2 nd International Multidisciplinary Scientific Conference



Yüklə 309,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.01.2023
ölçüsü309,56 Kb.
#80345
  1   2
476-Article Text-1889-1-10-20201228



Proceedings of Global Technovation 
2
nd
 International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from London, U.K. 
https://conferencepublication.com 
December 28
th
, 2020 
165 
“TASVIRIY SAN’AT JANRLARI” 
Paxriddinova Dilshoda Farhod qizi. 
Chirchiq davlat pedagogika insitituti 2-bosqich talabasi 
Ahmatqulova Nigora Adham qizi
Chirchiq davlat pedagogika insitituti 2-bosqich talabasi 
Tel: 94 4166846 
PaxriddinovaDilshoda@gmail.com 
Annotatsiya:
Siz ushbu maqolada tasviriy san’at, uning jozibadorligi va uning janrlari,kelib 
chiqishi,qo’llanilishi,turlari 
Tasviriy san’at asarlari mavzusi,mazmuni,ishlanish uslubi kabi ma’lumotlarga 
ega bo’lishingiz mumkin.
 
 
Kalit so’zlar:
Janrlar,grafika,obraz,
avtoportret, natyurmort, botal janr , animalistic. 
Tasviriy san’at asarlari mavzusi,mazmuni,ishlanish uslubiga ko’ra turli janrlarga 
bo’linadi. 
Tasviriy sanʼat - rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi; voqelikni uning 
osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz 
xususiyatlariga qarab real borliqni obʼyektiv mavjud sifatlari — hajm, rang , fazo, shuningdek, predmetning 
moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va oʻzgarishlari xissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy 
konkretliligidan illyuzionizmga. oʻtish mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina 
tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi (fabula), erkin 
hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini 
kengaytiradi. 
Tasviriy san'at deyilganda, grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik san'ati tushuniladi. 
Grafika. Hozirgi zamon san'atining keng tarqalgan turlaridan biri grafika san'atidir. Tasviriy san'atning bu 
turiga oddiy qora qalamda chizilgan surat, mavzulik kompozitsiyalar, kitobning ichki va tashqi tomoniga 
ishlangan turli rasm, illustratsiya, plakat, karikatura, sharj, etiketka, marka, ekslibris va boshqalar kiradi. 
Grafika san'ati asarlari hajm jihatdan uncha katta bo'lmay, ko'p hollarda qog'ozga ishlanadi. Grafikaning 
xarakterli tomonlaridan biri, uning seriyali qilib ishlanishi, ya'ni voqeani bir necha qog'ozda tasvirlanishidir. 
Bunday seriyali rasmlar o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ma'lum bir mazmunni ochib beradi. Grafika 
san'ati hozirjavob san'atdir. 
Rangtasvir. Tasviriy san'atning ikkinchi bir turi rangtasvir san'nlidir. Devorlarga ishlangan turli rasmlar, 
polotnolarga chizilgan surat, kino va teatr dekoratsiyalari shu san'at turiga kiradi. Rangiasvirda rang muhim 
o'rinni egallaydi. Agar grafika san'atida rang shunchaki yordamchi vazifani o'tasa, rangtasvirni esa rangsiz 
tasavvur qilib bo'lmaydi. Rassom rang orqali borliqni ko'rinarli obrazlarda tasvirlaydi, makonning 
cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini, hajmini ko'rsatadi. Rangtasvir asarlari 
yana o'zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko'ra monumental, dastgoh va dekorativ turlarga bo'linadi. 
Monumental rangtasvir me'morlik bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga 
ega hamda ularda jamiyat hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Dekorativ rangtasvir 
me'morchilik va amaliy san'at bilan bog'liq bo'lib, asosan bezash vazifasini o'taydi.
O'zbekistonda rassomchilikning bu turi asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab paydo 
bo'lgan. Hozirgi kunda u o'zbek tasviriy san'atida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. 

Yüklə 309,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin