JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS http://www.newjournal.org/ Volume–18_Issue-1_December_2022 122 gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lish zarurati adabiy tilning
yaratilishiga sabab bo‘lgan. Milliy o‘zbek tilida shevalarning ko‘pligi adabiy tilga
bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar
kam bo‘lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo‘q.
Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi,
ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko‘radi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma
shakllari mavjud.
Sheva bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar
tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Sheva adabiy tildan fonetik (ya’ni
tovush), leksik (ya’ni so‘z) va grammatik (ya’ni qo‘shimchalar va gap qurilishi)
jihatdan farq qiladi.
Xalq shevalarining faqat og‘zaki shakli mavjud. Shevalarning bir-biriga yaqin
bo‘lgan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so‘zi sheva va lahja tushunchalarini
birgalikda ifodalaydi). O‘zbek milliy tili tarkibida uchta lahja bor:
Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh).
Qipchoq lahjasi (janubiy-g‘arbiy guruh).
O‘g’uz lahjasi (shimoliy-g‘arbiy guruh).
Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o‘z ichiga oladi (Toshkent, Andijon,
Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik
belgilari quyidagilar:
so‘z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak – elay, terak – teray;
o lashish yuz beradi: aka – oka, nahor – nohor;
bu lahjada qaratqich kelishigining qo‘shimchasi yo‘q bo‘lib, uning o‘rniga ham
tushum kelishigi qo‘shimchasi -ni ishlatiladi: ukamni(ng) daftari.
Qipchoq lahjasi shevalari O‘zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular
asosan qishloqlarda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston,
Shimoliy Xorazm viloyatlari, Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevalari).
Belgilari quyidagilar:
y o‘rniga j ishlatiladi: yo‘l – jo‘l, yo‘q – jo‘q;
g’ o‘rniga v ishlatiladi: tog’ – tov, sog’ – sov va b.;
k, q tushiriladi: quri(q), sari(q).
O‘g’uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp,
Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o‘z ichiga oladi. Belgilari:
unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism);
t tovushi d, k esa g tarzida aytiladi: tog’ – dog’, keldi – galdi;
-ning qo‘shimchasi -ing tarzida, -ga qo‘shimchasi esa -a, -na tarzida aytiladi:
yorimga – yorima.