13
Dars mavzusini e’lon qilish uchun ish quyidagicha boshlanadi: men bir nechta gap aytaman. Men aytgan gaplar (mening
nutqim) kimga va nimalarga qaratilganini aytib berishga tayyorlaning.
Bolalar, ona tili darsiga tayyormisiz? Bu gap kimga qaratilgan? (bolalarga). Ona tili, sen mening ona tilimsan! Bu gapchi?
(ona tiliga). Ey momaqaldiroq, yanada kuchliroq bo’kir! (Bu gap-momaqaldiroqqa). Men o’z nutqimni bolalarga (1-gap), ona
tiliga (2-gap), momaqaldiroqqa (3-gap) qaratdim. Gapirayotgan paytda so’zlovchi nutqini o’ziga (masalan, Dangasa tur,
uhlaganing bo’lar), O’zgalar (Odil, menga ko’maklash), turli narsalarga (maynajon, sayrasangchi) qaratadi. YAna bir misol:
ertalab uyqudan uyg’ongach bobomiz, buvimiz, ota-onamizga nima deymiz? Assalomu-alaykum, bobojon (buvijon, otajon,
onajon). Salomimiz kimlarga qaratiladi? (bobomiz va buvimizga, ota-onalarimizga). Ona tilida so’zlovchining nutqi qaratilgan
so’zlar “Undalma” termini bilan o’rganiladi. Undalmalar vositasida kishi o’ziga, o’zga shahslarga, turli narsalarga undaydi.
Suxbat asnosida bolalar yangi mavzuga oid termin-“Undalma” bilan tanishishadi, bolalarning nutqidagi undalmali sintaktik
konstruktsiyalar faollashadi, o’quvchilar o’zlari nutqida qo’llanib kelayotgan xodisa-undalmaning moxiyatini anglashadi.
Qisqacha aytganda, sinf jamoasi “Undalma” mavzusini o’rganishga tayyor bo’lishadi. Endi darsning
navbatdagi bosqichi-
undalmaga oid bilimlarni o’rganish boshlanadi.
Birinchi topshiriqqa qarang . . . . Namunada berilgan gapni o’qing. Bu gapda so’zlovchining nutqi nimaga qaratilgan?
“Hayol”ga qaratilgan. To’g’ri, hayollarga chulg’anib qolganimizda, o’zimizga shunday gap bilan undaymiz. Undash yo’li bilan
biroz payt hayol surishdan to’htaymiz. Siz bajaradigan topshiriqda oltita nutq xolati berilgan. Oltita gap tuzasiz. Nutqingizning
kimlarga va nimalarga qaratilganini aniqlab, aytib berishga tayyorlaning. Topshiriqni bajara olsangiz, undalmaga o’zingiz
mustaqil ta’rif bera olasiz.
O’quvchilardan birortasi (yoki oltitasi) topshiriqni doskada bajaradi. Bolalarning ko’z o’ngida quyidagi yozuvlar paydo
bo’ladi.
Bolalar, bilim manbai kitobni seving.
Odamlar, cho’kayapman, qutqaringlar.
Xoy qanotli qushlarim, don englar.
Mexribon buvijon, Sizni tabriklayman.
Xoy yomg’ir, yana shiddat bilan yog’!
Ey shamol, salomimni do’stimga etkaz.
Doskadagi yozuvlar-o’quvchilar ijod etgan gaplar asosida suxbat o’tkazilib, undalmaning ta’rifi chiqariladi. O’qituvchi
topshirig’iga ko’ra bolalar o’zlari chiqargan hulosani darslikda berilgan ta’rifga taqqoslashadi. Bu ta’lim manbalari-nutq,
darslikni o’zaro uyg’unlashtirishga olib keladi. Endi undalmalarni nutqda ijro etish tehnikasi,
tinish belgilari, gapdagi o’rni,
sodda va murakkab undalmalarga oid bilimlarni o’rganishga o’tiladi. Buning uchun 2-topshiriq asosida mashq o’tkaziladi.
Bolalar berilgan gaplarda undalmalarning shahsga yoki narsaga qaratilganini xisobga olib, ularni ikki guruxga ajratishadi. Bu ish
undalmalarni mustaxkamlashga oid dastlabki o’quv yumushidir. 2-topshiriq asosida undalmalar bo’yicha ahborot to’plash
quyidagicha davom ettiriladi.
Doskadagi gaplar qayta kuzatilib sodda (bolalar, odamlar) va murakkab (mexribon buvijon, qanotli qushlar) undalmalarga
o’quvchilar diqqati tortiladi, tegishli qoidalar chiqariladi: a) undalma bir so’zdan iborat bo’lsa–sodda undalma deyiladi;
b) undalma ikki yoki undan ortiq so’zdan iborat bo’lsa, murakkab undalma deyiladi.
Gaplar yana bir bor kuzatilib, undalmalarning o’rni aniqlanadi. Buning uchun ayrim gaplar qayta tuziladi.
Bilim manbai kitobni seving, bolalar!
Sizni, mexribon buvijon, tabriklayman.
Hulosalar chiqariladi: undalmalar gapning boshida, o’rtasida, ohirida keladi.
Undalmali gaplarda gap bo’laklarini toptirish. O’quvchilar ko’pincha undalmani bosh bo’lak (ega) sanab, egani topa
olishmaydi. Doskadagi gaplarga egalar kiritib yoziladi: Bolalar, siz bilim manbai kitobni seving. Boshqa gaplar bo’yicha xam
ish-shu tahlitda davom ettirilib hulosa chiqariladi. Undalmalarni o’qish tehnikasi, tinish belgilirini ishlatish qoidalari
tushuntiriladi. Bu ishlar natijasi o’laroq o’quvchilar ongida undalma to’g’risidagi tasavvurlarning umumiy qurilishi shakllanadi.
Endi yangi ta’rif, qoidalarni mustaxkamlashga o’tiladi. Buni amalga oshirish uchun quyidagicha ish qilish mumkin.
a) Darslikda berilgan ta’rif, qoida, aniqliklarni diqqat bilan o’qib chiqish.
b) 3-topshiriq bo’yicha mashq o’tkazish. Bolalar she’riy parchadan undalmali bandlarni (Nega tilkalaysan bag’rimni, oxang,
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g’am) ajratib yozishadi. Bu bandlarda shoirning nutqi nimalarga qaratilganligi,
undalmalarning turi, gapdagi o’rni, tinish belgilari va o’qish tehnikasi yana bir bor eslatiladi. Bolalar undalma bo’yicha
to’plagan ahborotlarga moslashishadi, ko’nikishadi.
v)Undalmaga oid bilimlarni esga tushirish davomi sifatida 4-topshiriq bo’yicha mashq qilinadi.
Bolalar undalma
bo’yicha to’plangan ahborotlarni yangi o’quv sharoitiga-tayanch so’zlarni undalma vazifasida qatnashtirib bog’li nutq tuzish
jarayoniga tatbiq etishadi.
Keltirilgan dars tavsifidan ko’rinadiki, uning qurilishi va borishi bolalar tafakkuriga mo’ljallangan. O’quvchilar berilgan
topshiriqlar asosida ijodiy mashq qilishib, mavzuni mustaqil o’rganishadi, ta’rif, qoida, aniqliklarni shakllantirishadi. Bunday
darslarni “ijodiy dars” deb ataymiz. Mavzu induktiv yo’l bilan o’zlashtirildi. Dalillarga ko’ra quyidagi hulosalarga kelindi.
Dars yangi o’quv materialini o’rganish va mustaxkamlash tipidagi mashg’ulot bo’lsa, uning quyidagi bosqichlarida so’z
yasashga doir mashqlardan foydalaniladi.
a) YAngi mavzu bilan bolalarni tanishtirish jarayonida o’tkaziladigan mashq darsga kirish yasash, yangi termin va unga
muvofiq tushuncha bilan tanishtirish funktsiyalarini bajaradi.
14
b) YAngi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik maqsadida tashkil qilinadigan mashq dalillarni, o’quvchilar tajribasidan ko’p
marta o’tgan omillarni faollashtirish vazifasini o’taydi. Ish shu yo’sinda tashkil etilganda, bolalarning jonli nutqi tilni-mavzuga
oid ta’rif, qoida, aniqliklarni o’zlashtirish laborotoriyasiga aylanadi. Bola nutqi tildan oldinda xarakat qilib “Nutqdan tilga qarab
borish” tamoyilining amal qilishiga olib keladi.
v) YAngi o’quv informatsiyalarini idrok etish jarayonida tashkil qilinadigan mashqlar yangi ta’rif, qoida, aniqliklarni
o’rganish
xodisalariga xamkorlik qilib, o’quvchilar tafakkurini, hotirasini kompleks faollashtirish vazifasini bajaradi.
CHiqarilgan hulosa ijodiy faoliyat maxsuli, o’quvchining o’zi kashf etgan bilim sifatida ongda to’planadi. Xamrox mashqlarni
bajarish jarayonida o’quvchi ta’lim jarayoni sub’ektiga aylanadi.
g) YAngi o’quv materiali tushuntirilgach yoki bolalarning o’zlari mustaqil o’rgangach, o’tkaziladigan mashq mustaxkamlash
vazifasini bajaradi. SHu yo’l bilan bolalar xozir o’rganilgan bilimlarni berilgan o’quv xolatlariga tatbiq qilishadi. O’quv
xolatlari yangi, rang-barang bo’lsa, mustaxkamlash xam ijodiy jarayonga aylanadi. SHunday qilib, dastlabki dars tipida
ahborotlarni to’plash va ularga dastlabki ishlov berish ketma-ket, bir-biri bilan uzviy bog’langan xolda o’tkazilsa, mashq
qilishning samaradorligi oshadi.
“Undalma” mavzusida o’tkaziladigan ikkinchi mashg’ulot “O’tganlarni takrorlash va malaka xosil qilish” tipidagi darsdir.
Dars 5-8-topshiriqlar bo’yicha mashq o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, uch hil didaktik vazifani-o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan
maqsadni amalga oshirish bilan yakunlanadi: oldingi darsda o’rganilgan ta’rif, qoida, aniqliklarni
ongli esga tushirish, esga
tushirilgan bilimlarni berilgan o’quv xolatlariga tatbiq etish, undalma to’g’risidagi bilimlarni yangi ahborotlar bilan boyitish.
Bilimlarni yangi ahborotlar bilan boyitishga kumulyatsiya deb aytiladi.
Dars-5-topshiriq asosida mashq o’tkazish va uning natijasini taxlil etish bilan boshlanadi. Bolalar mashq qila turib,
undalmaning ta’rifini esga tushirishadi: undalmalarni gaplarning egalariga taqqoslashib, ularning farqlarini ajratishadi;
undalmalarning gapdagi o’rinlarini aniqlab, ularning o’qish tehnikasini hotirlaydilar; tinish belgilarini qo’yib,
gaplarni
ko’chirishadi. Bular undalma to’g’risidagi bilimlarni faol esga tushirish vazifasini o’taydi. Mashq qila turib, o’rganilgan
bilimlarni esga keltirish faol ta’limning asosiy talablaridan biri bo’lib, bilimlarni tezkorlik bilan o’quv xolatlariga tatbiq eta olish
malakasining poydevori sanaladi.
6-topshiriq asosida ijodiy mashq o’tkaziladi. Uni ijodiy diktant shaklida tashkil etsa xam bo’ladi. Buning uchun o’qituvchi
gaplarni diktovka qilib turadi, bolalar esa undalmalarni gaplarning boshi yoki ohiriga kiritib, yozishadi (masalan, Bolalar,
qaynatilmagan suvni ichmang!).
7-topshiriq asosida o’tkaziladigan mashq xam ijodiy bo’lib, o’quvchilar berilgan o’quv xolatlariga mos undalmali bog’li nutq
tuzishadi.
8-topshiriq bo’yicha xam ijodiy mashq qilinadi. Bolalar bir-biridan intervyu olib suxbat matnini yaratishadi. Bu kelajakda
o’quvchilarning dialog va monolog axamiyatini anglashlarini ta’minlaydi. Berilgan topshiriqlar asosida mashq qilish
o’quvchilarning undalmaga oid bilimlarni malaka darajasida o’zlashtirishlarini ta’minlaydi.
Ikkinchi dars tipida-o’tganlarni takrorlash va malaka xosil qilish mashg’ulotida so’z
yasashga doir mashqlar, asosan, ikki
bosqichda o’tkazilishini eslab qolmoq zarur.
1. Bilimlarni ongli esga tushirish maqsadida, darsning dastlabki bosqichida mashq o’tkazish. Mashqlardan shu yo’sinda
foydalanish bilimlarni yangi o’quv sharoitlariga ijodiy tatbiq etish uchun zamin xozirlaydi.
2. Bilimlarni turli o’quv xolatlariga tatbiq etish bosqichi. Darsning bu bosqichida o’tkaziladigan mashqlar bolalarda
malakalarning rivojlanishiga, faoliyatdagi tezkorlikka, topshiriqlarni sifatli bajarishga, ko’nikmalarni
malaka darajasiga
ko’tarishga olib keladi. SHular bilan birga, o’tganlarni takrorlash va malaka xosil qilish darslarida o’quvchilarning
takrorlanayotgan o’quv materiali doirasida bilimlari yanada kengayadi. Bu kumulyatsiya xodisasinining amal qilishi natijasidir.
Zero, berilgan topshiriqlar asosida mashq qilish jarayonida bolalar mavzuga oid dalillarning yangi-yangi qirralarini xam, oldin
xis qilmagan tomonlarini xam anglashadi. Kumulyatsiya xodisasi mashq qilish uchun tanlangan topshiriqlar qancha ijodiy
tuzilgan bo’lsa, shuncha samarali amal qiladi.
“Undalma” mavzusida o’tkaziladigan navbatdagi mashg’ulot bilim va malakalarni umumlashtirish tipidagi darsdir. Bu
tipdagi darslarda ma’lum mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar tushuncha darajasida umumlashtiriladi, bo’lim
bo’yicha yakuniy hulosalar chiqariladi.
Bilim, malakalarni umumlashtirish darslari darsning boshqa tiplaridan chiqariladigan hulosalari kengligi, mazmundorligi
jixatdan farq qilishi bilan
birga material tomondan xam, o’zlashtirish darajasi bilan xam ajralib turadi. Bu dars tipida
umumlashgan savollar (Undalmaning ta’rifi, o’ziga hos barcha hususiyatlarini kim misol keltirib isbotlay oladi?), umumlashgan
topshiriqlar (O’zingiz undalmali gap tuzib, uni undalmaning ta’rifi, o’ziga hos belgilari jixatdan to’liq taxlil qiling),
umumlashgan jadvallardan foydalaniladi.
Bilim, malakalarni umumlashtirish darslari ikki jabxasi jixatidan axamiyatlidir:
mavzu yoki bo’lim bo’yicha umumlashgan
Dostları ilə paylaş: