Ish rahbari kurs ishning rejasiga muvofiq talabaga kurs ishga tegishli materiallarni to„plash
bo„yicha
topshiriq, to„ldiriladigan jadvallar maketini beradi. Kurs ishining asosiy materiallari
talabalar tomonidan to„plangan ma‟lumotlari va nazariy bilimlari tashkil etadi.
Mavzuga oid amaliy materiallarni va statistik (hisobot) ma‟lumotlarini to„plashda
ularning
mavzuni yoritishga mos kelishiga va chuqur tahlil etish uchun etarlicha bo„lishiga erishish kerak.
Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati va iqtisodiy samaradorligi ko„rsatkichlarini to„liq
o„rganmay va atroflicha tahlil etmasdan turib, muammoning echimi bo„yicha
tegishli xulosa va
takliflar tayyorlash mumkin emas.
Kurs ishini bajarishda zaruriy manbalar quyidagilar bo„lishi lozim:
- kurs ishining barcha savollarini yoritishda foydalanilgan iqtisodiy va ijtimoiy adabiyotlar;
- respublika Prezidentining farmonlari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, vazirliklar
hujjatlari va maxsus adabiyotlar;
-
nizomlar, preyskurantlar va yo„riqnomalar;
- tanlangan real korxonaning operativ va yillik reja ko„rsatkichlari, hisobot ma‟lumotlari;
- e‟lon qilingan statistik ma‟lumotlar;
- mavzu bo„yicha ilmiy-tadqiqot institutlarining materiallari;
- gazeta, ilmiy jurnallar va boshqa matbuot nashrlari.
Talaba kurs ishi muallifi bo„lib, yozilgan ishning to„g„riligiga va uning topshiriqqa
muvofiqligiga, kurs ishida ko„chirmachilik holatining yo„qligiga javob beradi.
Dostları ilə paylaş: