Mundarija kirish I b o b. Soliqqa tortish nazariyasi



Yüklə 399,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix13.03.2023
ölçüsü399,35 Kb.
#87578
1   2   3   4   5   6   7   8
soliq imtiyozlari hisobini yuritishMMMMMMM

1.3. SOLIQ ELEMENTLARI 
Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo‘lib, ular tarkiban: soliq 
subyekti, soliq obyekti, soliq predmeti, soliq manbayi, soliqqa tortish birligi, soliq 
stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq yuki, soliq 
bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari kabi tushunchalarni qamrab 
oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Soliq 
subyekti — soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki 
boshqacha qilib aytganda soliq subyekti — bu soliqqa oid munosabatlarni tashkil 
etuvchi tomonlarning o‘zaro majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar 
(yuridik va jismoniy shaxslar), boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan 
soliq xizmati organlari — Davlat soliq qo‘mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va 
shahar davlat soliq inspeksiyalari qatnashadi. O‘z faoliyatida barcha yuridik va 
jismoniy shaxslar soliq subyekti sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki, bu yerda 
soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar mavjudki, ular soliq 
subyekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok etmaydilar. Soliq agenti — yuridik 
va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat budjetiga o‘tkazib beruvchi 
yuridik shaxslar. Bunday yuridik shaxslar o‘z faoliyatida bevosita yoki bilvosita 
ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarning 
mazkur korxonada o‘z mehnati, investitsiyasi bilan ishtirok etishi natijasida 23 olgan 
daromadi (foydasi)dan soliqlarni ushlab qoladi va davlat budjetiga o‘tkazib beradi. 
Soliq agentlari davlat budjetiga soliqlarni bevosita yoki bilvosita ishga yollanganligi 
natijasida to‘lanadigan ish haqidan, dividendlardan, doimiy muassasa orqali 
faoliyat ko‘rsatmaydigan norezident yuridik va jismoniy shaxslardan ushlanishi 
lozim bo‘lgan soliq summalarini ushlab qoladi va budjetga o‘tkazib beradi, ushlab 
qolinmagan, kam ushlab qolingan va o‘z vaqtida o‘tkazib berilmagan soliq summasi 
uchun qonunchilikda belgilangan moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka 
tortiladilar. Har bir yuridik shaxs soliq munosabatlarida soliq subyekti bo‘lishi bilan 
birgalikda soliq agenti sifatida ham ishtirok etadi. Soliq agenti iqtisodiy 
adabiyotlarda asosan fiskal agent sifatida qayd etiladi. Soliq obyekti — soliq 
to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq obyekti sifatida foyda 
yoki daromad, muayyan tovarlarning qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik 
shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. 
Soliq obyekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’- naviy boyliklarning 
ayrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf 
qiluvchi soliq subyektlarining huquqlarini soliqqa tortishni ifodalaydi. Binobarin, 


18 
moddiy yoki ma’naviy boyliklar soliq obyekti qilib albatta unga mulkiy huquqqa ega 
bo‘lgandagina yuzaga chiqadi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki 
egasiz imoratga nisbatan soliq subyekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan taqdirda 
ham soliq obyekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo‘lgan mulkiy 
huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq obyekti aslida yuridik 
va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi. Soliqqa tortish 
predmeti — soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan 
huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq 
predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan 
daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti 
yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda 
soliqni to‘lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz 
24 mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi soliq obyektini 
vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq 
subyektini yoki soliq to‘lovchisini namoyon etadi. Soliq manbayi — bu soliq 
to‘lovchining to‘laydigan soliqlari manbayi, ya’ni daromadi. Soliq obyekti va soliq 
manbayini bir-biridan farqlash lozim. Ayrim soliq turlari bo‘yicha, masalan, foydaga, 
yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq obyekti 
ham, soliq manbayi ham bir xil bo‘ladi, ya’ni nima obyekt bo‘lsa, uning o‘zi manba 
hisoblanadi. Shu o‘rinda soliqqa tortish predmeti, soliq obyekti va soliq manbayini 
farqlash va ularning mohiyatini ochib berish uchun aniq soliq turi bo‘yicha ko‘rib 
chiqishga harakat qilamiz. Yer solig‘i bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, uning soliqqa 
tortish predmeti bo‘lib, yer uchastkasi maydoni, unga kimning egalik qilish huquqi 
mavjud bo‘lsa soliq obyekti paydo bo‘ladi va ushbu yer solig‘i qaysi manba 
hisobidan davlat budjetiga to‘lansa, masalan, yerdan turli xil ko‘rinishda 
foydalanish natijasida olinadigan daromad uning manbayi hisoblanadi. Demak, 
soliqqa tortish predmeti o‘zo‘zidan kimdadir soliq to‘lash majburiyatini vujudga 
keltirmaydi. Misolimizga qaytadigan bo‘lsak, yerga bo‘lgan huquqni joylardagi 
mahalliy hokimiyat organlari beradi va shu bilan birgalikda yerdan foydalanuvchida 
soliq to‘lash majburiyati vujudga keladi, chunki unda ushbu yer uchastkasidan 
foydalanish huquqi mavjud. Demak, soliq predmetiga kimning egalik qilish huquqi 
mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, u soliq munosabatlarida soliq subyekti sifatida ishtirok 
etadi. Soliq bazasi — soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori. 
Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan 
birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan obyektning miqdoriga ham bog‘liq. Soliq 
bazasining miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq obyektidan 


19 
ruxsat etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq 
bazasini soliq to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga 
muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, soliq 
bazasi soliq obyektidan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Masalan, soliq to‘lovchiga 
soliqdan imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bunday sharoitda soliq bazasi soliq 
obyektidan 25 kichik, soliq obyekti qonunchilik bilan kengaytiriladigan bo‘lsa undan 
katta bo‘lishi mumkin. Soliqqa tortish birligi — bu obyektning o‘lchov birligi. 
Masalan, daromad yoki mol-mulk solig‘ida obyektning o‘lchov birligi bo‘lib uning 
so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig‘ida o‘lchov birligi bo‘lib kv. m yoki gektar 
hisoblanadi. Soliq stavkasi — obyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan 
belgilab qo‘yilgan me’yordir. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko‘p amaliy 
ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Chunki, soliq stavkalarini o‘zgartirish orqali davlat 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga sezilarli ta’sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga 
ustuvorlik berilishi, kapital zarur sohalarga yo‘naltirilishi, rag‘batlantirilishi mumkin. 
Soliq imtiyozlari — soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib, 
ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi 
mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexanizmlari, belgilash mezonlari 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Soliq bazasini hisoblash usullari. Soliq bazasini hisoblashning ikki xil usuli mavjud 
bo‘lib, ular kassa usuli va hisobga olish usullaridir. Kassa usulida soliq to‘lovchida 
soliqlarni to‘lash majburiyatlari daromad olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga 
olish usulida esa daromad olingan yoki sotishdan tushum qachon kelib tushishidan 
qat’i nazar tovarlarni jo‘natilishi o‘z navbatida soliqlarni to‘lash majburiyatlarini 
vujudga keltiradi. Soliqqa tortish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Ular 
quyidagilarga: soliqqa tortishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliqqa 
tortish usullariga ajratiladi. Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartiblari. Soliq 
qonunchiligida har bir soliq turining budjetga to‘lash muddatlari belgilangan. 
Soliqni to‘lash muddatlari deganda soliq to‘lovchilarning davlat budjeti oldida soliq 
majburiyatlarining bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash muddatlari o‘z 
mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: avans (bo‘nak) to‘lovlari va haqiqiy 
daromad olinganidan keyingi to‘lovlar. Soliqni to‘lash tartibida esa: soliqni 
yo‘naltirilganligi (budjetga yoki budjetdan tashqari fondlarga), soliqni to‘lash 26 
vositasi (milliy valuta, so‘mda yoki boshqa mamlakatlar milliy valutasida. 
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valuta — 
so‘mda to‘lanishi mumkin) hamda soliqni to‘lash shakllari (naqd pul yoki naqd 
pulsiz) ifodalanadi. Soliq yuki — soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi 


20 
faoliyati natijasida to‘lagan soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq 
to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to‘lovlarining 
yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri 
kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri soliqlarda 
soliq og‘irligi aynan soliqni budjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar 
zimmasiga tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar 
(ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik 
va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukining bir yilda budjetga to‘langan barcha 
majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o‘z 
navbatida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning 
vakolatli funksiyalarni qo‘llashiga, qolaversa, bozor munosabatlarining 
rivojlanishini va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Soliqlarni yuridik 
va jismoniy shaxslardan undirish jarayonida beriladigan imtiyozlar natijasida soliq 
yukini soliq to‘lovchilarning biridan ikkinchisiga yuklash jarayoni kuzatiladi. Shu 
o‘rinda soliq bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq yukini tartiblash yoki mantiqan 
aytganda me’yorlashtirish muammosi yuzaga keladi. Soliq yukini ifodalashning bir 
qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq yuki 
va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun 
mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig‘ida 
davlat budjetiga kelib tushgan soliqlar yig‘indisini ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan 
yalpi ichki mahsulot (YAIM) yoki milliy daromad (MD)ga nisbati olinadi. 
Mezodarajada ifodalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga to‘g‘ri 
keladigan soliq yuki ifodalansa, mikrodarajada esa aniq bir olingan subyektga to‘g‘ri 
keladigan soliq yuki ifodalanadi. 27 Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri, 
asosan, ularning stavkalari darajasining miqdori bilan belgilanadi. Respublika soliq 
tizimining shakllanishini hozirgi bosqichida soliq stavkalarining darajasi eng 
munozarali masalalardan hisoblanadi. Soliq stavkalari respublika va mahalliy 
budjetlar xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashda muvozanat darajasini hamda 
xo‘jalik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini belgilaydi. Demak, ular moliya-
budjet munosabatlarini sog‘lomlashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliq 
stavkalari korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaganlari holda, moliya-
budjet munosabatlarining pul muomalasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siriga barham 
bera olishi ham kerak. Bu esa, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq 
islohotining muhim jihatini tashkil etadi.


21 

Yüklə 399,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin