Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix29.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#81474
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
2-BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, PREDMETI VA METODI

21-modda. Ichki nazorat. Ichki nazorat buxgalteriya hisobini yuritishda, 
moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda xo‘jalik operasiyalarini amalga 
oshirishning qonuniyligini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlarning 
but saqlanishini ta’minlash, talon-toroj qilish hollari va xatoliklarning oldini olish 
hamda aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari tomonidan 
qabul qilingan hisob siyosati asosida tashkil etilgan chora-tadbirlar tizimidir. 
Buxgalteriya hisobi sub’yekti ichki nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi. 
22-modda. Moliyaviy hisobot. Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi 
sub’yektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining 
moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan 
axborotdan iboratdir. 
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
buxgalteriya balansi; 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; 
pul oqimlari haqidagi hisobot; 
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; 
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi sub’yekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga 
ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining 
buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak. 
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi. 
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi. 
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 


Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda 
mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin