Adabiy til va shevalar munosabati


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 455,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix27.02.2023
ölçüsü455,04 Kb.
#85786
1   2   3   4   5   6
118-123

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–18_Issue-1_December_2022 
120 
— Polshada silez tili, ukrainlarda rusin tili, Latviyada latgal tili shevami, alohida 
tilmi — siyosiy bahslarga sabab bo‘ladi; 
— italyan tili, kurd tili, aslida, bir-biridan uzoq ko‘plab tillardan tashkil topgan 
birlashmalardir; 
— rumin va moldavan tillari bir-biridan farq qilmaydi, lekin alohida tillar hisoblanadi; 
— serb, xorvat, boshnoq, qoratog‘ (chernogor) tillari deyarli farqlanmaydi, lekin 
alohida tillar hisoblanadi; 
— bolgar, makedon, pomak tillari farqlanmaydi, lekin alohida tillar hisoblanadi. 
Shunday qilib, tilshunoslikda til va sheva farqlanmaydi. Ilmiy tadqiqotlarda 
terminologiyani tartibga solish uchun quyidagi tushunchalar qabul qilingan: 
— yozma adabiy me’yoriga ega gapirish tipiga “til” atamasi qo‘llanadi; 
— yozuvi yo‘q til “dialektal kontinuum” deyiladi; 
— til yoki shevaligi noaniq gapirish tipi “idiom” deb yuritiladi. 
Demak, til til bo‘lishi uchun, avvalo, uning yozma me’yori bo‘lishi kerak. Lekin 
yozma me’yor so‘zlashuv tilidan uzoq bo‘lishi mumkin. Bu holda nima qilish kerak? 
Tilning qaysi variantini “to‘g‘ri” deb qabul qilish lozim? Buning uchun, avvalo, adabiy 
tilning 
vazifalarini 
tushunib 
olishimiz 
zarur. 
Adabiy tilning vazifasi nima? 
Adabiy til, avvalo, yozma tildir. Ba’zan uning og‘zaki versiyasi ham ishlab 
chiqiladi, lekin doim emas. Yozma tilning asosiy vazifasi — turli uzoq-yaqin shevalar 
vakillari tushunadigan umumiy me’yor bo‘lib, u fuqarolar manfaatiga xizmat qilish 
lozim. Hamma hujjatni o‘z shevasida yozsa, bu xaos keltirib chiqaradi. Shunaqa 
xaosning 
oldini 
olishga 
adabiy 
til 
xizmat 
qiladi. 
Xitoyda adabiy tilning ahamiyati yanada muhimroq. Xitoy tilining shevalari bir-
biridan uzoq bo‘lib, amalda har biri alohida tilga aylanib bo‘lgan. Lekin xitoylarning 
bari bir xil iyerogliflardan foydalanadi, belgilarni har xil o‘qib, bir xil tushunadi. Shu 
bois iyeroglif yozuvini saqlab qolish Xitoy uchun favqulodda muhim siyosiy 
ahamiyatga ega: xitoylar yozuvda bir-birini tushunadi, bu esa, o‘z navbatida, barcha 
bir millatligi haqida tasavvur hosil qiladi (ya’ni ayirmachilikning oldini oladi). 
Adabiy til qanday shakllanadi? 
Vazifasidan kelib chiqib adabiy til shevalar asosida ishlab chiqiladi: u shevadan 
bir nima, bu shevadan bir nima olinib, barchaga tushunarli umumiy shakl hosil qilinadi. 
Shundan kelib chiqsak, adabiy me’yorni tilning “to‘g‘ri” varianti deb hisoblash 
xatodir. Bu — shunchaki jamiyatga xizmat qilish uchun ishlab chiqilgan sun’iy 
konstrukt. Uni “to‘g‘ri” deb hisoblash kerak emas. U tilning shartli, konkret vazifaga 
ega shakli ekanini unutmaylik. 
Buni bilsak, “yozma tildagi to‘g‘ri, shevadagi noto‘g‘ri” deb hisoblanishiga 
hamda shevalarning adabiy tilga yaqinligi bo‘yicha iyerarxiyasi mavjud bo‘lishiga 
chek qo‘ygan bo‘lamiz, ya’ni barcha shevalarning mavqeyi bir xil bo‘ladi. Bunday 



Yüklə 455,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin