Mavzu: Boshlang’ich sinflarda so’z yasashga doir mashqlar ustida ishlash



Yüklə 280,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/19
tarix15.01.2023
ölçüsü280,52 Kb.
#79294
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
01afc4de78bdcf9e34c06673ce8366db Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish .

ta’limga tatbiq etish faoliyati. Bunday faoliyat o’qitish jarayoni bo’lib, unda mashqdan ta’limning qaysi bosqichlarida 
foydalanish zarurligi o’z aksini topadi. Ko’rinadiki, mashqlar tizimini shakllantirishda o’qitish faoliyati hususiyatlari xam 
inobatga olinadi; mashq qilish jarayoni-bu o’quvchining aqliy va amaliy faoliyati bo’lib, uning amal qilishi natijasida 
bilimlar takomillashadi, ko’nikma va malakalar rivojlanib, tilga munosabatlar, ijodiy faoliyatlar taraqqiy etadi. Tuzilajak 
didaktik loyixada-mashqlar tizimida bolalarning mashq qilish faoliyati hususiyatlari xam xisobga olinadi. Didaktik loyixalash 
jarayoni va loyixalash faoliyati mashqlarni ta’limga tatbiq etish jarayoni va o’qituvchi faoliyati, o’qish jarayoni va o’quvchi 
faoliyati hususiyatlari asosida so’z yasashga doir mashqlar tizimi yaratiladi. Bu jarayonlar va ularga oid faoliyatlarning 
moxiyatini bilmasdan turib, so’z yasashga doir mashqlar tizimini asoslash mumkin emas. SHu tufayli ularni aloxida-aloxida 
taxlil etish zarur. 
Didaktik loyixalash jarayoni o’rganiladigan o’quv materiallarini bolalarbop qilib qayta qurishdir. Didaktik loyixalash boshqa 
jarayonlarga o’hshab uch elementdan iborat: loyixalashga oid faoliyat, loyixalash vositasi, loyixalash predmeti. SHu 
elementlarning o’zaro ta’siri natijasi o’laroq loyixalovchi istagan (ko’zda tutilgan) didaktik loyixa-mashqlar tizimi shakllanadi.
Didaktik loyixalash, avvalo, inson ongining antitsipirik-oldindan ko’ra bilish, payqay olish qobiliyati bilan bog’liq. SHu 
tufayli loyixada-mashqlar tizimida uch hil belgi ajratamiz: tatqiq qilish, ta’limni amalga oshirish, ta’limni boshqarish. YAnada 
ommaboproq aytganda, loyixa vositasida ta’lim jarayonining qonuniyatlari o’rganiladi, ta’limning maqsadi amalga oshiriladi, 
bolalarning faoliyati tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi. 
Loyixada-mashqlar tizimida o’quvchi va o’qituvchi faoliyati moddiylashtiriladi. O’qituvchi va o’quvchi faoliyatining tashqi 
va ichki hususiyatlarini xisobga olish loyixalovchining maxoratiga bog’liq. 
Ona tilidan o’quv materiallarini mashqlar tizimi shakliga olib kelishda qator talablarga rioya qilinadi: mashqlar to’plamining 
o’quv materiallari mazmuniga tengligi-adekvatligi (1); to’plamga kiritilgan mashqlarning bir-birini to’ldirish (2); mashqlarning 
murakkabligi, qiyinligini oshira borish (3); to’plamda ijodiy va standart mashqlar miqdorining etarliligi (4); mashqlar 
to’plamining bilim, ko’nikma, malaka, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yaroqliligi (5); mashqlar miqdorining etarliligi (6). 

Yüklə 280,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin