15
so’zining ekvivalenti esa «turist» tarzida qo`llanila boshlandi". Internatsional
Vebster lug’atida tur (tour) ning ma`nosi quyidagicha ifodalangan: "Ish, zavq olish
o`qish uchun qilinadigan sayohat va bu sayohatlar mobaynida
turli xil joylarni
ziyorat qilishdan va rejalashtirilgan sayohat dasturidan yuzaga keladigan jarayon tur
deb ataladi". Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi sifatida Angliyalik
Tomas
Kuk tan olingan. U birinchilardan bo‘lib, sayohat maqsadida ommaviy safar
uyushtirishning mohiyati va foydaliligini anglab yetdi hamda 1843-yilda u
dastlabki temiryo‘l orqali turni muvaffaqiyatli tashkillashtirdi.
Mintaqaviy turizm- ma’lum
hududga qaratilgan, ijtimoiy yo’naltirilgan yani
inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan hamda mikro va makrodarajada
daromadlar olishga mo’ljalangan faoliyatdir.
Hudud-ma’lum chek-chegarasiga ega bo’lgan, shunday chegara bilan o’ralgan
yer: ma’lum davlat, viloyat, shahar, qishloqga tegishli bo’lgan yer, maydon.
Mintaqaviy iqtisodiyot- ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish,
alohida
olingan hududlar yoki hudud (region, rayon) ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning omil
va qonuniyatlari.
Turistik resurslar-
xalq madaniyati, urf-odatlari, rusumlari, ma’naviyatini
ko’rsatuvchi, belgilovchi milliy boylikdir.
Dostları ilə paylaş: