O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar


Burch  Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar

Burch 
Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi. 
 
Mushuk 
O’zi itdan qochib, daraxtga chiqib oladi-da, tag’in qushlarga dag’dag’a qiladi… qo’rqoq shallaqi 
bo’ladi! 
 
Olim va shoir 
Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan olim chiqadi. Hamma narsaga hayratlanadigan 
odamdan Shoir chiqadi! 
Bozor iqtisodi 
Kecha kolxozda ketmon chopib, biri ikki bo’lmagan dehqon bugun yer olib, bola-chaqasi bilan 
gullatib qo’ysa-yu, qaddini kerib yursa, quvonaman. 
Omadini bersin! Bu – bozor iqtisodi! 
Kecha zavoddan olgan maoshini qay biriga yetkazishini bilmay rangi sarg’ayib yurgan injener 
bugun qo’shma korxona ochsa-yu, nest-nobud bo’lib yotgan mevalardan sharbat olib boyib 
ketsa, yana quvonaman. 
Qandini ursine! Bu-bozor iqtisodi! 
Kecha katalakdek xonaga tiqilib, “eskilik sarqiti” –beshik va sandiq yasagani uchun nalugchidan 
baloga qolib yurgan hunarmand bugun kattakon sex ochsa-yu, rohatini ko’rsa, tag’in bir bor 
quvonaman. 
Baraka topsin! Bu bozor iqtisodi! 
Kecha alifni kaltak deyolmay o’qituvchisidan dakki eshitgan va oxir-oqibat “xudosizlar 
jamiyati”da qo’nim topgan notavon bola bugun “biznesmen”bo’lsa-yu, xususiy samolyot sotib 
olsa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi. 
Kecha buyuk ixtirolar qilgan olimning iste’dodli shogirdi bugun ilmini tashlab
tadbirkorga aylansa-yu, papkasiga “delavoy shartnoma” solib, zipillab yursa, hayron 
qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi! 
Kecha yurak qoni bilan doston yozgan shoir bugun o’sha dostoniga qalam haqi olsa-yu, puli 
mashinka haqiga yetmasa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi! 
Kecha unvon olish uchun yugura-yugura betob bo’lib qolgan chalasavod “hofiz” bugun “otarma-
otar” yursa-yu, “Yaguar” mashinasida kataysa qilsa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi! 
Kecha bitta rostga bitta yolg’on qo’shmasakuni o’tmagan eshak bozorining daloli bugun 
“zamonaviy broker”ga aylansa-yu, uch qavatli “dacha” solsa, hayron qolmayman, bu ham bozor 
iqtisodi! 
Ammo kecha alifni kaltak deyolmagan ateist bugun ming kishini to’plab “amri-ma’ruf” qilsa-yu, 
unga dashnom bergan o’qituvchisi choy tashib yursa, hayratlanmay iloj yo’q! 
O’sha o’qituvchi ertasiga maktabni tashlasa-yu, “Ippadrom”ga chiqib sigaret sotsa, 
hayratlanmay ilojim yo’q! 


Kecha buyuk ixtirolar qilgan olim, bugun eng yaxshi shogirdidan ayrilgani uchun 
ma’yuslanib bekatda tursa-yu, “kontrakt” bilan o’qishga kirgan birinchi kurs talabasi 
“inomarka”sida unga loy sachratib o’tsa, hayratlanmay ilojim yo’q. 
Olim shu ahvolda tramvayga chiqishdan iymanib, uyiga piyoda ketsa, hayratlanmay ilojim yo’q! 
Kecha eshak bozorida dalllollik qilgan “zamonaviy broker” bugun uch qavatli dachasini “yuvsa-
yu”, chalasavod “hofiz” bir soat “hangragani” uchun boshidan dasta-dasta “ko’ki” dan 
sochsalar… 
Davraning bir burchida o’tirgan shoir yurak qoni bilan yozgan g’azallari tuproqqa 
qorishganidan ko’ngli o’ksib izdihomdan bosh egib chiqib ketsa, hayratlanmay ilojim yo’q! 
O’sha davraning yana bir burchida xuddi shu “hofiz”ni bir tiyin ta’masiz davolagan do’xtir ham 
o’tirgan bo’lsa-yu, “otarchi” unga ko’zi tushib “iya, sizam shu yerdamisiz, doxtir?” deb piching 
qilsa… 
Do’xtir esa, “ertadan boshlab o’likdan kafanlik tilaganim bo’lsin!” deb qasam ichsa… 
Hayratlanmay ilojim yo’q! 
Bunaqa bozorga o’t tushib, alangasi osmonga chiqsin!! 
Paxtakor 
Ko’ngli-paxtasidek oppoq. Fe’li-paxtasidek yumshoq. Mehri- paxtasidek qaynoq… faqat bitta 
aybi bor: “paxta qo’yish”ni bilmaydi. 

Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin