Bir oyog’i charchagandir-da. Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bo’ynini cho’zib tumshug’ini
osmonga qaratib silkitar, shunda “tarak-tarak” degan ovoz eshitilardi. Bola tag’in to’xtab qoldi.
- Nima o’zi u, oyi?
Uning ko’zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turardi. Mingta yumushi bor edi.
Hali shaharga qaytishi kerak.
-
Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb ohista egilib, o’g’lining yuzidan o’pdi. –
senga salom
beryapti-da.
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. ... Oradan o’ttiz besh yil o’tdi. Bola yigit bo’ldi. Ona keksayib
qoldi. Oyog’idan mador, ko’zidan nur ketdi.
Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o’sha qishloqqa borib qoldilar. Yigit qaddini g’oz tutib
tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini, og’ir-og’ir ko’tarib bosgancha harsillab kelardi.
Guzardagi yarmini yashin uchirib ketgan chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinorning
tarvaqaylab o’sgan shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’i,
tumshug’i uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab qo’ydi-yu qadamini tezlatdi.
Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan ko’zlarini chinorga, chinor
shoxida qorayib turgan
uyaga tikdi. Shoxda osilib turgan narsa ko’ziga g’alati ko’rindi.
- Anavi nima, o’g’lim? – dedi to’xtab.
-Laylak, oyi, laylak!
Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to’rt qadam yurib yana to’xtab qoldi. Savatdek narsa ichida bir nima
oqarib ko’rinyapti. Qiziq...
- Nima, o’g’lim? – dedi ko’zlarini pirpiratib. O’gil taqqa to’xtadi. G’ashi keldi. O’zi shoshib
turibdi: mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma bo’lib qolarkan-da! -Laylak! –dedi
jerkib. –Laylak deyapman-ku, karmisiz!
Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi. Nachora,
yigit yosh, yigit navqiron. Uning
yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi kerak… Uning yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi
kerak… Uning g’or, go’dak bolalari bor…
Dostları ilə paylaş: