ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL
SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 3
651
• bolaning maksimal erkinligi, rivojlanish va ta’lim taraqqiyoti va imkoniyatlarini
tanlash;
• individual trening dasturini yaratish;
• o‘qituvchining minimal aralashuvi va o‘quv natijalari bo‘yicha an’anaviy avtoritar
nazoratning yo‘qligi.[4]
Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘rgazmali tasavvur orqali anglash davrida bo‘lganligi
bois, barcha yangi bilimlar ko‘rgazmalilikka asoslanadi. Bu yoshdagi bolalar bilan innovatsion
pedagogik texnologiyalar sifatida interfaol metodlardan tarbiyachilar unumli foydalanadilar.
Chunki mazkur metodlardan foydalanish orqali har bir bola o‘zining
individual qobilyatlarini
namoyon eta oladi; mantiqiy o‘yinlar o‘ynash bolaning aqliy rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi; atrof-muhit hodisalari haqida aniq tasavvurlar shakllanishiga yordam beradi; bolani
ham ruhan, ham jismonan rivojlantirishda xizmat qiladi; bolalarni o‘z oldiga maqsad qo‘yib, uni
amalga oshirishga o‘rgatadi; qiyin vaziyatlar tu’g’ilganda musta’qil ravishda muammoga yechim
topishga o‘rgatadi. Shu bilan birgalikda bolalarning nutqini ravon bo‘lishida, o‘z
fikrini erkin
bayon eta olish ko‘nikmasini shakllantirish imkoni yaratiladi.
Interfaol metodlar mazmuniga ko‘ra bolalar faol o‘zaro ta’sir qilish sharoitida
o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Birgalikdagi faoliyatdan zavq oluvchi bolalar uchun
bunday usullar yangi bilimlarni egallashda qiziqarli va tassurotga boy bo‘lishini ta’milaydi.
Faqatgina tarbiyachi ushbu usullarni bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari va yosh jihatlariga
moslashtirgan holda foydalanishi lozim. Bolalarning rivojlanishiga qo‘yilgan “Davlat talablari”
va “Ilk qadam” davlat dasturida bolaning umumiy va rivojlanish
sohasi kompetensiyalarining
muhim yo‘nalishlari belgilab berilgan. Unga ko‘ra maktabgacha 6-7 yoshdagi bolaning umumiy
kompetensiyalari sifatida quyidagilar ajratib ko‘rsatildi:
➢
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish
ko‘nikmasi.
➢
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va
ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
➢
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan axloq-odob
normalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
➢
Bilish kompetensiyasi – atrof-muhitni ongli ravishda idrok qila olish va bilim, ko‘nikma,
malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilishda foydalanish.[5]
Innovatsion pedagogik texnologiyalarni bolalar ta’limiy jarayonida qo‘llashda avvalo
yuqoridagi bola kompetensiyalarini shakllantirishning qay birida
maqbulligini aniqlash hamda
ustuvor jihatlarini hisobga olish kerak. Masalan, mantiqiy o‘yinlar va tajribalar ustida ishlash
bolaning bilish jarayonida xizmat qilsa, so‘z o‘yinlari kommunikativlikni oshiradi. Shu bois
usullarni saralash va muvofiqlashtirish asosida olib borish zarur.
Hozirgi davrdagi inqilobiy
hodisalarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ijtimoiy munosabatlardagi nomutanosibliklar global
muammolardek jamiyat ravnaqiga aks ta’sir etmoqda. Agarda erta yosh davridan bolalarda
ijtimoiy hayot qadriyatlari shakllantirib borilsa, kelajakda sog‘lom hayot tarzini yaratishda zamin
bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: