O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar

 
Qismat 
Inson hayoti shatranj taxtasidagi piyodaning yurishiga o’xshaydi. Goh oq katakdan o’tadi, goh 
qora katakdan… farqi shuki, birovning qismatida oq kataklar ko’proq bo’ladi, birovnikida- qora 
kataklar… 
Oftob 
Yaxshiyamki Xudo oftobni bag’rikeng qilib yaratgan. Bo’lmasa yer yuzidagi odamlarning 
illatlarini har kuni ko’raverib, allaqachon so’nib qolgan bo’larmidi… 
 
Orol va qit’a 
Insoniyat orol emas, qit’a bo’lib yashashni o’rgansa, ko’p balolarning oldi olingan bo’lardi. 


 
Baho 
Odam bolasi elektr simi emaski, birini musbat, birini manfiy desang… 
 
Hayot falsafasi 
Munkillab qolgan ammam bo’lardi. O’ta xudojo’y kampir edi. Bolaligimda oldiga o’tkazib 
qo’yib, bir gapni ko’p aytardi. 
- U quloq, bu qulog’ing bilan ham eshitib ol, bolam. Odamning u yelkasida ham, bu yelkasida 
ham bittadan farishta o’tiradi. O’ng yelkangdagi farishta umr bo’yi qilgan savob ishlaringni
chap yelkangdagisi gunohlaringni hisoblab boradi. U dunyoga borganingda hisob-kitob qilib 
ko’rishadi. Savobing ortiq bo’lsa, jannatga, gunohing ortiq bo’lsa, do’zaxga tushasan… 
Savodsiz kampirning sodda falsafasida qanchalik chuqur ma’no borligini endi 
tushunyapman. 
 
Mo’tabar zot 
Ayol kishiga avvalo Ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi. 
 
Tosh va qum 
Toshni maydalab, qumga aylantirish uchun bir daqiqa kifoya. Ammo qumning toshga aylanishi 
uchun ming yil kamlik qiladi. Do’stlik ham shunga o’xshaydi. 
 
Bosh aybdor 
Turmush sinovlariga biz-kattalar dosh berolmasak, bolada nima gunoh? Nega bizning aybimiz 
uchun go’daklar yetim qolib, aziyat chekishi kerak? 
 
Donishmand 
Nar lochin yemish topib kelarkan. Moda lochin o’ljani polaponlariga bo’lashib berarkan. Biron 
falokat bo’lib, moda lochin o’lib qolsa, nar lochin har qancha yemish topib keltirmasin, baribir, 
polaponlar ochidan nobud bo’lar ekan. Negaki, nar lochin o’ljani bolalariga burdalab berishni 
eplolmas ekan… Tabiat naqadar beshafqat, tabiat naqadar dono! 

Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin