35
mantiqiy davomida sifatida ekspertiza ishlariga sistemali
tarzda yondashishni
ko’rsatib o’tish mumkin.
Ekspertiza tamoyillarini hisobga olgan holda hujjatlar qimmatini
aniqlashning me’yorlarini ishlab chiqiladi. Me’yorlar deganda biz hujjatlar ilmiy
qimmatini belgilab beradigan sifatlarni tushunamiz.
Ekspetizada matnli hujjatlarning qimmatliligini
aniqlashning asosiy, keng
ravishda qo’llaniladigan me’yorlari quyidagilardir:
Hujjatlarning mazmuni;
Fondni tashkil etuvchi, ya’ni tashkilot yoki muassasaning maqomi;
Hujjatlardagi ma’lumotning takrorlinishi;
Hujjatlarning paydo bo’lish vaqti va joyi.
Ekspertizada dastxatlilik, hujjatning yuridik kuchi, uning tashqi xususiyatlari
(badiiy xususiyatlari, yozuv materiali va h.) singari me’yorlar ham ma’lum rolp
o’ynaydi. Hujjatlarning paleografik xususiyatlari, qaysi
tilada bitilganligi kabi
me’yorlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Ekspertiza ishlarida ko’rsatib o’tilgan me’yorlarning hammasi bir xilda
qo’llanilmaydi. Ularning ayrimlari hujjatning xarakteridan qat’i nazar doimo
hisobga olinadi.
Hujjatlarning mazmuni, fondni tashkil etuvchi tashkilot yoki
muassasaning maqomi ana shunday universal me’yorlar qatoriga kiradi. Bu
me’yorlar barcha hujjatlarga nisbatan qo’llaniladi va ularning qiymatini aniqlashda
muhim rolp o’ynaydi. Boshqa me’yorlar, jumladan,
hujjatlarning paleografik,
lisoniy va badiiy xususiyatlari esa asosan shaxsiy fondlar va qadimgi davr
fondlarini ekspertizadan o’tkazishda qo’llaniladi.
Ekspertiza ishlarini sifati ko’pincha bu ishga jalb qilingan shaxslarning
bilimi, malakasi va dunyoqarashiga bog’liqdir. Shunday ekan, ekspertlar bu ishda
zarur bo’lgan bilimlarga ega bo’lishlari shart.
Ekspertlar avvalo davlat
muassasalari tarixini bilishlari zarur. Ular fondni tashkil etuvchi muassasaning
vazifalari, funksiyalarini yaxshi bilishlari, bu muassasalar
qaysi organlarga
bo’ysunganligi, ularning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari haqida yaxlit
tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
Ekspertlar muassasa strukturasini, bu muassasa
tarixidagi qayta tashkil
etishlarni, mazkur muassasa tarkibiga kirgan bo’lim va boshqarmalarning
funksiyalarini, muassasada yig’majildlarni shakllanishi usullarini yaxshi bilishlari
lozim. Bunday ma’lumotlar muassasa faoliyatining asosiy yo’nalishlarini ikkinchi
darajali vazifalaridan ajratib olish imkoniyatini beradi. Bu bilimlar hujjatlarni ilmiy
jihatdan qimmatli bo’lgan guruhga va vaqtinchalik ahamiyatga ega bo’lgan
guruhga bo’lish ishini osonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: