O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


 Mintaqaviy turizmni rivojlantirishning maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

 
1.3. Mintaqaviy turizmni rivojlantirishning maqsadi va vazifalari 
 
Hozirgi davrda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholini ijtimoiy – iqtisodiy 
ahvolini yaxshilashda yangi ish o’rinlarini ochish katta ahamiyatga ega. Shuning 
uchun qaysi tarmoqlarda yangi ish o’rinlari ochish imkoniyati bo’lsa, undan 
samarali foydalanish lozim. Bugungi kunda turizm jahondagi eng ko’p foyda 
keltiruvchi biznes ko’rinishlaridan biriga aylangan. U bozor iqtisodiyotining 
ajralmas qismi bo’lib, danyoning ko’pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanib 
borayotgan tarmoqqa aylandi. Turizm sohasi jahon xo’jaligining transport, aloqa, 


14 
savdo-sotiq, qurilish industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab 
chiqaruvchi sanoat tarmoqlari bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon 
iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lmoqda. Iqtisodiyotimizda turistik resurslardan 
samarali foydalanishda sohada yangi ish o’rinlari ochish katta ahamiyatga ega. Har 
bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida 
foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo’ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil 
etish asosi desak bo’ladi. Lekin, har bir hududning resurs salohiyati resurslarning 
miqdor va sifat jihatiga ko’ra farq qiladi. Shu sababli turistik resurslarni har jihatdan 
o’rganish, baholash, umuman olganda turizm faoliyatida foydalanish 
imkoniyatlarini, tahlil etish ma’lum mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbolini 
belgilaydi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib bu fanning maqsadi 
mamlkatimizning turizm salohiyatini belgilash nuqtai nazaridan turistik 
resurslarimizni har taraflama o’rganib chiqishdir. Shu jihatdan kelib chiqib turizm 
faoliyatida turistik resurslardan samarali foydalanish, uni iqtisodiy asoslarini 
yaratish bu fanning asosiy vazifasidir. Undan tashqari, Vatanimizning kelajagi 
hisoblangan yoshlar ongida milliy merosimizga, jumladan, madaniy-tarixiy, tabiiy 
yodgorliklar va milliy an’analarimizga bo’lgan munosabatni shakllantirish fanning 
asosiy maqsadidir. Xalqimiz milliy boyligimiz hisoblangan turistik obyektlarimizni, 
tabiatimizni qanchalik asrab-avaylasa, shunchalik mamlakatimizda turizmni 
rivojlantirish imkoniyatlari oshib boradi. Fanning vazifasi - turistik resurslar haqida 
tushuncha berish, turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini 
o’rganish, O’zbekistonning turistik resurslarini mintaqalar bo’yicha joylanishi, 
turistik rayonlashtirish hamda, mamlakatimiz turistik resurslarini muhofaza qilish 
tadbirlari to’g’risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin