Birinchi bandda kurs ishining nazariy asoslari bayon etilib, mavzuning ilmiy va uslubiy
jihatlariga qaratiladi. Bunda hozirgi davrda bu mavzuga bo„lgan nazariy yondoshuvlar, masalaning
mohiyati, muammoni echishning asosiy omillari va talabaning ilmiy, nazariy qarashlariga bo„lgan
munosabati bildiriladi.
Mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, alohida savollarda mavzuga oid muayyan uslubiy
masalalarni ham ko„rib chiqish foydadan xoli emas. Albatta, talaba uchun mavzuning nazariy va
uslubiy jihatlarini ishlab chiqish og„ir. Ammo, mavzuda ko„rib chiqilayotgan masalalarni echimiga
oid ilmiy-uslubiy yondoshuvlar va ularning samaradorligini baholash mezonlariga umumiy baho
berib ketish mumkin.
Ikkinchi bandda odatda muayyan mavzu bo„yicha o„rganilayotgan muammoning umumiy
holatini tahlil etishga bag„ishlanadi. O„rganilayotgan ob‟ektning tashkiliy-iqtisodiy ko„rsatkichlarini
tahlil etish etarlicha chuqur va maqsadga yo„naltirilgan bo„lishi, masalaga oid haqiqiy
ma‟lumotlarga asoslanishi lozim. Ishda korxonaning oxirgi 3-5 yillik ma‟lumotlari tahlili asos qilib
olinishi lozim.
Savollarning yoritilishi korxonaga oid umumiy ma‟lumotlar va uning tabiiy-ishlab chiqarish
sharoitlarini tahlil etish bilan boshlanadi. Korxonaning hajmi, ishlab chiqarish salohiyati,
ixtisoslashuvi, mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi kabi bir qator ko„rsatkichlarni tahlil etishda
ularning real tabiiy va ishlab chiqarish sharoitlariga bog„liq holda ochib berish maqsadga muvofiq.
Bunda keyingi yillarda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda yuz bergan o„zgarishlar, ularning
iqtisodiy samaradorlikka ta‟siri, hozirgi kunda mavjud kamchilik va muammolar hamda ularni
keltirib chiqargan sabablarga keng o„rin berish lozim.
Tahlillar olib borilgan ob‟ekt misolida ilmiy mavzu tahliliy-hisoblar, jadvallar, diagrammalar,
grafiklar va chizmalar orqali ochib beriladi.
Uchinchi bandda muallif tahlillar asosida mavzuni takomillashtirish bo„yicha takliflar va
tavsiyalar ishlab chiqadi, ilgari surilayotgan takliflar amaliy jihatdan asoslanadi.
Eslatma: Talaba fan-texnika va ishlab chiqarishning oxirgi yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, zaruriy me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlangan, ishlab chiqarishni tashkil etish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bilan qurollangan, xo‘jalik yuritish tizimlari bilan yaqindan tanish bo‘lsagina ilmiy asoslangan xulosa va takliflar bera olishi mumkin.