40
4.5-chizma.
O‟zbekistonda
mulkni
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
Natijada, 1997 yilda savdo-sotik hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi
mahsulotining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri
keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir
milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i
fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. Davlat ijtimoiy dasturida belgilab
berilgan
ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab
o‘rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi,
hamda ularning
aktsiyalari respublika qimmatbaho qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat
mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes
korxonalari qizg‘in tashkil qilindi.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va
xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarini
vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida, hamda kim oshdi savdosida sotish
amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi
muassasalari barpo etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan
samara ikki yoqlama tavsifga ega.
Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan
mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi
tomondan, yangi mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu
yerda shuni ta‘kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning
davlatga qarashli
bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida
yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil
41
kooperativlar, shirkatlar, mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi
kichik
va o‘rta korxonalarni tashkil qilish -ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning
uchinchi bosqichiga o‘tdi. Bu bosqich davrida
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob‘ektlar ro‘yxatiga
kirmagan barcha
ob‘ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.Xususiylashtirish
jarayonlarining
to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning asosiy vazifalari
sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni yo‘naltirish,
xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv
samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to‘laqonli amal
qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.
O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish
jarayonlarining hozirgi -
beshinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy
sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Farmoni bilan bog‘liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolga yo‘naltirilgan.
Iqtisodiy
nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashgirish
jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va
barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish
maqsadida xususiylashtirilgan ob‘ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi
joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining
boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borishi,
hamda davlat, iqtisodiy
nochor korxonalarni va past likvidli ob‘ektlarni nol darajadagi xarid qiymati
bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan
investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi .
Dostları ilə paylaş: