38
uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab
chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari,
kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga
kelishi mumkin.Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk
paydo bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan ob‘ektning turli
mulkdorlar ishtirokida
o‘zlashtirilishini bildiradi .
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan
iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli
respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni
«...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi
bo‘lib xizmat qiladi» deb alohida ta‘kidlab ko‘rsatadi. Uzoq yillar mobaynida
respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan,
aslida esa
davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda
umumxalq mulki, deb hisoblangan mulk sub‘ekti sifatida davlatning chiqishi
jamiyat a‘zolari o‘rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning
mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning
ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida haralib, «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 yil 19
noyabr) quyidagicha ta‘rif beriladi:Davlat tasarrufidan
chiqarish - davlat
korxonalarini
va
tashkilotlarini
jamoa,
ijara
korxonalariga,
aktsiyadorlik jamiyatlarga, mas‘uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli
mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik
shaxslarning davlat mulki ob‘ektlarini yoki davlat aktsiyadorlik jamiyatlarining
aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir
.Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha.
Xususiylashtirish
- davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga
o‘tishidir.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari,
bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham
ko‘zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini
hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib,
uni jamoa mulkiga
aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo‘yicha
fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish;
39
ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga
berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirish aloqa va axborotlashtirish sohasida ham muvaffaqiyatli
amalga oshirilmoqda va hozirgi kunda yirik sarmoyaga ega bo‘lgan ―
O‘zbektelekom AK‖ bilan birga ―O‘zbekiston pochtasi OAJ‖, ―Matbuot
tarqatuvchi hissadorlik jamiyatlari‖ hamda ko‘plab tadbirkorlar bu sohada faoliyat
yuritmoqda.O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq
mulkchilikning xamma shakllari teng huquqli ekanligi qonuniy tarzda e‘tirof etildi
va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish
hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Avvalo
mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy me‘yorlar va
amal kilish mexanizmlari yaratildi.Iqtisodiyotning ko‘p ukladliligi raqobatni
taraqqiy topishiga olib keladi va iste‘mol narxlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bu
borada davlatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosat va islohotlar
bozor
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ro‘y bergan yetishmovchiliklarni ijobiy bartaraf
etmoqda va iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishga xizmat qilmoqda.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga
ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 2)
davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish
hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish (4.4-chizma).
Dostları ilə paylaş: