Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
3.3. Hukumat va iqtisodiy-siyosiy tsiklning o‟rni. Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy
beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib
turadi. Vaqti-vaqti bilan ob‘ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta‘siri
ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘lishi va ularning
iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi holati
iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan
boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga
qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi.Iqtisodiyotning rivojlanishidagi
harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat
sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim omili,
makroiqtisodiy muvozanat elementlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy
qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va
tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy
rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‟unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib
ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga
o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning
pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin turg‟unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom
etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta‘minlansada, u inqiroz
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi
to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq
ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy
29
faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.