzu 
o’rganilgach, bolalarga shunday topshiriqlar berildi, deb tasavvur qiling: otlarning ta’rifi, so’roqlaridan foydalanib, biror badiiy 
matn tarkibidagi otlar barcha so’zlarning necha foizini tashkil etishni aniqlash; bolalarning o’zlari o’qigan oynoma, 
ro’znomalardan ot so’z turkumiga doir so’zlar izlab topish; ma’lum mavzuga oid berilgan so’zlar (masalan, do’st; o’rtoq, yor-
birodar, inoq, suxbatdosh, fikrdosh) ishtirokida bog’li nutq tuzish. Bu hil topshiriqlar asosida o’tkaziladigan mashqlarda xam 
hotira, xam tafakkur, binobarin, ijod elementlari ishtirok etadi. Zero, bilimlarni yangi-yangi sharoitlarda sinab ko’rish bolalar 
tafakkuri bilan uzviy bog’langan.
O’quvchilar tafakkuriga mo’ljallangan mashqlar–Bu hildagi mashqlarni o’tkazish yo’li bilan bolalar yangi bilimlarni, 
yangicha faoliyat usullarini ijodiy o’zlashtirishadi. Ijodiy mashqlarning hususiyatlarini tavsiflash maqsadida “Ot” so’z turkumi 
mavzusida tuzilgan topshiriqlar tizimini keltiramiz. 

Yüklə 280,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin