B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

Kitchin sikli zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 
y.) o‘zining e‘tiborini tovar zahiralarining harakat chog‘idagi Moliyaviy hisoblar 
va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa 
to‘lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa u siklning davomiyligini jahondagi 
oltin zahiralarining tebranishlari bilan bog‘lab, Uni 3 yilu 4 oyga teng, deb 
hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda 
ko‘pchilik iqtisodchilarni qoniqtirmaydi. 
Juglar sikli «biznes-sikl», «sanoat sikli», «o‘rtacha sikl» va «katta sikl» 
kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni 
ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Frantsiya, Angliya va AQShda foiz 
stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining 
tabiatini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi 
bilan ataladi. 
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi 
tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda 
kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQShga ham 
tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSH va qator Yevropa davlatlarida boshlangan 
inqiroz, tub mohiyatiga ko‘ra birinchi jaxon sanoat inqirozi bo‘lgan. 
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda 
uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham oz davrgacha qisqargan. 
AQSH va Yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini 
boshdan kechirgan bo‘lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro‘y 
bergan. 
Kuznets sikli ko‘p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha 
bo‘lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o‘zining «Milliy 
daromad» (1946 y.) nomli kitobida, milliy daromad, iste‘molchilik sarflari, ishlab 
chiqarish maqsadidagi uskunalar, hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar 
ko‘rsatkichlarida 20 yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini aniqlaydi. 
1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat 
siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin