Mustaqil o’qish uchun savollar:
1. Geografik qobiq va uning asosiy xususiyatlari.
2. Landshaft sferasi va geografik qobiqning bir-biridan farqi.
3. Yer landshaft sferasini rivojlanishi.
2-mavzu: LANDSHAFT HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR.
Reja
13
1. Landshaft-regional birlik tushunchasi (A.G.Isachenko, S.V.Kalesnik
fikrlari).
2. landshaft-tipologik birlik tushunchasi (N.Gvozdetskiy va boshqalar).
3. landshaft-umumiy tushuncha (F.N.Milg‗kov fikri).
4. V.A.Nikolaevning landshaft haqidagi mulohazalari.
Tayansh iboralar: landshaft, regional, tipologik, geologik zamin, biosenoz,
genezis, morfologiya, zoosenoz. Landshaft komponentlari, tog‘ jinsi, harakatshan
komponent, fotosintez, sust komponent.
Landshaft-tabiiy geografiyadagi asosiy tushunchalardan biridir. U nemissha «die
landsshaft» so‘zidan olingan bo‘lib, joy, manzara, hudud ma‘nolarini bildiradi.
Nemis olimi K.Byurgerni fikrisha landshaft atamasini birinchi bo‘lib 1805-yilda
nemis geografi A.Gommeyr o‘z asarlarida qo‘llagan.
Landshaft tushunchasini shuqurlashtirish va uning ta‘rifini mukamallashtirish
jarayonida tabiiy geograflar uch guruhga bo‘linib ketishdi.
Birinchi guruh tabiiy geograflarning fikrisha landshaft ham xuddi rel‘ef, iqlim,
tuproq, o‘simlik kabi umumiy tushunchadir. Bu tushuncha tarafdorlari
(F.N.Milkov, D.L.Armand, Yu.K.Efremov, V.I.Prokayev kabilar) fikrisha
landshaft bizning ko‘z o‘ngimizda tarixiy shakllangan va uzluksiz rivojlanishda
bo‘lgan u yoki bu geografik kompleks qiyofasida namoyon bo‘lgan o‘zaro bog‘liq
va aloqador bo‘lgan narsa, hodisalarning yig‘indisidir.
Ikkinchi guruh geograflari ta‘kidlashicha, landshaft ma‘lum bir hududni egallagan,
o‘zigaxos xususiyatga ega bo‘lgan regional birlikdir. Masalan, N.A.Solnsev
landshaftni asosiy geografik birilk deb qaraydi va geologik tuzilishi, rel‘ef
shakllari, yer osti va yer usti suvlari, mikroiqlim, tuproq xillari, fito va
zoosenozlari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan birikmalari qonuniy va tipik qaytalanib
turadigan genetik jihatdan bir butun hududni landshaft deb ataydi.
A.G.Isashenko (1991) landshafning ta‘rifini boshqasharoq va qisqaroq tarzda
quyidagisha ta‘riflaydi: «Landshaft mahalliy ko‘lamda geotizimlarning o‘ziga xos
yig‘indisidan iborat bo‘lib, o‘zining zonal va azonal belgilari bo‘yisha bir butun
hamda genetik jihatdan yaxlit geotizimdir».
Uchinchi guruh geograflari landshaft ma‘lum xarakterdagi hudud yoki joy deb
qaraladi. Bundan tashqari landshaft tabiiy komponentlarning dialektik birligi,
majmuasi deb, hamda nisbatan bir xil bo‘lgan tabiiy geografik kompleks deb
qaraladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga xulosa qilib aytganda landshaft genetik jihatdan bir
butun bo‘lgan geotizimdir. U bir xil geologik tuzilishi, bitta rel‘ef turi, bir xil iqlim
hamda faqat shu landshaftga xos bo‘lgan, dinamik jihatdan bog‘liq bo‘lgan
urochishalardan yig‘indisidan iboratdir.
Hozirgi paytda geograf olimlar orasida geografik landshaftga nisbatan uch xil
ilmiy yondashuv mavjud. Bular:
14
1. Landshaft - bu yer yuzasining hududiy chegaralangan qismidir. Boshqasha qilib
aytganda landshaft regional tushuncha. Bu yondashish namoyondalari landshaftni
kompleks rayonlashtirishning eng kichik birligi, landshaftlar geografiyasining
o‘rganish ob‘ekti deb biladi. Bu tushunchada landshaft tabiiy komponentlari o‘zaro
ta‘sir etib turuvchi va bir-biri bilan bog‘langan ma‘lum hududda joylashgan tabiiy
kompleksdir. Landshaftga bo‘lgan bunday yondashishning asosiy sababchisi
L.S.Bergdir.
Landshaftshunoslar orasida landshaftni regional tushuncha deb qarovchilar
ko‘pchilikni tashkil etadi. L.S.Bergdan keyin bu tushunchani S.V.Kalesnik,
N.A.Solnsev, A.A.Grigorev, K.I.Gerenshuk, A.G.Isashenkolar rivojlantirdi.
N.A.Solnsevning fikriga ko‘ra mustaqil landshaftni shakllanishi uchun quyidagi
sharoitlar bo‘lishi kerak: 1) landshaft shakllangan hududda geologik tuzilishi bir
xil bo‘lishi, 2) landshaftni geologik zamini vujudga kelgandan keyingi taraqqiyot
tarixi butun hududda bir xil borishi, 3) landshaft iqlimi bir xil bo‘lishi, agar u
o‘zgarsa butun hududda o‘zgarishi kerak.
N.A.Solnsev landshaftga quyidagisha ta‘rif beradi: «Landshaft - bu bir xil geologik
zaminga, bir tipli rel‘efga, bir xil iqlimga ega bo‘lgan va shu landshaftga xos
bo‘lgan dinamik bog‘langan hamda makonda qonuniy ravishda takrorlanuvshi
asosiy va ikkinchi darajali urochishalardan tashkil topgan genetik jihatdan bir xil
tabiiy hududiy kompleksdir».
A.G.Isashenko esa landshaftga quyidagisha ta‘rif beradi: «Landshaft landshaft
o‘lkasi, zonasi va umuman yirik regional hududlarning genetik jihatdan
boshqalardan farq qiluvchi qismi bo‘lib, zonallik jihatdan ham, azonallik jihatdan
ham bir xildir hamda xususiy struktura va morfologik tuzilishga egadir».
Landshaftning zonal, azonal bir xilligi uning geologik tuzilishi, rel‘efi va
iqlimining umumiyligida aks etadi. Ana shunday bir xil sharoitda oddiy geografik
komponentlarning muayyan bir xil to‘plami tarkib topadi.
2. Landshaft - bu tabiiy geografik komplekslarning umumlashgan tipologik
tushuncha.
Ular landshaftlarning nisbatan bir xilligi tushunchasiga asoslanadilar. Bunda
landshaft ma‘lum xarakterdagi hudud yoki joy deb qaraladi. Bundan tashqari
landshaft tabiiy komponentlarning dialektik birligi, majmuasi deb hamda nisbatan
bir xil bo‘lgan tabiiy geografik kompleks deb qaraladi.
Landshaftlar ularning hududiy tarqalishidan qat‘iy nazar, xususiyatlariga qarab
aniqlanadi. Landshaftga bo‘lgan bunday yondashishning asosiy tarafdori
N.A.Gvozdeskiydir. N.A.Gvozdeskiy bo‘yisha ko‘l-landshaft tipi, qumli cho‘l
landshaft tipi, soshma barxan qumlari - landshaft muhiti. Demak, N.Gvozdeskiy
bo‘yisha landshaft - umumiy tipologik tushuncha. Bil xildagi yoki bir turdagi
landshaft ma‘lum hududda qayta uchrashi, ya‘ni konturli bo‘lishi mumkin. Ana
shunday landshaftlarning ma‘lum bir yig‘indisi tabiiy geografik rayonlarni tashkil
qiladi.
3. Landshaft - bu umumiy tushuncha.
Bunda landshaft xuddi rel‘ef, iqlim, tuproq, o‘simlik tushunchalari kabi umumiy
tushunchadir. Bu tushuncha tarafdorlari landshaft atamasini hohlagan ko‘lamlarga
tabiiy geografik komplekslarga nisbatan qo‘llash mumkin. Bu tushuncha
15
tarafdorlari (F.N.Milkov, D.L.Armand, Yu.X.Efremov) fikrisha landshaft bizning
ko‘z o‘ngimizda tarixiy shakllangan va uzluksiz rivojlanishda bo‘lgan u yoki bu
geografik kompleks qiyofasida namoyon bo‘lgan yig‘indisidir. Landshaftga
berilgan ushbu ta‘rifdan ko‘rinib turibdiki, landshaft ham, tabiiy geografik
kompleks ham ikkalasi bir narsadir.
Landshaft sferasi murakkab tuzilgan bo‘lib, ular tipologik landshaft komplekslari
va regional landshaft komplekslaridan tashkil topgan. Bu turdagi komplekslar ham
bir-biridan farq qiladi. Ya‘ni tipologik landshaft komplekslari morfologik jihatdan
bir xil, genetik jihatdan har xil, regional landshaft komplekslari genetik jihatdan bir
xil va bular individual xarakterga ega.
Tipologik landshaft birliklarining areallari bir-biridan ajralgan holda uchraydi.
Regional landshaft komplekslari aksinsha har bir regionning areali yaxlit bo‘lishi
kerak. Paragenetik landshaft komplekslari ham regional ham tipologik landshaft
komplekslaridan farq qilib, bir xil sharoitda va bir-biriga qo‘shni joylashgan
landshaft komplekslarining yig‘indisidan tashkil topgan.
Hozirgi paytda landshaftshunos olimlar tomonidan tipologik landshaft
komplekslarining ham regional landshaft komplekslarining taksonomik birliklarini
ishlab chiqishdi.
Tipologik landshaft taksonomik birliklari quyidagilardan iborat:
1. Fatsiya tipi;
2. Urochisha tipi:
3. Landshaft tipi.
Tipologik landshaft komplekslarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat: 1) tipologik landshaft birliklari tutash arealga ega bo‘lmaydi va bir-biridan
ajralgan polosalar va alohida kichik uchastkalar tarzida bo‘ladi; 2) tipologik
landshaft regional landshaft birliklari chegaralaridan tashqariga chiqib ketishi
mumkin.
Tabiatda tipologik landshaft komplekslari bilan birgalikda regional landshaft
komplekslari ham uchraydi. Bu komplekslarning xarakterli xususiyati shundaki,
ular hudud jihatidan yaxlit va chegaralangan bo‘lib, indvidual xususiyatga ega,
uning areallari bir-biridan ajralmagan holda uchraydi va har bir genetik jihatdan bir
xildir. Lekin bu bir xillik nisbiydir. Hozirgi paytda ko‘pchilik olimlar tomonidan
regional landshaft komplekslarining quyidagi taksonomik birliklar sistemasi ishlab
chiqilgan:
1. Mintaqa;
2. O‘lka;
3. Tabiiy geografik zona;
4. Landshaft provinsiyasi;
5. Polosa yoki zonasha.
Tabiiy geografik rayon regional landshaft birliklarining o‘ziga xos xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
1)
Har bir regional landshaft yaxlit arealga ega, ya‘ni qandaydir boshqa
geografik birliklar bilan ajratib tashlangan ayrim-ayrim uchastkalar tarzida yashay
olmaydi;
16
2)
Har bir regional landshaft boshqa joylarda uchramaydigan individual
xususiyatga ega, uning o‘z geografik nomi bo‘lishi kerak;
3)
Ishki morfologik jihatdan har xil bo‘lishiga qaramasdan har bir
regional landshaft egallagan hudud genetik jihatdan bir xil desa bo‘ladi, ya‘ni
uning asosiy xususiyatlari va alomatlari kelib chiqishi va taraqqiyoti jihatdan
ma‘lum umumiylikka egadir.
Landshaftlar ham boshqa geografik kompleks singari ma‘lum komplekslardan
tashkil topgan. Bu komponentlarga tog‘ jinslari, tuproq, suv, iqlim, rel‘ef, o‘simlik
va hayvonot dunyosi kiradi. Olimlar komponent deganda turli xil moddiy
qismlarni kiritishadi.
Masalan, D.L.Armand landshaftning tabiiy komponentlariga turli gazlar,
suyuqliklar, tog‘ jinslari, o‘simlik, qor va muz hatto texnik inshootlarni ham
kiritadi. V.N.Milkov (1990) landshaftning komponentlariga tog‘ jinslari, yer osti
va yer usti suvlari, havo, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosini kiritadi.
I.M.Zabelin esa yuqoridagilardan tashqari bakteriyalar, zamburug‘lar va quyosh
radiasiyasi ham landshaft komponentini tashkil etadi deb ta‘kidlaydi. Yuqoridagi
fikrlardan ko‘rinib turibdiki, landshaftlarning komponenti deganda tog‘ jinsi, havo,
suv, o‘simlik va hayvonot dunyosini tushunishni olimlarning barshasi tan oladi.
Landshaftning eng muhim komponentlaridan biri - tuproqdir. Landshaftning
tuprog‘i turli xil kristall va kolloidlar shaklidagi minerallardan, tog‘ jinslaridan,
suv eritmalaridan gazlar va organik moddalardan tarkib topgandir. Landshaft
komponentlari orasidagi modda va energiya almashinuvi, o‘zaro ta‘siri xuddi shu
tuproq orqali sodir bo‘ladi.
Landshaftning havo komponenti atmosferaning yer yuzasiga yaqin bo‘lgan (200-
300m) eng quyi qatlamlarini o‘z ichiga oladi. Havo landshaftning eng harakatshan
va tez almashinuvshan komponentlaridan biridir. Unda landshaftning iqlimi
shakllanadi. Harorat va namlik o‘zgarishi, yog‘in-sochin, shamollar shu qatlamda
ro‘y beradi. Havo landshaftdagi va landshaftlararo ham modda, energiya
harakatlari va o‘zgarishlarida ishtirok etadi va bu almashinuvning miqyosini
kengaytiradi.
Landshaftning suv komponenti ham havo komponenti singari harakatshan va
aralashuvshan komponent hisoblanadi. U nafaqat komponentlararo, balki
landshaftlararo ham modda va energiya almashinish jarayonida ularni bir joydan
ikkinchi joyga tashuvchi vosita ham hisoblanadi. Suv komponenti ham landshaftlar
o‘rtasida sodir bo‘ladigan kimyoviy elementlar migrasiyasini ta‘minlaydi.
Landshaftning o‘simlik qoplami uning tashqi qiyofasini aks ettirishi bilan birga
landshaftning rel‘efi, iqlimi, tuproqning shakllanishida, hayvonot turlarida va
ularning geografik tarqalishida hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Landshaftning
o‘simliklari landshaftda ro‘y beradigan ko‘plab kimyoviy, fizikaviy va geologik
jarayonlarning
asosi
hisoblangan
birlamchi
organik
moddaning
shakllantiruvchisidir.
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishidagi fiziologik jarayonlar va ularning
landshaft hosil bo‘lishidagi ishtiroki ham ahamiyatlidir. Masalan, birgina
fotosintez jarayonida o‘simliklar havodagi karbonat angidriddan nafas oladi,
17
havoga kislorod chiqaradi, quyosh nurlari energiyasi yordamida tuproqdan suv va
turli mineral moddalar oladi. Ulardan esa organik birikmalar hosil bo‘ladi.
Landshaftshunoslik va umumiy geografik adabiyotlarda aksariyat hollarda
landshaftning hayvonot komponentiga nihoyatda kam e‘tibor berilgan. Odatda
landshaftning hayvonlarini nomlari sanab o‘tiladi. Landshaftlar hayvonlarini tabiiy
geografik tahlili deyarli amalga oshirilmagan. Ayniqsa, landshaft ichidagi va
landshaftlararo aloqalarda hayvonot dunyosining rolini aniqlashga kam e‘tibor
qaratilgan.
Landshaftning hayvonot komponenti undagi o‘simlik hosil qilgan birlamchi
organik moddani o‘zgartiruvchi hamda landshaftning morfologik qismlararo va
landshaftlararo modda va energiya tashuvchidir. Uning tuproq hosil bo‘lishi,
tuproq unumdorligini shakllanishi, o‘simliklarning urug‘ va mevalarini tarqalishi
kabi bir qator jarayonlarda ishtiroki kattadir.
Landshaftlarning tashkil topishi va rivojlanishida sanab o‘tilgan komponentlarning
qaysi biri etakchi, qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyatga ega degan savol ham
munozarali. Tabiiy geograflar orasida birlamchi va ikkilamchi, etakchi va etakchi
bo‘lmagan, kuchli hollari ham uchraydi. Masalan, N.A.Solnsev tuzgan kuchli yoki
etakchi, gidroiqlimiy komponentlar qatorida tog‘ jinslari va rel‘ef kuchli yoki
etakchi, gidroiqlimiy komponentlar (suv, havo) ikkilamchi, biotik komponentlar
uchlamchi yoki kuchsiz hisoblanadi.
Landshaft komponentlari bilan landshaft hosil qiluvchi omillar haqida ham bir xil
fikr mavjud emas. A.G.Isashenko ham landshaftshunoslikda «omil» tushunchasi
ko‘pinsha noto‘g‘ri ishlatilayotganini ta‘kidlaydi. Uning fikrisha komponent va
omil ikki xil tushunchadir.
Omil - so‘zi lotinshadan olingan bo‘lib (Faktor) - yaratuvchi ma‘nosini bildiradi.
V.S. Priobrajenskiy va boshqalar (1982) omillarni 3 xilini ajratadi: 1) etakchi yoki
etakchi bo‘lmagan; 2) yo‘nalashiga qarab ishki yoki tashqi; 3) kelib chiqishiga
qarab tabiiy yoki antropogen.
Landshaftlarni hududiy tabaqalanishiga ta‘sir ko‘rsatadigan jarayonlar uchta asosiy
omil ta‘sirida ro‘y beradi. Bular quyosh energiyasi, yerning ishki energiyasi va
gravitasion kuchlar. Bular ichida eng muhimi quyosh energiyasi omilidir. U
landshaftda ro‘y beradigan barsha aylanma harakatlarda ishtirok etadi. Gravitasiya
energiyasi esa deyarli doimo moddaning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish
jarayoniga ta‘sir etib turadi. Xullas har bir energetik omil biron bir vazifani
bajaradi.
Landshaftlar bir-biridan turli tabiiy chegaralar bilan ajratilgan bo‘ladi. Landshaftlar
bir-biriga o‘tishida uning tuzilishi ham o‘zgaradi, ya‘ni landshaftning
komponentlari va uning morfologik tuzilishi ham o‘zgaradi. Landshaftlarning bu
birliklari keskin o‘zgarsa uning chegarasi aniq bo‘ladi, agar sekinlik bilan o‘zgarsa
chegara aniq bo‘lmaydi. Landshaft chegaralarining vujudga kelishi zonal va azonal
omillarning ta‘siri bilan bog‘liq. Landshaftlar chegaralarini o‘zgarishi turli
sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, absalyut balandlikning o‘zgarishi,
to‘rtlamchi davr yotqiziqlari, iqlimning zonalligi va h.k.
Landshaftlar kamdan-kam hollardagina keskin chegaralarga ega bo‘ladi. Uning
uchun hamma komponentlar keskin va baravariga o‘zgarishi kerak. Bunday hodisa
18
esa tabiatda kam kuzatiladi. Landshaft chegaralari uni hosil qilgan omillar keskin
o‘zgargan sharoitdagina aniq ifodalanadi. Azonal geologik-geomorfologik omillar
o‘zining sekin o‘zgaruvshanligi sababli eng turg‘un landshaft chegaralarini hosil
qiladi. Masalan, baland orfografik ko‘tarilmalar. Azonal chegaralar gidrografik
chegaralar, ya‘ni daryo va uning tarmoqlariga ham to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ko‘pgina daryolar turli morfostrukturalar chegaralari bo‘ylab oqadi, ular o‘ng
sohillarini emirib, shap sohilida terrasalarni hosil qiladi. Azonal omillar keskin
o‘zgarishi sababli ko‘pchilik landshaftlarning chegarasi ham azonal kelib
chiqishiga ega.
Landshaftning morfologik qismlari landshaft chegaralariga nisbatan aniq
ifodalanadi. Landshaft chegaralarini ayrim urochishalarning chegaralari bo‘ylab
o‘tkazib bo‘lmaydi, shunki morfologik birliklarni ba‘zi tiplari ikkala landshaft
uchun ham umumiy bo‘ladi. Shuning uchun urosheshalarning chegarasi keskin
bo‘lganda ham landshaftlar o‘rtasidagi chegaralar ham keskin bo‘lishi kerak, degan
xulosa noto‘g‘ridir.
Landshaftlar faqatgina gorizontal yoki hududiy chegaralarga ega bo‘lmasdan, ular
balandlik chegaralariga ham ega. Landshaftlarning vertikal chegaralari
to‘g‘risidagi mulohazalarni biz A.Yu.Regesom (1966), K.N.Dyakonov (1971),
V.B.Soshava
(1978),
N.L.Berushashvili
(1990)
kabilarning
asarlarida
uchratishimiz mumkin.
A.Yu.Regesomning (1966) yozishicha biogeosenozlarning (fatsiya) yuqori
chegarasi juda o‘zgaruvshandir va yer yuzasining past-balandligi, meteorologik
sharoitlari, radiasiya balansi va moddaning biologik aylanishiga bog‘liqdir.
O‘tloq biogeosenozlarda yuqori chegara bir necha o‘n santimetrdan bir necha
metrgasha balanddan o‘tishi mumkin. O‘rmon biosenozlarida esa bir necha o‘n
metr yuqoridan o‘tadi. Urochishalarning yuqori chegarasi bir necha o‘n metrdan
bir necha yuz metrgasha bo‘ladi. Landshaftlarning maydoni kattaroq bo‘lgani
uchun ularning yuqori chegarasi 0,8-2,0 km balanddan o‘tadi.
O‘rmon-tundra landshaftlarini o‘rgangan K.N.Dyakonov (1971) oq qayinli siyrak
o‘rmon fatsiyalarining yuqori chegarasini 4-5 metrdan, urochishalarning yuqori
chegarasini esa yer yuzidan 7-9 metr balanddan o‘tishini aniqlagan. K.N.Dyakonov
ana shu balandlikda fatsiyalararo va urochishalararo havo haroratining farqlari
yo‘qolar ekan. Bu ko‘rsatkishlar bir martalik o‘lshash natijalaridir. Boshqasha ob-
havo sharoitida bu ko‘rsatkishlar boshqasha bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun
A.G. Isashenko (1991) tabiiy geografik komplekslarning taksonomik ko‘lami
kattalashgan sari ularning yuqori chegarasi balandlashib borishi haqidagi fikrni
noto‘g‘ri deb hisoblaydi. A.G.Isashenkoning o‘zi landshaftlarning yuqori
chegarasini yer yuzasidagi o‘simliklar egallagan 10 metr qalinlikdagi qatlamdan
30-50 m balanddan, ayrim hollarda esa undan ham balanddan o‘tkazgan ma‘qul
deb hisoblaydi.
A.L.Berushashvili ham tabiiy geografik komplekslarning yuqori chegarasi ob-havo
sharoitiga, turli komponentlarning holatiga bog‘liq holda tez-tez o‘zgarib turishini
inobatga olib, bu chegarani aniqlash qiyin ekanligini ta‘kidlaydi. Uning fikrisha
biogeosenozlarning yuqori chegarasini eng baland o‘simliklarning uchlaridan
o‘tkazish kerak. Fatsiyaning yuqori chegarasini aniqlab olish uchun yilning turli
19
fasllarida maxsus gradient kuzatishlari olib borish zarur va qashon bu chegara eng
yuqoridan o‘tsa, o‘sha chegarani fatsiyaning chegarasi deb hisoblash mumkin.
Tabiiy geografik komplekslarning pastki chegaralari haqida ham qat‘iy bir
xulosaga
kelinmagan.
A.G.Isashenkoning
(1991)
yozishicha,
landshaft
zonalarining pastki chegarasi, bir vaqtlar A.A.Grigorev aytganidek yer sathidan
15-20 m pastdan o‘tishi lozim. Landshaftlarning pastki chegarasi esa zonaning
chegarasidan past bo‘lmasligi lozim. Landshaftning pastki chegarasi
komponentlarning o‘zaro ta‘siri, quyosh energiyasining o‘zgarishi, namlikning
aylanishi, organizmlarning geokimyoviy faoliyati kabi jarayonlarning izlari sezilib
turadigan qatlamning pastidan o‘tishi, ya‘ni yer sathidan bir necha metr shuqurdan
o‘tishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |