kamaytirishga muvaffaq bo‘lsalar, bu holda egri chiziq Sx holatidan S2 holatiga siljiydi. Natijada, ish haqininng stavkasi W, dan W2 ga ortadi, bir yo ‘la ish bilan bandlik Ц dan L2 gacha kamayadi. 3. Kasaba uyushmalari tomonidan ish haqiga bevosita ta ’sir ко ‘rsatish modeli (3.15-rasm). Ushbu model hozirda eng ko‘p ommalashgan bo‘lib, kasaba uyushmalari yollanma xodimlar ish haqini oshirish uchun ish beruvchilarga bevosita bosim o ‘tkazadilar. Odatda, bu jarayon yirik 3.15-rasm. Kasaba uyushmalar tomonidan ish haqiga bevosita ta’sir ko'rsatish modeli 119
Ill bob. Mehnat bozori: mohiyati, shakllanishi va rivojlanishi kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ular ish tashlash tahdidi ostida ish beruvchilar tomonidan ish haqi stavkasini oshirilishiga muvaffaq bo‘ladilar. Rasmda aks ettirilganidek, raqobatli mehnat bozori sharoitlarida mutanosib ish haqi stavkasi Wo ni tashkil etishi mumkin. Biroq tarmoq kasaba uyushmalari ish tashlash tahdidi bilan ish haqini WTU dan kam bo‘lmagan darajada boiishini talab qiladi. Natijada, SL mehnat taklifi WTUCSL siniq egri chizig‘iga aylanadi (u yo ‘g ‘on chiziq bilan ko'rsatilgan). Korxona o ‘zining ish kuchiga talab egri chizig‘i bilan ish haqi stavkasining WO dan WTU ga ortishiga ish bilan band xodimlar sonini LO dan LTU gacha qisqartirish bilan javob qaytaradi. Yuqorida keltirilgan uchinchi modelda (ikkinchi modelda ham) ish haqi aholining ish bilan bandligini qisqartirish hisobiga erishilishi anglashiladi.