Qadim zamonda ko’zi ojiz odam bo’lgan ekan. Albatta, ko’zi ojizlik ayb emas… Xullas o’sha
odam tirikchiligi tang ahvolda qolgach o’ziga o’xshash so’qir bir tilanchiga shogird tushibdi.
Gadoylik hunarining sirini o’rgatishni so’rabdi.
- Bu hunarning uchta qoidasibor,-debdi ustozi.- Qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham, kimdan
bo’lsa ham olaverasan!
Oradan ko’p yillar o’tibdi. Ustoz tilanchi hammomning issiq xonasida mudrab o’tirsa, yonbosh
tomondan ovoz kepti:
- Xayr qili-i-ing!
- Esing joyidami?-debdi ustoz tilanchi. –Hammomda ham sadaqa so’raydimi? -Qayerda bo’lsa
ham!-debdi boyagi ovoz. Ustoz tilanchining achchig’i chiqibdi. -Qanaqa betamizsan, yalang’och
odamda pul nima qilsin?
Qancha bo’lsa ham! Ustoz tilanchi shogirdining ovozidan tanib qolibdi.
Hoy, badbaxt! Kelib-kelib o’z ustozingniham shilasanmi?
Kimdan bo’lsa ham!-debdi shogird tilanchi...
Albatta, poraxo’r tilanchi emas. Poraxo’r avvaliga o’zini tiyib yuradi. “Insof” bilan oladi. Ammo
bora-bora qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham, kimdan bo’lsa ham olishga o’rganadi. Va...
oxiri hammomga yalang’och kiradi... tag’in kim bilsin... Qarib-churuguncha
umrguzaronlik
qiladiganlari ham oz emas shekilli.
Dostları ilə paylaş: