Mundarija kirish I b o b. Soliqqa tortish nazariyasi


SOLIQLARNING FUNKSIYALARI



Yüklə 399,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix13.03.2023
ölçüsü399,35 Kb.
#87578
1   2   3   4   5   6   7   8
soliq imtiyozlari hisobini yuritishMMMMMMM

1.2.SOLIQLARNING FUNKSIYALARI 
Ayrim iqtisodchilar soliqlarni milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash 
vositasi sifatida izohlashga harakat qilganlar, — «Soliqlar – milliy daromadni 
taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish 
shaklidir».2 O. Olimjonovning fikriga ko‘ra: «Soliqlar — davlat va jamiyatning pul 
mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab 
qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat 
ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‘lovlardir».3 Soliqlarga berilgan 
mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo‘lib, soliqlarning mohiyati, ularning 
iqtisodiyotdagi o‘rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan 
chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. 
Bugungi kunda soliq kategoriyasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq, 
shuningdek, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va 
o‘rnini, soliqlarning nazariy jihatlarini aniqroq va to‘liqroq yorita oladigan ta’rifni 
keltirish muammosi fanda mavjuddir. Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun 
zarur bo‘lgan majburiy to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. 
Soliqlar davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning 
iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi. Bozor munosabatlarining 
shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning 
ham bilvosita quroli hisoblanadi. 10 1 Gataulin Sh. Soliqlar va soliqqa tortish. Ò.: 
1996. 18-bet. 2 O‘lmasov À., Sharifxo‘jayev Ì. Iqtisodiyot nazariyasi. Ò.: «Ìåhnàt», 
1995-y. 377-bet. 3 Olimjonov Î. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliq siyosati. 
«Hayot va iqtisod», 1992. Soliqni to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar 
bilan davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi 
hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki 
soliqlar budjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‘libgina 
qolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni 
rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni 
ko‘paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan 
bog‘liq bo‘lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini 
qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat 
o‘zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-
tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini 
soliqlar orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar 
daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz 
yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning 



tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx 
belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, 
imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya 
qilishni tashkil etishga yordam beradi. U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini 
chuqurroq anglash uchun unga xos umumiy belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. 
Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan 
miqdorda ustama haq (foiz) to‘lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar 
kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi 
soliq kategoriyasi ham bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar 
soliqlarning boshqa to‘lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi. Soliqlarning belgilari 
borasida iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof. 
Q.Yahyoyev soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi. 1. Soliqlar 
va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini 
majburiy badal sifatida budjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis 11 
Soliqlarning o‘ziga xos belgilari tasdiqlab bergan Soliq kodeksining qoidalari asosida 
amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan 
kafolatlanadi. 2. Soliqlar xazinaga — davlat budjetiga tushadi. Ammo boshqa 
turdagi to‘lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jamg‘armalarga tushishi soliq 
munosabatlarini aks ettirmaydi. 3. Soliqlar qat’i belgilangan va doimiy harakatda 
bo‘ladi. Tarixan asrlab o‘zgarmay harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy 
asosi qancha chuqur bo‘lsa, shuncha qat’i va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat 
qiladi. 4. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga to‘liq qaytmaydi, 
ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir.1 Rus iqtisodchisi A. Medvedev o‘zining 
«Soliqlarni qanday rejalashtirmoq kerak?» nomli kitobida soliqlarga xos bo‘lgan ikki 
belgini, ya’ni majburiylik va ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliqlarning umumiy belgilarini quyidagicha ifodalash 
mumkin: 1. Soliq to‘lovchi daromadining u yoki bu summasini davlatga to‘lap ekan, 
buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq 
to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladigan ijtimoiy 
ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu 
xususiyatiga ko‘ra soliq narxdan, ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik 
yig‘imlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansada, 
biroq hamma vaqt davlat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) 
ko‘rilishi bilan bog‘liqdir. Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga 
olinadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida bevosita, har bir kishining ko‘zi 
ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi soliq to‘lovchilar uchun soliqqa tortishni yuk 



sifatida baholashlariga sabab bo‘ladi, vaholanki, ular soliqlar hisobidan qilinadigan 
davlat xarajatlarining yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin. Alohida olingan soliq 
to‘lovchi, odatda, jamiyat va o‘zining ko‘rgan foydasi yoki manfaatini to‘lagan 
soliqlari bilan solishtirib o‘tirmaydi. Bu shunga olib keladiki, oqi12 1 Yahyoyev Q. 
Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T.: «G‘afur G‘ulom», 2000-y. 10-bet. batda 
fuqarolarning bir qismi soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashga, o‘z daromadlarini 
yashirishga urinadi. Davlat o‘z fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlarni samarali va 
oshkora tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning iqtisodiy 
ijtimoiy va boshqa dasturlarini o‘z mablag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlashga rozi 
bo‘lgandagina yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi. 2. Soliqlar majburiy 
to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘liq miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun 
javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo‘lsada, ular ixtiyoriy emas, 
majburiy ravishda to‘laydilar, davlat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni 
qonunchilikda belgilangan tartibda jazolaydi. 3. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali 
daromadning avvaldan belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda 
tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonning 
ham qonunlarida soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat qonun 
chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan davlat organlari 
haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zining xohish-istagiga qarab yangi 
soliqlar belgilash yoki ularning hajmlarini aniqlashga hech kim haqli emas. 
To‘lovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifi 
hisoblanadi. 4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy budjetga 
kelib tushishidir, ya’ni soliqlar budjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa 
fondlarga kelib tushmaydi. 5. Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida 
davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash 
jarayonining yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda, korxonalar va aholidan 
olinadigan soliqlar, aslida ular mulkining ma’lum bir qismini davlat hisobiga 
o‘tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan mulk 
daromad shaklida majburiy to‘lov bo‘lib, davlat mulkiga aylanadi. Yuqorida qayd 
etilgan soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilar ularning iqtisodiy mohiyatini 
ochishga xizmat qiladi. Shu o‘rinda soliqlarning umumiy belgilarini to‘liqroq va 
aniqroq, batafsil yoritishi mumkin bo‘lgan, har qanday iqtisodiy vaziyatlarda 
o‘zgarmaydigan optimal umumiy belgilarini yaratish muammosi hal etilishi 
lozimdir. 13 Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar: moliya, kredit, 
sug‘urta, investitsiya kabilar bilan umumiy o‘xshashlikka ega, ya’ni ularning 
barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin soliqlarning o‘ziga xos yuqorida 


10 
qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa iqtisodiy 
kategoriyalardan farqlash uchun xizmat qiladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun 
savollar 1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati deganda nimani tushunasiz? 2. Iqtisodchi 
olimlar tomonidan soliqlarga berilgan tariflarni o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib 
bering. 3. Soliqlarning obyektiv zarurligi nimalarda ko‘rinadi? 4. Soliqlarning boshqa 
iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimalardan iborat? 5. Adam Smit o‘zining qaysi 
asarida ilk bor soliqlarning tamoyillarini asoslab bergan? 6. O. Olimjonov soliqlarga 
qanday ta’rif bergan? 7. Soliqlarning xususiyatlarini tushuntirib bering. 8. Soliqlarga 
oid bilimlarni olimlar tomonidan turlicha talqin etilishi sabablari nimada? 9. Soliqlar 
belgilarining mohiyatini tushuntirib bering. 10. Soliqning ekvivalentsizlik belgisining 
mohiyatini tushuntiring. 1.2. SOLIQLARNING FUNKSIYALARI Soliqlarning iqtisodiy 
mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi 
obyektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali 
xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, 
milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar 
qilishga xizmat qiladi. Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan 
kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil 
kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq 
kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda, 
kategoriyaning ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish 
lozim. Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Sobiq 
Ittifoq davrida soliqlar ikki xil funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. 
Bu 14 ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Eng asosiy 
funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki bu funksiyasiz nazorat 
funksiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas, deb qaralardi. G‘arb iqtisodchilari 
ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J. M. Keynsning konsepsiyasiga 
asoslanadi. By konsepsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni 
tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga 
ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror 
o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. 
Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot, N. Kaldor, A. Xansen va P. 
Samuelsonlarning fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. 
Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli xil imtiyozlar berish yo‘li bilan bu 
funksiyani bajarish mumkin, deb hisoblaydilar. Soliqlarning daromadlarni 
boshqarish funksiyasini yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De. Jirardenning 
nazariyasi asos bo‘lgan.


11 
Bu nazariyaga ko‘ra soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini 
qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish 
mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib amerikalik iqtisodchilar 
A. Ilersik, G. Koul, fransuz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furastye hisoblanishadi. 
Ularning fikriga ko‘ra davlat soliqlardan va transfer to‘lovlaridan foydalanish yo‘li 
bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu 
nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud, degan 
xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. I. Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch 
funksiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funksiyalaridir. Uning 
fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan 
bog‘liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni 
nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi.1 O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy 1 Ìàëüìèãèí È. 
Íàëîãè êàê ýëåìåíòû ôèíàíñà. Ì.: ïåðåâîä ñ àíãë., 1997 ã., ñòð. 69. adabiyotlaridagi 
daromadlarni boshqarish funksiyasi I. Malmiginda taqsimlash funksiyasi sifatida 
namoyon bo‘lmoqda. Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda 
harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq 
mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’i 
takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib 
chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash kerak. Soliqlarning funksiyalari masalasida 
hozirga qadar olimlar o‘rtasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga 
kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, 
rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi. Soliqlarning 
quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: soliqning 
fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag‘batlantirish funksiyasi, nazorat 
funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi. 
Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan 
olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan 
iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat 
faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va 
fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, 
umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li 
bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish – soliqlar fiskal 
funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi 
bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy 
tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati 


12 
bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini 
ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga 
ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslarni ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi 
o‘zining fiskal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning 
o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda 
iqtisodiyotning umumiy 16 Soliqlarning fiskal funksiyasi tuzilmasida buzilishlar sodir 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak. Soliqlarning 
ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari davlat budjeti orqali qayta 
taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, 
ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy 
himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad 
oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining 
kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir 
qismi qayta taqsimlanadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi 
sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga 
soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab 
chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan 
iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan 
«soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir 
ko‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi 
yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan 
boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining 
to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning tartibga soluvchi 
sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o‘sib boradi, bu 
davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz 
holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar 
yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot» tushunchasining 
o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning 
rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag‘batlantirish zarurati 
saqlanib qoladi. Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim 
funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo 
resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol17 
Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi 
mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq 
yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni 
mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi. 


13 
Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini 
ta’minlaydi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab 
chiqarishni qo‘llab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan 
soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi 
ta’minlanadi. Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim 
etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va 
hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha 
murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi 
shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday 
bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. Soliqlarni 
hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi ham muhim ahamiyat kasb 
etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning 
qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot 
berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning budjetga tushishi to‘liq, 
o‘z vaqtida va oson kechadi. Soliq funksiyalarini qisqacha ko‘rib chiqilishi soliqlar 
moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni 
ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim 
vazifalarni bajaradi, deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi. Soliqlarning 
iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan muhim o‘rnini belgilovchi bir qancha 
funksiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish 
bosqichida soliqlarning o‘rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘tish 
mumkin: œ Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning 
zarurligi. Ma’lumki, respublikamizda 18 Soliqlarning nazorat funksiyasi Soliqlarni 
hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi iqtisodiyotni isloh qilish va 
davlat qurilishini amalga oshirish mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ilgari 
surilgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholi, 
ayniqsa, uning kam ta’minlangan qatlamlari yetarli darajada ijtimoiy himoyalangan 
bo‘lishi kerak. œ Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish 
zarurligi omili. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar 
sektor hisoblanadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya 
iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu 
tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu, eng avvalo, 
uning mamlakatga chet el valuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini 
o‘tamoqda. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligida soliq, kredit vositalari 


14 
yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb 
masalalaridan biridir. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 
10-oktabrdagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 
26-dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliq va yig‘imlar o‘rniga 
budjetga 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab yagona yer solig‘ini to‘lash tartibi joriy 
qilindi. œ O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o‘rnini belgilovchi 
asosiy omillardan yana biri — hozirgi kunda ko‘payib borayotgan tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromadlarini jalb 
qiluvchi mukammal soliq to‘lovini yuzaga keltirish. Bozor munosabatlarining 
rivojlanib borishi xususiy tadbirkorlik faoliyatini keng quloch yoyishi va 
xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini hisobga 
olishni qiyinlashtiradi. Xususiylashtirilgan bitta korxona o‘rnida o‘nlab kichik, 
xususiy va jamoa mulkiga asoslangan korxonalar paydo bo‘ladi. Mukammal soliq 
mexanizmi yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini aniqlashda jiddiy 
xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. 19 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-sonli qaroriga muvofiq kichik korxonalar 
uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliqlar o‘rniga budjetga ixchamlashtirilgan 
soliq to‘lash imkoniyati vujudga keldi. O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda 
ixchamlashtirilgan soliq tizimining joriy qilinishi bu tadbirkorlar uchun davlat 
tomonidan ko‘rsatilgan katta yordam bo‘ldi. Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy 
rivojlanishi bosqichlarida ushbu rivojlanish jarayonlarini ta’minlash maqsadiga 
bo‘ysunuvchi vazifalarni bajaradi. Soliqlarning funksiyalari esa ana shu vazifalarni 
bajarishga xizmat qiladi. Shunday ekan, soliqlarning funksiyalari va vazifalari 
o‘rtasidagi aniq farqli jihatlarni o‘rganish va soliq munosabatlarini tashkil etish 
mobaynida bu chegaralarni asoslashni qayd etib o‘tish lozim. Soliqlar bajaradigan 
vazifalar ko‘pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy o‘xshashliklarga 
ega. Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: œ 
Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar 
ta’minlab berish. Soliqlarning fiskal funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga 
xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada 
aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, 
soliqlarning fiskal funksiyasi shunchalik faol bo‘ladi. Ammo soliqlarning ushbu 
vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab 
chiqarish xarajatlarining ko‘payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga 
muhtojligini keltirib chiqaradi. œ Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya 


15 
muhitini yaratishga ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu 
vazifasini bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri 
shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga 
yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu 
sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish 
sohasiga yo‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak. œ Aholining mehnat 
faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani 
bajaradi. 20 Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi 
hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini 
sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog‘liq salbiy 
oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70—80-yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining 
aholi daromadlariga progressiv ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa 
mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan. œ Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish 
maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat prinsiplari 
o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan 
soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga 
zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo‘yilmalarini amalga oshirar 
ekan, ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va 
stavkalari barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak. Soliqqa tortish tizimida 
mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati 
susayadi. Soliqlarning budjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-
navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh 
qilinishi yangi paydo bo‘lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini 
tabaqalashtirish yo‘li orqali hal etish mumkin. Shunday qilib, soliqlarning vazifalari 
ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o‘rta va uzoq muddatli 
vazifalarga bo‘linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar 
nafaqat davlat budjetining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki 
davlat daromadlarini budjetning o‘rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash 
maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin. O‘z-
o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1. Soliqlarning qanday funksiyalari mavjud? 2. 
Soliqlarning funksiyalari va vazifalarini farqlab bering. 3. Soliqlarning fiskal 
funksiyasini tushuntirib bering. 4. Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasini 
tushuntirib bering. 5. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini tushuntirib bering. 
21 6. Soliqlarning nazorat funksiyasini tushuntirib bering. 7. Soliqlarning axborot 


16 
bilan ta’minlash funksiyasini tushuntirib bering. 8. Soliqlarning o‘rnini belgilovchi 
asosiy omillarni ko‘rsatib o‘ting. 9. Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli 
amalga oshirishda soliqlarning o‘rni qanday? 10. Tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi kichik biznes subyektlarini rivojlantirishda soliqlarning o‘rni qanday 
ahamiyatga ega? 1.3. SOLIQ ELEMENTLARI Soliq elementlari haqida gap borganda 
ko‘pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda 
soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, aslida soliq tizimi 
tarkibini tashkil etadi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, 
soliqqa tortish tizimi esa soliqlarni undirish bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy 
munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun 
chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo‘li bilan belgilangan hamda ijro 
hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari 
majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand o‘zgarmas bo‘lib 
ko‘rinsada, uning shakl-shamoyili va yo‘nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatiga, qolaversa, soliq siyosatining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Chunki, soliqqa 
tortish tizimi o‘z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari 
va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat 
siyosati yo‘nalishiga bog‘liq. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq 
stavkasining qaysi turlarini ko‘proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining belgilanishi, 
soliqlarni undirishning qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro 
hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog‘liq. Binobarin, shu ma’noda xuddi 
soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o‘ziga xos tarzda 
amal qilishi va tashkil etilishi mumkin. Demak, davlat qonunchiligi bilan belgilangan 
va uning maxsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil 22 Soliqqa 
tortish tizimi va uning elementlari etish usullari, elementlari va tamoyillari 
majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini 
hisoblangan soliq elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar 
bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va davlat budjeti o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy 
munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni 
to‘liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari 
muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham xuddi shunday 
soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushunchadir. 
Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, 
uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha 
iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi.


17 

Yüklə 399,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin