Majnuntol va qamish Majnuntolning bosh egib sukut saqlashi donoligi va chayirligidan.
Qamishning g’oz turib shovullashi nodonligi va mo’rtligidan... qiziq, ikkalasi ko’pincha yonma-
yon o’sadi...
Nur va soya Olloh insonni eng mukammal, eng mukarram zot qilib yaratgan. Bas shunday ekan, yomon
odamlar qayoqdan paydo bo’ladi?
Nachora nur bor ekan, soya ham bo’laveradi. Buyog’I o’zingizga bog’liq: xohlang nur bo’ling,
xohlang-soya…
Oy va quyosh Oy quyoshdan nur oladi. Quyosh qancha yorqin porlasa, oy shuncha tiniqlashadi. Erkak qancha
mehr bersa, ayolning husni shuncha ochiladi…
Jinoyat O’z ko’nglidagi mehrni o’ldirish odam o’ldirishdan og’irroq jinoyatdir. Negaki har qanday
razillik bemehrlikdan boshlanadi.
Boy va kambag’al Boy gerdaysa-salobat. Kambag’al ta’zim qilsa-xushomad.
Boy gapirsa-donolik. Kambag’al sukut saqlasa-nodonlik.
Boy “Mersedes” olsa-kamtarlik. Kambag’al velosiped olsa-manmanlik.
Boy jinoyat qilsa-“sho’xlik”. Kambag’al sho’xlik qilsa-jinoyat.
Boy o’lsa-motam. Kambag’al o’lsa-“bandalik”...
Amalparast Echkidek amalga mingan edi, fil ustida o’tirgandek bosar-tusarini bilmay qoldi. Amaldan
tushganida fildan yiqilganidek suyaklari sochilib ketmasa deb qo’rqaman!
Mahalliychilik Mahalliychilik-millatchilikning nikohsiz tug’ilgan bolasi, shovinizmning nikohsiz tug’ilgan
nevarasidir!
Biri kam dunyo Bola tug’dirganlarning hammasi ham Ota bo’lavermaydi. Bola tuqqanlarning hammasi ham Ona
bo’lavermaydi. Bolaning hammasi ham farzand bo’lavermaydi…
Ustoz Ustoz otangdan ulug’, deganlari bejiz emas, Ota hayot beradi. Ustoz esa yashashga o’rgatadi.
Tug’ilish oson, yashash qiyin…
Husn
Yo’lbars boshqa ov topolmasa, daraxtning pastak shoxiga qo’nib turgan tovusni dumidan tutib
yer ekan… Ortiqcha husn boshga bitgan balo bo’ladi, deganlari shu bo’lsa kerak…