Mundarija kirish I b o b. Soliqqa tortish nazariyasi


I B O B. SOLIQQA TORTISH NAZARIYASI



Yüklə 399,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix13.03.2023
ölçüsü399,35 Kb.
#87578
1   2   3   4   5   6   7   8
soliq imtiyozlari hisobini yuritishMMMMMMM

I B O B. SOLIQQA TORTISH NAZARIYASI 
1.1. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA OBYEKTIV ZARURLIGI
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va 
faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi 
davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini 
ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq 
to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. 
Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat 
o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida 
soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni 
tashkil etuvchi barcha subyektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida 
faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati 
iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektiv amal 
qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, 
meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda 
norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni obyektiv amal 
qilishini zarur qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, 
asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida 
yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi. 
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan 
ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan 
ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Davlatning 
bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi 
bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydi6 
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi gan vazifalar yo‘qola borsa, 
yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam 
ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini 
tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish 
uchun pensionerlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni mablag‘ bilan 
ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni budjet 
hisobidan qoplaydi va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam 
ta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko‘rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat 
a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va 
mustahkamlab turishga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar 
xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, uni boshqarish 
funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majburdir. Bunday 



xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni 
obyektiv zarur qilib qo‘yadi. Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning 
funksiyalarini 
bajarish 
uchun 
lozim 
bo‘lgan 
moliyaviy 
mablag‘larni 
shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas. 
Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida 
soliqlar amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy 
hodisalardan iborat bo‘lib, ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, 
bu holat soliqlarni iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi. Soliqlar 
majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar 
soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. 
Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbayi hisoblangan soliqlar katta 
ahamiyatga ega. Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tarixan obyektiv va subyektiv 
omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil qilish, ularning 
konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, 
soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo‘lgan soliq tamoyillarini 
belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlarning 
tutgan o‘rnini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar 
jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri hisoblanib 
kelingan. Davlat tuzilish 7 shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi 
o‘zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o‘zgarishi va takomillashtirilishi 
soliqlarning turlari, miqdorlari va yig‘ib olish usullari xilma-xil bo‘lganligi bilan 
asoslanib kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar 
aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun 
«zakot» sifatida olingan. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan 
ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning 
iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish 
moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan 
soliqlar orqali tartibga solish, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish 
vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli 
hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan 
tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbayi hisoblanadi. 
Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo 
qilgan Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini 
yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning davlat moliyasi bu 
tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha 
jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu 



xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o‘rinni 
egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda. Soliqlar qadimgi 
davrlardan e’tiborga olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan 
kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 
1723—1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida 
(1776) ilk bor soliq tamoyillarini ko‘rsatib berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, 
ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi. 
N.I. Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818-yil) shuni 
ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf-odatlariga 
foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir 
etgan», «...soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga 8 paydo bo‘lib, uning belgisi bo‘lib 
qoldi. ...Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga qarab xalq orasida 
tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning 
boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita 
eng asosiy xususiyatdir». Bu so‘zlardan yana bir bor amin bo‘lish mumkinki, soliqlar 
qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga 
kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida turgan vazifalarni 
bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning 
rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo‘ldi. 
Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi 
roli o‘zgarmay qoldi. «Soliqlar, — deb yozadi D. Rikardo, — hokimiyat ixtiyoriga 
kelib tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi 
va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan 
to‘lanadi».1 Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini 
yoritib, o‘z navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum 
darajada rivojlantirgan. S.G. Pepelyayev «Soliq — ommaviy hokimiyat 
subyektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik 
shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda xolisona, 
qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki 
kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir»2 
— deb, ta’kidlagan. D.G. Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan xo‘jalik 
subyektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda undirib 
olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi».3 S.H. Gataulin «...soliqlar o‘zi 
nima va ular nimaga kerak», degan savolga quyidagicha javob beradi:




Yüklə 399,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin