O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «tasdiqlayman»



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix28.01.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#81450
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
portal.guldu.uz-Mikroiqtisodiyoit-kurs ishi

Xulosa va takliflar kurs ishining mazmuni bayon etilishini yakunlaydi. Unda talaba olib 
borgan ilmiy izlanishlarning natijalari umumlashtiriladi. Xulosa va takliflar aniq, qisqa va 
tushunarli tarzda bayon etilishi, faqatgina mavzuga oid masalalarni o„zida aks ettirishi lozim.
Xulosa va takliflar kurs ishining kirish qismida yoritilgan maqsad va vazifalarga to„liq mos 
kelishi hamda ish oldiga qo„yilgan vazifalar qanday echilganini ko„rsatishi lozim. Takliflar aniq 
natijalarga, tajribalarga asoslangan holda ko„rsatib berilishi, zaruriy hisob-kitoblar va ma‟lumotlar 
bilan mustahkamlanishi maqsadga muvofiq.
Adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish. Adabiyotlar ro„yxati kurs ishining oxirgi qismida 
keltiriladi va adabiyotlar qa‟iy tarzda quyidagi tartibda berilishi lozim. 
1. O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 
2. O„zbekision Respublikasining Qonunlari. 
3. Prezident farmonlari va xukumat qarorlari. 
4. O„zbekiston Respublikasini Prezidenti SH. Mirziyoevning asarlari. 


5. Ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o„quv qo„llanmalar va boshqa adabiyotlar (alfavit tartibiga 
ko„ra). 
6. Ilmiy maqolalar. 
7. Yo„riqnomalar, turli akt materiallari va boshqalar. 
8. Statistik to„plam materiallar, korxona hujjatlari va materiallari. 
Adabiyotlar ro„yxatida kurs ishi jarayonida foydalanilgan barcha ma‟lumotlarning manbalari 
ko„rsatilishi lozim. 
Zarur hollarda adabiyotlar keltirilgan iqtiboslarning manbasi albatta o„sha betda ko„rsatilishi, 
shu jumladan jadval yoki sxema manbasi ham o„sha betda ko„rsatib borilishi lozim. Agar jadval 
yoki chizma muallif tomonidan tayyorlangan bo„lsa, qaysi manbadan foydalanib tayyorlanganligi 
ham ta‟kidlab o„tiladi. 
Kurs ishini bajaruvchi talaba ish jarayonida ko„rib chiqqan lekin kurs ishi uchun 
ishlatilmagan, maxsus materiallar yoki faqat xizmat bo„yicha foydalanish uchun chop etilgan 
materiallar ro„yxatini ko„rsatmaydi. 
Adabiyotlar ro„yxatida quyidagilar ko„rsatilishi shart: 
 muallifning ismi-sharifi, adabiyotning nomi, chop etilgan manzili, nashriyotdan chiqqan yili 
va foydalanilgan saxifalari. 
 ro„znoma va oynomalardagi maqolalar ham adabiyotlar singari rasmiylashtirilib, unda 
muallifning ismi-sharifi, ro„znoma yoki oynamaning nomi, raqami, sanasi va foydalanilgan betlari 
ko„rsatiladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin