Dushmaningdan qo’rqma, dushmanga aylangan do’stingdan qo’rq. Dushman bilsa bitta ojiz
tomoningni biladi. Dushmanga aylangan do’st esa mingtasini.
* * *
Qo’lingdan kelmaydigan ishga va’da berma.
Qo’lingdan keladigan ishga ham va’da berma.
Qo’lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang, uyatga qolasan.
Qo’lingdan
keladigan ishni esa, va’da bermasdan bajarsa ham bo’laveradi…
* * *
Hech kimga hasad qilma. Hasadgo’y hech nimaga erisholmaydi. Faqat o’zgani ham, o’zini ham
abgor qiladi.
* * *
Obro’ topishning eng to’g’ri yo’li-kamtarlik.
* * *
Yomonlikka yaxshilik bilan javob bersang, bir hissa savob olasan.
Yaxshilikka yomonlik bilan
javob bersang, o’n hissa gunohga botasan. Negaki, bu dunyoda yomonlikka yaxshilik
qiladiganlardan ko’ra yaxshilikka yomonlik qiladiganlar o’n hissa ko’p.
* * *
Deraza-oynadan yasaladi. Ko’zgu ham. Farqi shuki, ko’zgu o’zingni o’zingga ko’rsatadi. Deraza
esa hammasini ko’rib
turadi-yu, o’zini ko’rmaganga soladi… Ko’zguga ko’proq qara!
* * *
Mabodo qachondir mansabdor bo’lib qolsang, bilib qo’y: amal kursisida o’tirganingda kim eng
ko’p tovoningni yalasa, kursidan tushganingda o’sha birinchi bo’lib sendan yuz o’giradi!
* * *
“Oshsiz uy bor, urishsiz uy yo’q” deydilar. Oilangda janjal chiqsa,
eng avval farzandlaringni
o’ylab ish qil!
* * *
Hech kimga yomonlik sog’inma. Hatto dushmaningga yomonlik tilasang bir chekkasi o’zingga
qaytib keladi. Negaki olam bus-butundir.
* * *
Ayol-gul. Erkak-bog’bon. Sen gulni xor qilsang, uni o’zga bog’bon siypalaydi… erkak-bog’bon.
Ayol-gul. Sen bog’bonga tikan sanchsang, u o’zga gulni siypalaydi… ikki o’rtada
sening
mevang yetim qoladi. Xudo shundan asrasin!
* * *
Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor deydilar. To’g’ri gap1 ammo bu dunyoda javob
qilinmaydigan narsalar ham bo’ladi.
Sen birovga yaxshilik qilsang, javobini kutma. Undan qaytmasa, boshqadan qaytadi. Birov senga
yomonlik qilsa javob berma.
Sendan qaytmasa, boshqadan qaytadi!
* * *
Menga yuz marta ozor bersang, kechirishim mumkin.
Onangga bir marta ozor bersang,
kechirmayman: onang senga mendan ko’ra yuz hissa ko’p mehr bergan!
* * *
Noningni yo’qotsang yo’qot, nomingni yoqotma!
Dostları ilə paylaş: