Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
970
w
www.oriens.uz
November
2021
hikoyatlar zamirida yoritib berilgan. Dostondagi shoh Bahromga aytilgan birinchi
hikoyat, ya’ni hindistonlik musofir tomonidan qora qasrda hikoya qilingan
Farrux
va Axiy haqidagi hikoyatni olib ko‘raylik. Shahzoda Farrux tushida ko‘rgan
maxvashni axtarib Halabga kelishi,
uni bir bor uchratib, hushidan ayrilishi,saxovati
bilan nom qozongan Axiyning g‘am-anduhga chumib, qora palosga o‘ranib iztirob
chekayotgan Farruxni uchratib qolishi, uni uyiga taklif qilib mulozamat ko‘rsatishi, u
bilan suhbat qurib, uning dardidan voqif bo‘lishi, Farruxning ishqi tushgan go‘zal o‘z
yori ekanligini
bilishi va yorini taloq qilib, do‘sti Farruxga nikohlab berishi
do‘stlikning, oliyjanoblikning eng yuqori bosqichidir. Bu kabi do‘stga
nisbatan
oliyjanoblik ko‘rsatish holatini Farrux obrazida ham ko‘rishimiz mumkin. Farrux
nikohiga olgan go‘zal yorning g‘am- anduhga botib, nola qilishidan bor gapni bilib
oladi. Axiyning mardligidan hayratga tushadi. Ayolni o‘ziga
singil kabi tutadi va
do‘stini izlaydi. Axiy ham ishi orqaga ketib, Hind mulkiga borib qoladi. U yerda ikki
do‘st topishadi. Farrux singlim deya Axiyning ayolini to‘y-tomosha qilib o‘ziga
nikohlab beradi. Shu tariqa ularning do‘stligi abadiiy bo‘lib, bir-birlaridan yordam va
mehrini ayamay, uzoq umr ko‘rishadi.
Dostları ilə paylaş: