O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar

 
Yo’qchilik va to’qchilik 
Bir narsaga hech tushunmayman: kitob o’qiydiganlarda pul yo’q. Puli ko’plar kitob o’qimaydi. 
Tebranma dunyo 
Mehr-yaxshilik, qahr-yomonlik belgisi, degan gap bor... 
Teskarisi bo’lsa-chi? 
Tasavvur qiling. Bir nomard, begunoh odamni o’ldirdi. Siz mehr ko’rgizib, uni jazodan saqlab 
qoldingiz. U ertasiga boshqa bir begunohni o’ldirdi. Sizning mehringiz yaxshilikka emas
yomonlikka sabab bo’ldi… 
Dunyoda soat kapgiridek tebranib turadigan haqiqatlar ham bo’ladi… 
Ildiz 
Nuqul o’tmishidan noliydigan odam kelajagini barbod qilishi mumkin. O’z ildizini inkor qilgan 
daraxt qurib qoladi. 
O’lchov 
Umr o’lchovi yolg’iz Ollohga, mazmuni esa ko’p jihatdan insonning o’ziga bog’liq. 
 
Bolalik va keksalik 
Bolalikda dunyo keng-u kiyim tor. Keksayganda kiyim keng-u dunyo tor… 
Odob 
Farzandga oson tutmang. Otaning yuziga tik qarolmaydi. Otaga oson tutmang. Farzandiga 
dardini ayta olmaydi. 
Aql yoshda emas 
Yoshligida aqli raso odam keksayib, “annaqaroq” bo’lib qolishi mumkinmi-yo’qmi, unisini 
bilmadim-ku, ammo yoshligida “annaqaroq” odam keksayganda aqli raso bo’ladi, desalar... 
Bilmadimov. 
 
Tiriklar va o’liklar 
Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. Ajdodlaringiz boshida turib o’tganlar ruhini xotirlaysiz... 
Keyin... o’z yumushingiz bilan ketasiz. 


Shoshilmang. Dunyo ishi bitganmas... iloji bo’lsa, qabristonni osoyishta aylaning. Shunda... 
g’alati holat ro’y beradi. Marhumlar sizga ko’-o’-o’p narsalarni aytadi... Ishoning, o’liklar 
tiriklardan ko’ra teranroq fikrlaydi... 
Ne’mat 
Ayollar! Yig’lab ko’nglingizni bo’shatishdek ne’matni ato etgani uchun Yaratganga shukronalar 
qiling! 
 

Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin