12
1950-yillarnig oxirida Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy
Universiteti) tabiiy geografiya kafedrasini olimlari L.N.Babushkin va N.A.Kogay
tomonidan O‘zbekiston xududini qishloq xo‘jaligi maqsadlarida tabiiy geografik
rayonlashtirish Mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarining boshlab yuborishi ham
O‘zbekistonda landshaftshunoslikning taraqqiyot tarixidagi muhim voqealardan
edi. Shunki shu Mavzuda o‘tkazilgan bir qator ilmiy anjumanlarida tabiiy
geografik rayonlashtirishning asosiy uslubi tipologik birliklarni tahlil qilish
natijasida tabiiy geografik rayonlarni aniqlash ekanligini ta‘kidlab o‘tilgan edi.
Natijada, tarixda birinchi marotaba O‘zbekistonning landshaft xaritasi yaratildi va
1964-yilda nashrdan chiqdi. Xuddi shu yili ushbu mualliflarning «O‘zbekistonning
tabiiy geografik rayonlashtirish» degan monografiyasi ham bosilib chiqib, unda
landshaftlarning qisqasha tavsifi ham berilgan edi. Shu yerda yana bir narsani
ta‘kidlab o‘tmoqchimizki L.N.Babushkin bilan N.A.Kogayning ilmiy hamkorligi
15 yildan ortiq vaqt davom etib nihoyatda samarali bo‘ldi. Ular mualliflikda juda
ko‘p ilmiy maqolalar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalari yaratdilar.
O‘zbekistonlik geograflar orasida landshaftshunoslik masalalariga bo‘lgan qiziqish
1960-70 yillarda yanada avj oldi. Bu vaqtda bir qator yosh hamyurtlarimiz
Moskva, Sankt-Peterburg, Kiev, Voronej, Lvov, Qozon kabi shaharlarga borib
aspiranturada tahsil oldilar, dissertasiya yozib himoya qilib qaytdilar. P.G‘ulomov,
M.Umarov, Yu.Sultonov, A.Saidov, S.Nishonov, A.Abdulqosimov, L.Alibekov,
T.Allaberganov, T.Jumaboev, A.Rafiqov, M.Qo‘ziboev, Sh.Ergashovlar shular
jumlasidandir. Ularning ilmiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston landshafshunosligiga
qo‘shgan xissalari Yu.Sultonovning (1974) kitobidan umumiy tasavvurga ega
bo‘lishi mumkin. Ushbu tadqiqotchilarning ko‘pchiligi hududiy landshaftshunoslik
yo‘nalishida ish olib borganliklarini O‘zbekistondagi geografiya hamda ekologiya
tarixi bilan shug‘ullangan R.U.Raximbekov (1995) ham ta‘kidlab o‘tgan.
Qo‘shimsha tarzda shuni eslatib o‘tish mumkinki, yuqorida nomlari sanab o‘tilgan
tabiiy geograflarimiz landshaft tushunchasini izohlashda yakdil emaslar. Buning
sababi ularning turli ilmiy maktablar namoyondalari rahbarligida tahsil
olganliklaridandir.
Dostları ilə paylaş: