11
12
Qashqadaryo Hisor
Qashqadaryo
13
Xorazm
Qashqadaryo
Xorazm
14
Toshkent
shahri
Surxondaryo
Toshkent
shahri
Ushbu xulosalarga qo`shilgan holda qayd qilingan 14ta ma'muriy-hududiy
sub'ektlarni asosiy qonun O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan
mustahkamlanganligini (XVI bob, 68-modda) hamda statistik ma'lumotlar,
monitoring tizimlari ham ular doirasida yuritilishini qayd qilish joiz.
9
Bundan
tashqari respublika Oliy Majlisi a'zolari tarkibida har bir mintaqa manfaatlarini
himoya qiluvchi 6 tadan vakil-senatorlarning bo`lishi
yuqoridagi fikrlarni
mustahkamlaydi.
Mintaqaviy turizmga bag’ishlangan tadqiqotlarni tahlil qiladigan bo`lsak, A.
Soliev, M. Usmonovlar O`zbekiston respublikasi doirasida iqtisodiy geograflar
tomonidan ajratilgan oltita iqtisodiy mintaqalarni, mintaqaviy turizmning o`rganish
ob'ekti sifatida talqin qiladilar (jadval). Pirovard natijada esa, O`zbekistonda
turizmni rivojlantirish muammolari Samarqand viloyati misolida tadqiq etilgan.
10
Tabiiy geograflar A. N. Nigmatov, N. G. Shamuratovalar
11
, N. T.
Shamuratova, taniqli olimlar L. N. Babushkin va N. A. Kogaylarning (1969) ilmiy
xulosalarni rivojlantirgan holda O`zbekiston hududini 14 ta ekoturistik rayonlarga
ajratadilar va ularning o`ziga xos ekoturistik imkoniyatlarini qayd qiladilar
Iqtisodchi tadqiqotchilar S. Abduhamidov va boshqalar
12
O`zbekistonda
turizmning mintaqaviy muammolariga bag’ishlangan izlanishlarida A. Soliev, M.
Usmonov hamda N. Ibadullaevlarning
13
fikrlariga qo`shilgan
holda turizmga
tegishli statistik ma'lumotlarni 14 ta ma'muriy-hududiy sub'ektlar bo`yicha
keltiradilar. Demoqchimizki, mintaqaviy turizm fanining o`rganish ob'ekti,
konstitutsion asosga ega bo`lgan va ijtimoiy talabga mos qiladigan 14ta ma'muriy-
hududiy bo`linmalarning tabiiy poydevori, yuqorida qayd qilingan 10 ta tabiiy-
tarixiy mintaqalardir. Masalan, Andijon, Farg’ona, Namangan viloyatlarining tabiiy
poydevori Farg’ona vodiysining bir butun tabiatidir.
Sirdaryo, Jizzax viloyatlari
uchun esa, genetik jihatdan yahlit tuzilishga ega bo`lgan Mirzacho`l tabiiy
mintaqasidir. Mintaqaviy turizm nuqtai nazardan har bir ma'muriy-hududiy sub'ekt,
9
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi. Toshkent "O`zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2008, 40 bet
10
Soliev A.S., Usmonov M.R. Turizm geografiyasi Samarqand SamDU, 2005, 118 b.
11
Nigmatov A. N., SHamuratova N. T. Ýkoturizm asoslari. (O`quv qo’llanma) Toshkent "Turon Iqbol", 2007, 127 b
12
SHamuratova N. T. O`zbekistonda ekologik turizm va uning tabiiy geografik jihatlari. Geografiya fanlari nomzodi
ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent, 2011, 26 bet.
13
Ibadullaev N.Ý. O`zbekistonning turistik resurslari. Samarqand, 2008
12
ham tabiiy, tarixiy, nomoddiy qadriyatlari va ekologik xususiyatlariga ko`ra o`ziga
xos va betakrordir. Mintaqaviy turizmni rivojlantirishda davlatimizning mintaqaviy
siyosati asosiy o`rin tutadi. Odatda bu siyosat ichki siyosat bo`lib, u sohaviy
(xo`jalik tarmoqlar bo`yicha) va hududiy (mintaqaviy-integral) mazmunga ega.
Mintaqaviy turizm esa davlatning bevosita sohaviy ichki siyosatiga tegishlidir.
Taraqqiyotning o`zbek modeliga ko`ra
davlat bosh islohotchi ekan, O`zbekiston
hukumati har bir mintaqaning turistik imkoniyatlardan kelib chiqib, uning
rivojlanish strategiyasini belgilab berishi va imkoniyat yaratishi,
nazorat qilishi
ko`zda tutiladi. Bu o`rinda mahalliy xokimiyatlarning (mintaqa doirasida) turizm
bozorini rivojlantirishdagi mas'ulligi, tadbirkorligi va tashabbuskorligi talab etiladi.
Ayniqsa mintaqviy turizmga tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ilmiy
izlanuvchilar hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarkibidagi 6 ta mintaqa
vakillari-senatorlarning mas'ulligi, tashabbuskorligidan zarur.
Qayd qilish joizki, mintaqaviy turizm o`z mohiyati bilan ko`p qirrali, turlicha
imkoniyat va salohiyatga ega. U hamma vaqt, hamma
joyda shakllan mintaqaviy,
mazmuniga ko`ra esa milliy mohiyatga ega bo`lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: