ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 3
652
Ta’lim innovatsiyasi deyilganda avvalo mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiyalardan
foydalanish nazarda tutiladi. Texnologik yondashuv asta-sekin
takomillashib innovatsion
xarakterga ega bo‘ldi. Masalan, maktabgacha ta’lim tizimida an’anaviy yo‘nalishdagi
mashg‘ulotlar sistemasiga e’tibor berilganda, bu faoliyatda tarbiyachi obyekt bola subyekt rolini
o‘ynagan edi. Ya’ni, bola faqatgina tinglovchi, tarbiyachi notiq sifatida gavdalangandi. Ammo
barcha tajribalar ta’lim berishdagi bunday harakatlar samarali bo‘la ololmasligini tasdiqladi.
Natijada ta’limni samaraliligini belgilay oladigan yondashishlarni yuzaga keltirish zarurati
tug‘ildi. Shuning uchun texnologik nazariyaning vujudga kelishi uchun turtki bo‘ldi. Har qanday
yangilik ehtiyoj natijasida yuzaga keladi. Ehtiyoj qanchalik yuqori bo‘lsa, uning samaradorlik
darajasi ham ko‘tarilaveradi.
Ta’lim innovatsiyalari deyilganda, ko‘z oldimizda albatta yangi pedagogik texnologiyalar
gavdalanadi. Pedagog ta’lim jarayonini innovatsiyalashda texnologiyalarni qo‘llashni
nazarda
tutadi. Innovatsiya yangilik kiritish bo‘lsa, texnologiya – mahorat, san’at sifatida gavdalanib,
innovatsion texnologiyalar yuzaga keladi. Demak, tarbiyachining innovatsion faoliyati, bu uning
pedagogik mahorati belgisidir. Mahorat qanchalik yuksalishda bo‘lsa, novatorlikka aylanib
boradi. Innovatsion texnologiyalardan foydalana olish uchun
tarbiyachi-pedagog quyidagi
bilimlarni o‘zida mujassamlantirishi lozim:
- AKT bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi;
- Yangi pedagogik texnologiyalar bo‘yicha xorijiy tajribalardan boxabar bo‘lishi;
- Ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar yoshiga mos keladigan didaktik
o‘yinlar, interfaol usullarni tanlay bilish qobilyati;
- Ilg‘or pedagogik yangilanayotgan g‘oyalar
bilan tanishib borish;
- Bilimlarning ko‘nikma va malakaga aylantirish asosida o‘z kasbiy pozitsiyasini
shakllantirib borish;
- Ta’limiy faoliyatlarda harakatli o‘yinlardan foydalana olish;
- Turli yo‘nalishdagi bilimlarni integratsiyalashgan holda amaliyotda o‘rgatishga erishish.
“Faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya’ni
tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish
bosqichlarida amalga oshiriladi.” – degan edi mashhur pedagog A.Nikolskaya.[6] Innovatsion
texnologiyalardan asosiy maqsad tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida do‘stona
muhitni
yaratish, bolalarni yangiliklarga qiziqtirish; o‘rganilgan bilimlarni ijtimoiy sharoitlarda qo‘llay
olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish, AKT va didaktik materiallarni mavzu bilan uyg‘unlashtira olish,
ta’limiy faoliyatga nisbatan munosabatni o‘zgartira olish kabilarni aytish mumkin.
Innovatsion texnologiyalarning turlari quyidagicha tasniflangan:
• bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim;
• rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari;
• o‘yinli ta’lim
texnologiyasi;
• loyihaviy ta’lim texnologiyasi;
• muammoli ta’lim texnologiyasi;
• axborot va aloqa vositalaridan foydalanish.[7]
Innovatsion texnologiyalarning har bir turi tarbiyalanuvchilarda
faqatgina yangi bilim
hosil qilishga xizmat qilibgina qolmasdan, balki ularda har tomonlama rivojlanish
mexanizmlarini tarkib toptirishda xizmat qila oladi. Ma’naviy savodxonligi sust bo‘lgan
inson
hayot davomida uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar oldida esankirab qolishi mumkin.