Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
971
w
www.oriens.uz
November
2021
Adlu insof o‘lib sifoti aning,
Shohlar ichra Juna oti aning.
Yelga bazlu ato bila mashhur.
Olam ichra saxo bila mashhur.
Yelga laklarni bebaho berib,
Gar bahona topib xizona berib.
Bazlae
gar debon suxansanje,
Silasig‘a ato qilib ganje.
2
Bir musofir uning mehmoni bo‘lib, unga rost gapirgan odamning yuzini oq,
yolg‘onchining yuzini qora qilib ko‘rsatadigan ko‘zgu sovg‘a qiladi. Shoh olamda
o‘zidan ham saxiyroq kishi bor-yo‘qligini so‘raydi. Musofir dastlab yo‘q deb javob
beradi. Musofirning yuzi qorayib ko‘rinadi. Musofir unga ochig‘ini aytishga majbur
bo‘ladi. Darhaqiqat, Junadan ham saxovatli kishi bo‘lib, u Taroz o‘lkasidan
yashovchi Mas’ud edi. Mas’ud xabarini eshitgan shoh Tarozga yo‘l oladi va Mas’ud
bilan
uchrashib, do‘st tutinadi. Mas’ud unga o‘zi uchun eng aziz bo‘lgan narsalari:
kuy va qo‘shiqda mohir bo‘lgan kanizagini, mayi tugamaydigan jomini, Gulgun
laqabli otini hadya qiladi. Juna Mas’udni Tarozga hokim qilib tayinlash to‘g‘risida
farmon beradi, ammo o‘zining shoh ekanligini bildirmaydi. Farmondan xabar topgan
Taroz hokimi qattol
vaziri Ballu bilan reja tuzib, Mas’ud bilan “sadoqatli do‘st”
tutinishga qaror qiladi. Mas’ud uning do‘stligiga ishonadi. Kunlarning birida Jaypur
Mas’udning uyiga keladi, shomga yaqin o‘zlarini tutolmaydigan darajada mast
bo‘lishadi. Vaziyatdan foydalangan Ballu uni chohga soladi. Mas’udni chohdan olib
holdan toyguncha azoblashadi va yana chohga solishadi. Mas’ud bu darajada
qilinayotgan zulmning sababini bilmay lol bo‘ladi. Balluning go‘zal bir qizi bo‘lib,
u Mas’udga oshiq edi. Barcha voqeadan xabar topgan qiz Mas’udni qutqarib,
birga
saroydan qochib ketadi. Yo‘lda ko‘p mashaqqat chekkan ikki sevishgan Juna
saltanatiga kelib qoladi. Xizmat yuzasidan saroyga kirgan Mas’ud o‘zi hadya qilgan
narsalarni taniydi. Juna bilan topishadi. Do‘stini yo‘qotib, hajr azobida qolgan shoh
Juna bag‘oyat shodlanib, do‘stiga ko‘p iltifotlar ko‘rsatadi.
Jaypur bilan Balluni
jazoga tortadi.
Payshanba kuni shoh Bahromning sandal qasrda eshitgan Muqbil va Mudbil
haqidagi hikoyatida ham Boxtardan Xovarga yo‘l olgan ikki yo‘lovchining
sarguzashti hikoya qilinadi.
Ul ikov yo‘ldin o‘lmayin ogoh,
Bo‘yla vodida bo‘ldilar hamroh.
2
Alisher Navoiy .Sab’ai sayyor.Mukammal asarlar to’plami .20-jildlik.-T.:Fan,1992.10-jild.168-bet