O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar

 
To’la va chala 
Yarim haqiqat chin bilan yolg’onning o’rtasida turadi, degan odam yanglishadi. Yarim haqiqat 
hamisha chindan ko’ra yolg’onga yaqinroq turadi. 
 
Zulm 
Odamlarni qo’rqib yashashga majbur qiladigan jamiyat- eng omonat jamiyatdir. 
Munofiq 
Onasini behurmat qilgan odam qo’shni kampirni yaxshi ko’raman desa, ishonmayman. O’z 
xalqining 
tilini, 
madaniyatini, 
tarixini 
hurmat 
qilmagan 
odamboshqa 
xalqlarningtilini,madaniyatini, tarixini hurmat qilaman, desa ishonmayman. 
 
“O’zbek ishi” 
Osmon baravar plan berdilar. 
-Bajarasan!-dedilar. 
-Bajarolmayman,-dedi. 
-Bajarasan!!- dedilar. 
- Bajarmayman!!-dedi. 
-Qamalasan!!!-dedilar. 
Bajardi… Bola-chaqasi ko’p edi… 
Orden berdilar... Planni oshirib bajargani uchun... 


Keyin… qamadilar… Qo’shib yozgani uchun… Bola-chaqasi ko’p edi… 
 
Nigilist 
Millatchilik juda xavfli illat. Milliy nigilizm esa undan ham xatarli. Millatchi qo’shnisini yomon 
ko’radi. Milliy nigilist esa o’zini ham yomon ko’radi! 
 
Ona tili 
Qancha ko’p tilni bilsangiz, shuncha yaxshi. Biroq odam ona tilida tafakkur qiladi,ona tilida tush 
ko’radi, ona tilida yig’laydi... o’lim oldida onasini ona tilida yo’qlaydi... 
 
O’jar 
Haqiqatni mayib qilish mumkin, ammo o’ldirib bo’lmaydi! 
 
Ozchilik va ko’pchilik 
“Ozchilik ko’pchilikka bo’sunadi!” yoqimli shior! Ommabop shior! Faqat… xudo haqqi, bir 
narsani hech tushunolmayman: dunyoda donolardan ko’ra nodonlar, iste’dodlilardan ko’ra 
iqtidorsizlar hamisha ko’proq bo’lgan. Demak… Uzr… uyog’iga aqlim yetmay qoldi… 
Afsona 
Qadimiy turkiy afsona bor. Emishki, Olloh Arshi a’lodan Yerga tushibdi. Qarasa, kimsasiz 
orolda bir tola tuk yotgan emish. “Mayli,-debdi karami keng Xudo.-Shunga ham jon ato eta 
qolay”. O’sha zahoti jonsiz tuk odam qiyofasiga kiribdi. Odam bunday qarasa, 
Ollohning qudrati beqiyos emish: xohlasa jonlini bejon qiladi, xohlasa bejonga jon ato etadi. 
Odam o’ylab qopti. Nega Xudo xohlagan ishini qilishga qodir-u, men qilolmayman? 
Nimam kam undan?! 
Shunday qilib, Odamning ko’nglida hasad degan qora niyat paydo bo’libdi. 
Ollohning qahri kelib, farmon qilibdi: 
“Odamzot mengaki hasad qildimi, bir-biriga omonlik bermaydi. Hasadgo’y do’zaxga kunda 
bo’lsin!” 
O’sha-o’sha do’zax lang’illab yonarmish.

Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin