B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


ko‟ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish  mumkin.Davriy inqirozlar



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

ko‟ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish 
mumkin.Davriy inqirozlar ma‘lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi. Oraliq 
inqirozlar to‘liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida 
to‘xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo‘lmay, qisqa muddat davom etadi. 
Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, 
tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga tushishi 
mumkin. 
3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‟ra inqirozlar 
ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga 
bo‘linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan 
ne‘matlarni ko‘p ishlab chiqarish, lekin ularni to‘la sota olmaslikda namoyon 
bo‘ladi. Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, 
yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning 
tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab 
chiqarish ham sabab bo‘ladi. 
Nazorat uchun savollar 
1. Demokratiya va saylov huquqining ahamiyatini tushuntiring. 
2. Valyuta siyosati turlarini tavsiflang. 
3. Iqtisodiy tsikl fazalari va ularning kelib chiqish sabablari bo‘yicha 
evolyutsion tahlil o‘tkazing. 
 
4-BOB: DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH VA BOSHQARISH 
IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH VOSITASI 
 
 
4.1. Iqtisodiy siyosatda davlat mulkining o‘rni va ahamiyati. 
4.2. Iqtisodiyotda davlat va xususiy sektorlarning o‘zaro aloqadorligi hamda ta‘siri. 
4.3. Davlatning mulkchilik munosabatlarini tartibga solish siyosati 
Tayanch iboralar: mulkchilik munosabatlari, davlat va xususiy sector, 
barqaror makroiqtisodiy siyosat, byudjet xarajatlari, soliq turlari 
4.1. Iqtisodiy siyosatda davlat mulkining o‟rni va ahamiyati. 
Ma‘lumki,iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili 
hisoblanadi. Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e‘tibor berilib, 
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish uchinchi ustuvor yo‘nalish etib 


35 
belgilandi. Jumladan,makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va 
yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini saqlab qolish dolzarb masala hisoblanadi.
Tarkibiy o‗zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarilayot-
gan milliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, jahon bozorida mavqei 
va salmog‗ini oshirish choralarini ko‗rishni ilgarisuradi.
Jumladan, qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish va uni yaqqolroq 
tushunish mumkin.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin