5 – laboratoriya ishi maxsus dasturiy vositalardan foydalanish Matlab-Simulink dasturiy paketi vositasida asinxron elektr motorini modellash



Yüklə 437,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix17.02.2023
ölçüsü437,35 Kb.
#84748
1   2   3
5-lab

SimPowerSystems 
kutubxonasida 
MachinesMeasurement Demux bloki mavjud. Asinxron motorning modeli elektr 
va mexanik qismlardan iborat. Elektr qismi to’rtinchi tartibli va mexanik qismi 
ikkinchi tartibli xolatlar fazosining modelidan iborat. Hamma elektr o’zgaruvchilar 
va motorning parametrlari motorning stator tomoniga keltirilgan. Motor elektr 
qismining boshlang’ich tenglamalari ikki fazali (dq-o’qlar) koordinatalar sistemasi 
uchun yozilgan. Motorning almashtirish sxemasi 5.1-rasmda keltirilgan. 
 
5.2-rasm. Asinxron motorning almashtirish sxemasi 
Asinxron 
motori 
modelining 
Simulink 
prototipi 
bilan 
:toolbox\powersys\powersys papkasidagi powerlib_models.mdl kutubxonasini 
ochib tanishish mumkin.
Parametrlarini o’rnatish oynasi


5.3-rasm. Blok parametrlarini sozlash 
Blokning parametrlari
Rotor type: 
[Rotorning turi]. Parametrning qiymati quyidagi ro’yxatdan tanlanadi: 
· Squirrel-Cage –qisqa tutashtirilgan rotor; 
· Wound – fazali rotor; 
Reference frame: 
[Koordinatalar sistemasi]. Parametrning qiymati quyidagi ro’yxatdan 
tanlanadi: 
· Rotor – rotorga nisbatan siljimaydigan; 
· Stationary - statorga nisbatan siljimaydigan; 
· Synchronous – maydon bilan birga aylanadigan. 
Nom. power, L-L volt. and frequency[Pn(VA), Un(V), fn(Hz)]: 
[Nominal quvvat Pn (VA), ta’sir etuvchi liniya kuchlanishi Un (V) va nominal 
chastota fn (Gs)]. 
Stator [Rs(Ohm) Lls(H)]: 
[Statorning qarshiligi Rs (Om) va induktivligi Ls (Gn)]. 


Rotor [Rr(Ohm) Llr’(H)]: 
[Rotorning qarshiligi Rs (Om) va induktivligi Ls (Gn)]. 
Mutual inductance Lm(H): 
[O’zaro induktivlik (Gn)]. 
Inertia, friction factor and pairs ofpoles [J(kg*m^2) F(N*m*s) p]: 
[Inersiya momenti J (kg*m^2), ishqalanish koeffitsienti F(N*m*s) va qutb 
juftliklari soni p].
Initial conditions [ s th(deg)isa,isb,isc(A) phA,phB,phC(deg)]: 
[Boshlang’ich shartlar]. Parametr har bir elementi quyidagi qiymatlarga ega 
bo’lgan vektor ko’rinishida beriladi: 
s – sirpanish; 
th - faza (grad.); 
isa, isb, isc – stator tokining boshlang’ich qiymatlari (A); 
phA, phB, phC - stator tokining boshlang’ich fazalari (grad.)]. 
Mashinaning boshlang’ich shartlari Powergui bloki yordamida hisoblanishi 
mumkin. 
Asinxron motor parametrlarini hisoblash uchun boshlang’ich ma’lumotlar 
quyidagilardir: 
H
P
- nominal quvvat [Vt]; 
H
U
- nominal liniya kuchlanishi [V]; 
1
f
- tarmoqning chastotasi [Gs]; 
H
n
- valning nominal aylanish tezligi [ayl/s] ; 
p – qutb juftliklarining soni; 

- foydali ish koeffitsienti [n.b.]; 

cos
- quvvat koeffitsienti [n.b.] ; 
I
H
- statorning nominal toki [A]; 
I
k
- yurgizish tokining karraliligi [n.b.]; 
П
m
- yurgizish momentining karraliligi [n.b.]; 
max
m
- maksimal momentning karraliligi [n.b.]; 
J - inersiya momenti [kg*m^2]. 
Asinxron motorning parametrlarini quyidagi ifodalarga asosan hisoblash 
mumkin: 
- nominal faza kuchlanishi[V]; 
- magnit maydonining aylanish tezligi (sinxron tezlik) [ayl/s]; 
- nominal sirpanish [n.b.]; 
- kritik sirpanish [n.b.]; 
- magnit maydonining aylanish tezligi (sinxron tezlik) [
]; 
- val aylanishining nominal burchak tezligi [
]; 


 - nominal moment [Nm]; 
- maksimal moment [Nm]; 
- yurgizish momenti [Nm]; 
- mexanik isroflar [Vt]; 
- keltirish koeffitsienti (katta quvvatli mashinalar uchun kichik 
qiymatlar olinadi); 
- rotorning keltirilgan aktiv qarshiligi [Om]; 
- statorning aktiv qarshiligi[Om]; 
- stator va rotorning keltirilgan sochilish induktivligi 
[Gn]; 
- statorning induktivligi [Gn]; 
- magnitlash zanjirining induktivligi [Gn] . 
Hisoblashlar tugagandan keyin keltirish koeffitsienti aniqlanadi 
va u avval qabul qilingan S koeffitsient bilan taqqoslanadi. Farq katta bo’lsa 
hisoblashlar qaytariladi. 
Misol: 
Asinxron motorni to’g’ridan to’g’ri ishga tushirish va keyin unga yuklama 
berish sxemasi 5.2-rasmda ko’rsatilgan. Bundan tashqari rasmda valning burchak 
tezligi va motor elektromagnit momentining grafiklari ham keltirilgan. 



Yüklə 437,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin