o’rganilgan bilim va malakalar (2); bilimlarni tatbiq etish yo’li (3); mashq qilishning o’quvchigagina dahldorligi (4); mashq natijasining sub’ektiv harakteri (5).
O’quv xolati psihologik xodisa bo’lib, uning mazmuni berilgan o’quv topshirig’iga bog’liq. Berilgan o’quv topshirig’i
to’g’risida o’ylash, zaruriy bilimlarni izlash ongda o’quv xolatini xosil qiladi. Bu o’quvchilarning ta’limda faol ishtirokini
ta’minlaydi.
Bilim, ko’nikmalarni (faoliyat usullarini) qo’llab mashq qilish jarayonida bilimlar yanada takomillashadi, ko’nikmalar
malaka darajasiga ko’tarilib, avtomatlashadi.
Bilim, ko’nikmalarni esga tushirish, ularni tatbiq etish yo’lini belgilash va amal qilish bola faoliyatini takomillashtiradi.
Bilim, ko’nikmalarni topshiriq xolatiga tatbiq etish o’quvchi faoliyati tempining oshishiga olib keladi.
Mashq qilish uchun topshiriqni o’qituvchi (darslik muallifi xam) tanlab bola ongida mashq xolatini xosil qilsa-da, mashqni
o’quvchining o’zi qiladi. Berilgan o’quv topshirig’i, uning vositasida xosil qilingan o’quv xolati barcha o’quvchilar uchun
umumiy, mashq qilish esa individualdir. Ana shu individuallikka ko’ra bolalarning ko’nikma-malakalarida tafovutlar uchrab
turadi.
Mashq-mashq qilayotgan sub’ektning ishi. Binobarin, mashq qilish sub’ektiv xodisadir. Uning natijasi mashq qilayotgan
sub’ektda –o’quvchida mujassamlashadi.
YUqorida tavsiflangan belgilarning uchtasi (1-3) ob’ektiv, ikkitasi (4-5) sub’ektiv xodisalardir. Mashq qilishning ob’ektiv
belgilarini xisobga olib, so’z yasashga doir mashqlarga quyidagicha ta’rif beramiz.
So’z yasashga doir mashq-o’rganilgan bilim va faoliyat usullarini o’quv xolatlariga tatbiq etish yo’lidir.
So’z yasashga doir mashqlar boshqa tizimlarga o’hshab kompleks elementlardan iborat. Xar qanday tizimning elementlari
moxiyati jixatidan ikki turli bo’ladi: doimiy-asosiy, o’zgaruvchan-ikkinchi darajali. Tizimni, ayni xolatda so’z yasashga doir
mashqlarni barcha elementlariga ko’ra taxlil etish amri-maxoldir. SHu sababli, so’z yasashga doir mashqlarning asosiy
elementlarini uning tarkibiy qismlari sifatida taxlil qilamiz.
So’z yasashga doir mashqlar, avvalo, ochiq tizimdir. Zero, xozir o’tkaziladigan mashq oldingi mashqlarning davomi, bundan
keyin o’tkaziladigan mashqlar uchun tayyorgarlik bosqichi sanaladi. Mashq qilish jarayonida bolalarning o’qish faoliyati
o’tmishdan xozirga, undan kelajakka tomon xarakat qiladi. O’rganilgan bilimlardan (o’tmishdan) ularning amaliyotga tatbiq
etilishiga (xozirga) qarab borish kelajakdagi istiqbolli faoliyat uchun zamin tayyorlaydi. Mashq qilish jarayonining moxiyatini
anglash maqsadida mashqning turg’un-asosiy tarkibiy qismlarini, uning variantlari sifatida ajratamiz.
Invariant-tizimda qancha o’zgarish yuz bersa-da, o’zgarmasdan qoladigan turg’un elementlardir. So’z yasashga doir
mashqlar tarkibida shunday turg’un elementlar to’rtta: mazmun, maqsad, funktsiya-o’quvchi faoliyatida bajaradigan ish, mashq
qilish usuli.