2022 № 3 650
o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. O‘yin ijtimoiy tajribalarni
o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda
shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. [2]
ADABIYOTLAR SHARHI Zamonaviy ta’limga xos muhim sifatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion
xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog
faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan
boshlab jiddiy o‘rganila boshlangan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross,
R.Karlson,
M.Mayz,
A.Xeyvlok,
D.Chen,
R.Edem,
F.N.Gonobolin,
S.M.Godnin,
V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar
tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion
yondashish, innovatsion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy
mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabardor bo‘lish orqali
pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmuni
yoritilgan.[3]
Innovatsion faoliyatning umumiy jihatlarini K.Angelovskiy, G.I.Gorskaya, V.A.Kan-
Kalik, S.I.Kuzmina, V.A.Slastyonin, L.M.Fridman kabi olimlar o‘zlarining ilmiy tadqiqot
ishlarida yoritib berdilar. I.Shumpatter va N.Kondratevlar esa innovatsiya tushunchasining ilk va
ulkan nazariyotchilari hisoblanadilar. K.Angelovskiy, V.A.Slastyonin va V.I.Slobotchikovlar o‘z
ilmiy tadqiqotlarida innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatning alohida shakli ekanligini
isbotlashga harakat qildilar.
R.N.Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan ko‘rib chiqqan bo‘lsa,
rossiyalik olimlar A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, N.P.Stepanov va boshqalar
innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini o‘rganishga e’tiborlarini qaratdilar.
Mamlakatimizda pedagogik innovatsiyalarni rivojlantirish muammolari ustida ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ularga pedagog olimlardan N.Azizxodjayeva, B.Farbemon,
N.Sayidahmedov, K.Zaripov, M.Ochilov, O‘.Tolipov, M.Usmonboyeva, M.Jumaniyozova va
boshqalarni keltirish mumkin.