B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi 
sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham asta ko‘tarilib, ssuda foizi o‘sa boshlaydi. 
Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi 
jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. yangi 
sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. 
Yuksalish 
fazasida ishchi 
kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi 
ishsizlikning birmuncha kamayishiga, hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, 
buning oqibatida iste‘mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard 
talabning oshishi, o‘z navbatida, iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, 
bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish 
oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaktsiya 
tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi. 
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha 
keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi. 
Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, 
yuqorida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo‘lib, 
ularni quyidagi 3.1-chizma orqali ifodalash mumkin. 
3.1-chizma. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi 
Hozirgi zamon iqtisod fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi 
ta‘kidlanadi. Quyidagi 3.1-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan 
olingan eng asosiy turlari ifodalangan. 
3.1 jadval.
Sikllarning asosiy turlari
 
Sikllarning asosiy turlari 
Sikl turlari 
Siklning davomiyligi 
Asosiy xususiyatlari 
Kitchin sikli 
2-4 yil 
Zahiralar miqdori –YaMM, 
inflyatsiya,bandlikning tebranishi,tijorat 
sikllari 
Juglar sikli 
7-12 yil 
Investitsion sikl- YaMM, inflyatsiya va 
bandlikning tebranishi 


30 
Kuznets sikli 
16-25 yil 
Daromad- immigratsiya- uy-joy qurilishi- 
yalpi talab- daromad 
Kondrat‘ev sikli 
40-60 yil 
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar 
Forrester sikli 
200 yil 
Energiya va materiallar 
Toffler sikli 
1000-2000 yil 
Sivilizatsiyalarning rivojlanishi 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin